SHO„RLANGAN TUPROQLARNING MELIORATIV HOLATINI




Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/57
Sana05.05.2023
Hajmi5.5 Mb.
#56882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
TUYNUKLI DRENAJ HOSIL QILUVCHI MASHINALAR O‟QUV QO‟LLANMA
1-ma\'ruza , Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi (2), Amaliyot topshiriqlari 3 KURS KIDT, Mexanik ish haqidagi tushunchalar; Quvvat haqida tushunchalar-fayllar.org, 3 leksiya, 5152-Article Text-9980-1-10-20230304, 2 5391302181280286518, Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik g, malumotlar tuzilmasi 1, 128280, Ўлим фуқаролар , Fianl exam test questions for 2 semester, e-mail.ru pochta ochish, 3-mavzu
2. SHO„RLANGAN TUPROQLARNING MELIORATIV HOLATINI 
YAXSHILASHDA QO„LLANILADIGAN TEXNOLOGYA VA TEXNIKA 
VOSITALARI
2.1. Meliorativ holati yomon yerlarda qo„llaniladigan texnika 
vositalarining tahlili 
Sug„orma dehqonchilikda tuproqqa ishlov beradigan texnika 
vositalarini yaratish borasida turli vaqtlarda G.M.Rudakov, R.I.Boymetov, 
M.M.Murodov, F.M.Mamatov, A.To„xtaqo„ziev, I.T.Ergashev, N.M.Murodov, 
N.S.Bibutov, O.R.Kenjaev, H.R.G„afforov, T.S.Xudoyberdiyev, B.V.Xushvaqtov, 
R.A.Abdurahmonov, F.O‟.Jo‟rayev va boshqalar shug„ullanganlar.
M.Murodov ikki yarusli pluglar uchun chuquryumshatkich parametrlarini 
asoslash ustida tadqiqotlar olib borgan. 
N.Murodov tadqiqotlari natijasida tuproqqa asosiy ishlov berishda 
energiyatejamkor texnologiyalar va plug korpuslarini ko„ndalang tik tekisliklarda 
ramada o„rnatilish sxemasi asoslab berilgan.
F.M.Mamatov va I.T.Ergashevlar yo„l-yo„l usulda yumshatish uchun qiya 
ustunga o„rnatilgan iskana ko„rinishidagi ish organlarini ikki yarusli yoki frontal 
plugda qo„llash texnologiyasini ishlab chiqishgan.
O.R.Kenjayev o„zining izlanishlarida tuproqni chuquryumshatadigan panja 
bilan bo„ylama-ko„ndalang usulda ishlov berish texnologiyasini tadqiq etib, 
chuquryumshatkichni qo„llashning ayrim tomonlarini, ikki yarusli plug bilan 
shudgorlashda qo„llab parametrlari asoslagan.
Tadqiqotlar natijasida ish organlarini: uvalanish burchagi -25-30
0
, ochilish 
burchagi -75
0
, qamrash kengligi 30-34 sm hamda izlari oralig„i 0,65 m dan 
oshmasligi asoslangan.
M.Murodov, R.I.Boymetov, V.A.Sergienko, R.I.Ibraimov, N.S.Bibutov 
paxta ekiladigan yerlarning haydov osti qatlamini yumshatuvchi maxsus 
chuquryumshatkichni ishlab chiqishgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko„ra,
chuquryumshatkichga o„rnatish uchun yassi panjali va qamrov kengligi 500 mm 


13 
bo„lishi, ochilish burchagi 70-80
0
, uvalanish burchagi 18-20

ni tashkil etishi 
asoslangan. Tadqiqotlar natijasida GRX-2-50 chuquryumshatkich yaratilgan. 1989-
yildan boshlab O„zMEI tavsiyasi bilan GRX-2-50 chuquryumshatkichi ishlab 
chiqarila boshlandi.
Chuquryumshatkich osma mexanizmi, yumshatkich panjasi, tayanch 
g„ildiraklari va ko„tarib-tushirish qurilmasidan tashkil topgan. YUmshatkich panja-
lari o„ng va chap bashmoqlar, ikkita lemex va iskanadan tashkil topgan. SHuni 
ta‟kidlash joizki, ushbu chuquryumshatkichning ishchi organlari tuproqda 
ikkilamchi zich tovon hosil qilib, ish organlari orasida ishlov berilmay qolgan 18-
20 sm kenglikdagi va 6-8 sm balandlikdagi tuproq uyumini qoldirib ketadi.
SHuning uchun GRX-2-50 chuquryumshatkichi ishlab chiqarishda keng 
qo„llanilmadi.
B.V.Xushvaqtov, R.A.Abdurahmonovlarning olib borgan ilmiy izlanishlari 
tuproq osti qatlamini yumshatishda to„liq yumshatishdan yo„l-yo„l yumshatishga 
o„tish energiya sarfini kamaytirishini ko„rsatdi. Natijada bitta ishchi organga 
to„g„ri keladigan tortish kuchini kamaytirishga erishilib, ishlov beriladigan zonani 
oshirilishi hisobidan ish unumi oshiriladi. SHuningdek ular tomonidan tuproqni 
chiziqli yumshatish uchun chuquryumshatkichning prinsipial konstruktiv sxemasi 
ishlab chiqilgan. Chuquryumshatkich V-shaklidagi rama, tayanch g„ildirak va ish 
organlaridan tashkil topgan bo„lib, ular ustun ko„rinishidagi iskanadan 
tayyorlangan. Tadqiqotlar natijasida AJ «BMKB-Agromash» tomonidan GRP-3/5 
chuquryumshatkich konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
F.O‟.Jo‟rayev yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda kuzgi sho‟r 
yuvishdan oldin gips qatlamli tuproqlarni
chizelsimon yumshstkich bilan maxsus 
texnologiya asosida yumshatish hamda sho‟langan yerlarda tuynukli drenajl hosil 
qilish va kozgi sho‟r yuvish ishlarini me‟yorida olib borish bo‟cha tadqiqonlar 
jarayinida nazariy va tajribalar asosida isbotlanib, qishloq xo‟jaligi ishlab 
chiqarishida qo‟llanilib ijobiy natijalar olingan, ushbu qurilmalarning tuzilishi, uni 
ishlatish to‟risidagi ma‟lumonlar muallifning “Tuproqshunosli, dehqonchilik va 


14 
melioratsiya asoslari” darsligida ham qisqacha keltirilga va ta‟lim jarayonida 
foydalanib kelinmoqda.  
Tortish kuchini kamaytirish maqsadida 1055358 raqamli mualliflik 
guvohnomasida tuproqni yumshatadigan ish organ tavsiya etilgan. Uning ustunida 
o„tkir uchli uchburchak pona ko„rinishidagi paz mavjud. Paz tiqilib qolishining 
oldini olish uchun uning devorlaridan biri boshqasiga nisbatan 10-12
0
burchak 
ostida yoki paz chiqish joyiga qarab kengayib boradi. 
1033018 raqamli mualliflik guvohnomasida tuproqning maydalanishini 
yaxshilash va tortish kuchini kamaytirish maqsadida chuquryumshatkich iskanasi 
S-shaklida tayyorlangan. Elliptik kesishgan konus shaklidagi kengaytirgich asosi 
perpendikulyar va gorizontal joylashgan. Elliptik konus pastki yon yuzasining 
qirrasi giperbola shakliga ega. 
Patent izlanishlar shuni ko„rsatadiki, energiya sarfini kamaytirish maqsadida 
chuquryumshatkich ish organini faollashtirish, traktorning QOV (quvvat olish 
vali)dan yoki alohida dvigateldan ish organga tebranish uzatilishi lozim. Bunday 
ish qurollariga Italiyaning «Falk» firmasining yumshatkichi, AQSH 4375836 
raqamli patent bo„yicha tirqish ochkichi, shuningdek nemis firmasining «Brenig» 
moslamasi, Germaniyaning «Kelble-Gmainder» firmasi 2607363 raqamli 
patentlari bo„yicha ishlab chiqilgan «TLG 12» chuquryumshatkichlarini keltirish 
mumkin.
Ishlov berish chuqurligi bo„yicha tuproqning maydalanish sifatini oshirish 
maqsadida 1011061 raqamli mualliflik guvohnomasi bo„yicha ustunda yaruslar 
bo„yicha joylashgan bir nechta tebranuvchi iskana bilan jihozlangan 
chuquryumshatkich tavsiya etilgan.
Tortish kuchini kamaytirish maqsadida Italiyaning «Agrotek» firmasi 
rotatsion yumshatkich ishlab chiqqan. Tajribalar shuni ko„rsatadiki, rotatsion 
yumshatkich, faol bo„lmagan ish organli yumshatkich bilan solishtirilganda tortish 
kuchi 30 foizga kamaygan.
Patent 
izlanishlarning 
ko„rsatishicha noan‟anaviy usulda tuproq 
yumshatishning bir qancha yangi usullari mavjud.


15 
783424 raqamli mualliflik guvohnomasi bo„yicha g„altak ko„rini-shidagi 
yumshatadigan qattiq tuproqlarni magnitostruksion nurlanish orqali yumshatadi. 
1046436 raqamli mualliflik guvohnomasi bo„yicha ish organi qo„shimcha 
magnitostruksion tebranuvchi bilan jihozlangan, yana bu erda 949089 raqamli 
mualliflik guvohnomasi bo„yicha zarbli, siklli harakatdagi (960395 raqamli va 
977618 raqamli mualliflik guvohnomalari bo„yicha) chuquryumshatkichlarni misol 
tariqasida keltirish mumkin. 
Yapon olimlari K.Agaua va K.Kawanishi chuquryumshatkichning tortishga 
qarshilik kuchini kamaytirish maqsadida yumshatish chegarasida bosim ostida suv 
va havo berilishi bo„yicha olib borgan izlanishlar natijalarini chop etishgan. Biroq 
sezilarli darajada tortishga qarshilik kuchini kamayishi kuzatilmagan, chunki 
to„ldirilgan havo quvvati, tortishga qarshilik kuchi quvvatidan oshgan.
L.Martinovic pnevmatik va mexanik usulda tuproq osti yumshatilishini 
tuproqning fizik xususiyatlari va ekinlar hosildorligiga ta‟siri bo„yicha izlanishlar 
olib bordi. Aniqlanishicha, pnevmatik yumshatkich maxsus ekinlarga egri 
qiyaliklarda va baland tog„li vodiylarda, ya‟ni traktor uchun noqulay joylarda 
qo„llanilishi mumkin. Muallif tuproqni pnevmatik usulda yumshatish evaziga 
uning yumshatilish sifati yaxshilanishi va tuproqda havo bosimining etarli 
miqdorda bo„lishiga erishilishini GFR 2742606 raqamli patentini olish bilan 
isbotlagan. 
«Deutsche Witzemachinen Gesellschaft» Germaniya firmasining chuqur- 
yumshatkichning maxsus yangi konstruksiyasi taqdim etilib, konstruksiyada 
yumshatkich ustuni yo„q. Iskananing mashina bilan birikishi elektromagnit quvvati 
orqali amalga oshiriladi. Elektromagnit traktorning osma moslamasiga, 150 ming 
magnit maydoni tartibida ta‟sirini yo„naltirishga Gauss elektromagnit yarimqobiq 
bilan o„rnatilgan. Ushbu yarimqobiq maxsus materialdan yasalgan. Agregat 
harakatlanganda iskana tuproq ostini uning yuza qatlamini buzmasdan yumshatadi. 
Elektromagnit iskanani 0,5 m gacha chuqurlikda saqlash imkoniyatiga ega. 
Elektromagnitli yumshatkichning tortish kuchi qarshiligining pasayishiga 


16 
tirgakning yo„qligi, yumshatish zonasining va metall sig„imining kamligi evaziga 
erishiladi.
Elektromagnitli yumshatkichning kamchiliklari: dvigatel yoki generatorni 
to„xtatishda iskanani yo„qotish xavfi, shuningdek, ishlov beriladigan dala metall 
predmetlaridan tozalanishi kerak, aks holda ular ishlov berilayotgan hududga 
tortilishi 
natijasida 
qarshilik 
kuchi 
yanada 
oshadi. 
Elektromagnitli 
yumshatkichning tannarxi ancha yuqori. Tuproqni yumshatishning yangi intensiv 
ultratovushli tebranishlar, gidro va gazo dinamika usullari, pnevmatik usullaridan 
foydalaniladi. Biroq bu usullar amalda to„liq qo„llanilmagan va bunday 
konstruksiyalarning tannarxi juda yuqori.
Yuqorida bayon etilgan chuquryumshatkich umumiy ishlarga mo„ljallangan 
traktorlar bilan agregatlanadi. Undan tashqari, bu ishchi organlarning parametrlari 
sug„oriladigan yerlardan tuproqning fizik-mexanik, texnologik xususiyatlari bilan 
farq 
qiladigan 
tuproqlarda 
o„rganilgan. Umuman olganda, yuqorida 
keltirilganlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
olimlar va konstruktorlar tomonidan tuproqni yumshatish va tuproq ostki 
qatlamini yumshatish uchun turli ishchi organlari ishlab chiqilgan, ularning kam 
energiya sarflab, yuqori ish sifatini ta‟minlovchi parametrlari asoslangan: 
asosiy tadqiqotlar tuproq iqlim sharoiti paxtachilik hududlaridan ancha farq 
qiladigan, Yevropa mamalakatlari hududlarida o„tkazilgan; 
yaratilgan tuproq osti qatlamini yumshatadigan ish organlari tuproqqa 
alohida usulda ishlov berishga mo„ljallangan bo„lib, iqtisodiy nuqtai nazardan 
samarasiz hisoblanadi;
patent ma‟lumotlari bo„yicha tahlillar shuni ko„rsatadiki, S-shakldagi yoki 
tor ponasimon tuzilishdagi ish organlarini qo„llash tortish kuchini kamaytirib, 
tuproqni sifatli parchalanishini ta‟minlaydi.
Paxtachilik hududlarida asosan tuproqning haydov va haydalma qatlam 
ostini yumshatish uchun mo„ljallangan chizelli yumshatkichlar, pluglar va 
chuquryumshatkichlar qo„llaniladi. Shunday pluglardan biri plug-yumshatkich 
bo„lib, u asosan T-150K va K-701 traktorlari bilan agregatlanadi. Uning ish unumi 


17 
1,6-2,25 ga/soat. Bu texnikani bo„z yerlarda qo„llaganda shudgor osti tuproq 
qatlamlari ko„pincha ishchi organlarga katta solishtirma qarshilik ko„rsatadi. 
Bundan tashqari, T-150K va K-701 traktorlari tuproqni yuqori darajada zichlaydi. 
SHu sababli bu texnikalarni paxtachilik hududlarida qishloq xo„jalik ishlab 
chiqarishida qo„llashda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Ishchi organlarni 
tayyorlashdagi murakkabligi, metall sig„imining ko„pligi, tortish qarshiligi 
yuqoriligi, yerlarni o„ta zichlashi ushbu texnikaning asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Shudgorlash bilan birga tuproq haydalma qatlami ostini yumshatish uchun 
mo„ljallangan VISXOM tomonidan ishlab chiqilgan P-3-30P chuqur-
yumshatkichli plug uchta madaniy standart korpusli bo„lib, korpuslarning qamrash 
kengligi 0,30 m, ishlov berish chuqurligi 0,25 m gacha. Chuquryumshatkichlar 
korpusning orqasida o„rnatilib, 0,03 m dan 0,15 m gacha ishlov beradi. Plugning 
umumiy ishlov berish chuqurligi chuqur yumshatkich bilan 0,40 m gacha etadi.
Sobiq GDR da yaratilgan chuqur yumshatkichlar 2, 3 va 5-sinf traktorlariga 
mansub bo„lib, ular bitta yumshatkich ishchi organiga ega. Shudgor ostini 
yumshatish uchun qo„shimcha ishchi organ bilan jihozlanishi mumkin. Shuningdek 
V246A va V246V yumshatkichlari 5-sinf traktorlariga moslangan bo„lib, V-
shakldagi truba ramada avtomatik osgichga va ikkita chuqurlikni saqlovchi tayanch 
g„ildirakka ega. Yumshatkich V246A ikkita yoki to„rtta ishchi organ bilan ishlash 
imkoniyatiga ega, yumshatkich V246V esa ikkita ishchi organ bilan ishlash 
imkoniyatiga ega bo„lib, yuqori quvvatli traktorda uchta ishchi organ bilan ishlash 
imkoniyati ham mavjud. 

Download 5.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHO„RLANGAN TUPROQLARNING MELIORATIV HOLATINI

Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish