YELARNING MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA




Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/57
Sana05.05.2023
Hajmi5.5 Mb.
#56882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
TUYNUKLI DRENAJ HOSIL QILUVCHI MASHINALAR O‟QUV QO‟LLANMA
1-ma\'ruza , Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi (2), Amaliyot topshiriqlari 3 KURS KIDT, Mexanik ish haqidagi tushunchalar; Quvvat haqida tushunchalar-fayllar.org, 3 leksiya, 5152-Article Text-9980-1-10-20230304, 2 5391302181280286518, Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik g, malumotlar tuzilmasi 1, 128280, Ўлим фуқаролар , Fianl exam test questions for 2 semester, e-mail.ru pochta ochish, 3-mavzu
1. YELARNING MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA 
QO‟LLANILADIGAN MASHINALARNING TAXLILLARI 
 
1.1. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda ilmiy tadqiqot asoslari 
bo‟yicha xorijda ishlab chiqilgan mashinalarning taxlillari
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun energiya-resurstejamkor 
texnika va texnologiyalarini yaratish hamda tuproq qatlamini yumshatish 
jarayonida energiya sarfini kamaytirish usullarini ishlab chiqishga bag„ishlangan 
keng qamrovli ilmiy izlanishlar jahonning etakchi ilmiy markazlari va institutlari, 
jumladan, Texas A&M University (AQSH), Institute of Engineering Research 
(Angliya), University of Bonn, Thullen Institute (Germaniya), The Swedish 
University of Agriculture Sciences (SHvetsiya), Wageningen University 
(Gollandiya), Senshu University (Yaponiya), Hejiang Agricultural Research 
Institute (Xitoy), Butunrossiya mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, 
Chelyabinsk qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-
tadqiqot instituti (Rossiya), Belarus qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash milliy 
akademiyasi (Belarussiya), Ukraina qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-
tadqiqot instituti (Ukraina), Qozog„iston qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash va 
elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (Qozog„iston) tomonidan keng qamrovli 
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash texnologiyasi va texnik 
vositalarini takomillashtirish bo„yicha jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida 
qator, jumladan, quyidagi natijalar olingan: tuproqni chuqur yumshatishda 
energiya sarfini kamaytirishni ta‟minlash uchun uni cho„zib, deformatsiyalash 
orqali yumshatadigan qurilmalar ishlab chiqilgan (Texas agricultural&mechanical 
University, AQSH, Institute of Engineering Research, Angliya); tuproqning qattiq 
qatlamini yumshatishning energiyatejamkor texnologiyalari va uni amalga 
oshiradigan ikki o„lchamli tig„ga ega yumshatkichlar ishlab chiqilgan 
(Wageningen University, Gollandiya), pnevmatik havo bilan ta‟sir etib, tuproqni 
yumshatadigan va aeratsiyasini yaxshilaydigan usullar ishlab chiqilgan (The 



Swedish University of Agriculture Sciences, Shvetsiya), haydov osti qatlamini 
yumshatish orqali ekinlar hosildorligini oshishi aniqlangan (University of Bonn, 
Thullen Institute, Germaniya), o„tloqi tuproqlarda gazni portlatish yo„li bilan 
tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalar ishlab chiqilgan (Senshu University, 
Yaponiya; Hejiang Agricultural Research Institute, Xitoy); o„simlik ildiz tizimini 
yaxshi rivojlanishi uchun tuproq haydalma qatlami ostini, berch va gipsli qatlamli 
yerlarni yumshatishga mo„ljallangan chuquryumshatkich texnika vositalari ishlab 
chiqilgan (University of Hohenheim, University of Göttingen, Germaniya; 
University of Minnesota, AQSH; Center of Expertise and Transfer in Organic and 
Community Agriculture, Fransiya); sho„rlangan tuproqlarga chuqur ishlov berish, 
sho„r yuvish texnologiyalari ishlab chiqilgan (University Bologna, Institute for 
agricultural mechanization, Italiya; China Agricultural University, Xitoy); tuynukli 
drenaj hosil qilish mashinalari ishlab chiqilgan va ularning parametrlarini asoslab, 
qo„llash texnologiyalari ishlab chiqilgan (Butunrossiya mexanizatsiyalash ilmiy-
tadqiqot instituti, Chelyabinsk qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash va elektrlash-
tirish 
ilmiy-tadqiqot 
instituti, 
Rossiya; 
Belarus 
qishloq 
xo„jaligini 
mexanizatsiyalash milliy akademiyasi, Belarussiya; Ukraina qishloq xo„jaligini 
mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Ukraina; Qozog„iston qishloq 
xo„jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, 
Qozog„iston).
Jahonda kam energiya sarflab tuproq haydalma qatlami ostini, berch va 
gipsli qatlamli yerlarni yumshatish, tuynukli drenaj hosil qilish texnologik 
jarayonlarni sifatli bajaradigan kombinatsiyalashgan mashinalar va texnika 
vositalari, chuqur yumshatish bilan tuproq meliorativ holatini yaxshilash va 
tuynukli drenaj hosil qilib, sho„r yuvish texnologiyalari bo„yicha bir qator, 
jumladan, quyidagi ustuvor yo„nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: tuproq 
haydalma qatlami ostini yumshatadigan chuquryumshatkichlarni ishlab chiqish, 
sizot suvlari yaqin va sho„rlangan erlarning sho„rini yuvishdan oldin tuynukli 
drenaj hosil qilish mashinalarini yaratish, chuqur yumshatish bilan birga 
tuproqning yuza qismiga ishlov beradigan kombinatsiyalashgan mashinalarni 



ishlab chiqish, chizelli yumshatkichlarning ishchi qismlari konstruksiyalarini 
takomillashtirish, tuproqni chuquryumshatish va tuynukli drenaj hosil qilishda 
mustahkamligi yuqori ishchi organlarni ishlab chiqish. 
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun tuproqqa ishlov beradigan 
mashina va texnika vositalarini yaratish, ularning ishchi organlari ta‟sirida 
tuproqning agro-meliorativ va suv-fizik xossalarining o„zgarishini tadqiq etish va 
kam energiya sarflagan holda tuproqning haydov osti va qattiq qatlamlarini 
yumshatish hamda meliorativ holatini yaxshilash texnologiyalari va qurilmalarini 
yaratishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish bo„yicha xorijda 
J.V.Stafford, F.E.Lowy, H.H.Tawlor, M.G.Huck, J.Balaton, H.J.Lut, R.D.Wismer, 
K.Kawanishi, K.Agaua, L.Kosisira, A.J.Kolen, V.P.Goryachkin, V.A.Jeligovskiy, 
A.N.Zelenin, G.N.Sineokov, V.V.Borodkin, V.G.Kiryuxin, A.N.Kostyakov, 
S.N.Rijov, 
N.I.Bazilevich, 
E.I.Pankova, 
I.S.Rabochev, 
V.M.Legostaev, 
S.F.Averyanov, N.G Minashina, A.E.Nerozin, V.A.Kalantaev va boshqalar ilmiy-
tadqiqotlar olib borishgan. 
Respublikamizda sug„oriladigan yerlarning haydov va haydov osti qatlamini 
yumshatadigan va tuproqning meliorativ holatini yaxshilash uchun xizmat 
qiladigan texnika vositalarini yaratish bo„yicha G.M.Rudakov, R.I.Boymetov, 
M.Murodov, F.M.Mamatov, A.To„xtaqo„ziev, I.T.Ergashev, N.M.Murodov, 
S.T.Vafoyev, N.S.Bibutov, O.R.Kenjayev, H.R.G„affarov, T.S.Xudoyberdiyev, 
B.V.Xushvaqtov, R.A.Abdurahmonov, M.A.Axmedjanov, G.N.Kimlar yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash, tuproqning sho„rlanish sabablari va ularga qarshi 
tadbirlar majmuasi, sho„r yuvish me‟yori va muddatlari hamda sho„r yuvishning 
samarador 
texnologiyalari 
bo„yicha esa A.A.Rachinskiy, N.F.Bespalov, 
K.M.Mirzajonov, O.Ramazonov,F.M.Raximbayev,X.I.Yakubov, G.V.Yeremenko, 
M.X.Xamidov, F.A.Barayev va boshqalar shug„ullanishgan. 
Olib borilgan ushbu tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan tuproqning 
meliorativ holatini yaxshilash, haydov osti qatlamini yumshatish, ochiq va yopiq 
drenaj hosil qilish texnologiyalari va texnika vositalari qishloq xo„jaligida 
qo„llanilmoqda va muayyan ijobiy natijalarga erishilgan. Ammo, mazkur 



tadqiqotlarda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida sho„rlangan va 
sizot suvlari yaqin yerlarda esa tuynukli drenaj hosil qilish texnologiyalari va 
texnik vositalarini ishlab chiqish masalalari yetarli darajada o„rganilmagan. 
Bu yo‟nalishda uzoq yillar faoliyat olib borgan, Toshkent irrigatsiya va 
qishloq xo‟jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining ytuk olimi, tenika 
fanlari nomzodi, dotsent S.T.Vafoyev tomonida yaratilgan meliorativ mashinalar, 
darsliklar va o‟quv qo‟llanmalar talabalar, magistrlar shu soha mutaxassislari 
uchun: “Melioratsiya mashinalari”, “Qurilish mashinalari”, “Qurilish va 
melioratsiya mashinalarini loyihalash asoslari” va ko‟plab shu yo‟nalishda olib 
borilgan tadqiqot ishlarida yaqqol ko‟rishimiz mumkin.
Shu jumladan mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu o‟quv qollanma 
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 
Buxoro filialining ilmiy tadqiqot ishlari rejasining I-QX-2017-2-1 «Drenaj-tuynuk 
qurish texnika va texnologiyasini joriy etish» (2017-2018) mavzusidagi loyihasi 
doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini ta‟lim jarayonida 
qo‟llash maqsadida tayyorlandi.
Ushbu o‟quv qo‟llanmada yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda kuzgi 
sho‟r yuvishdan oldin tuproqning haydalma qatlimida tuynukli drenaj hosil qilish 
va yerlarga chuqur ishlov berishda qo‟llaniladigan meliorativ mashinalar va ushbu 
yo‟nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan tayyorlangan 
ma‟lumotlar asosida ishlab chiqildi.

Download 5.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 YELARNING MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA

Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish