-BO'LIM. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING




Download 1.7 Mb.
bet3/295
Sana15.11.2023
Hajmi1.7 Mb.
#98886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   295
Bog'liq
N. M. Kayumova-www.hozir.org
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish aso, kompyuter Tarmoqnini montaj qilsh turlar, Great Uzbek writers, Zakawat tazaaaa, Презентация 2, 6-amaliy mashg`ulot, 14-amaliy mashg`ulot, HAKIMOV NABIJON MATEM, 1 kichik ges, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, Mavzu Kiyim o‘lchamlari konstruksiyasining xususiyatlari, Mavzu Kiyim shaklini hosil qilish vositalari, Mavzu Yetakchi razmer o`lchovlari, MOLIYA TIZIMI NAMUNA
1-BO'LIM. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING


ASOSLARI


I BOB. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING PREDMETI


VA UNING VAZIFALARI
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimiz-
ning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va 
madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komil-
likka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. 
Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan.
Insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika 
fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika - yunoncha so'z bo'lib, «bola yetaklovchi» - 
ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma'naviy barkamol-
likka munosabatlarni o'zgartirib borishi natijasida pedagogi­
ka fani xalq orasida o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Shu tariqa in-
sonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar 
tizimi qatoridan alohida o'rin egallagan. Uning bosh masala-
si tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik di- 
nining muqaddas kitobi «Avesto»da ta'lim-tarbiya masalalari-
ga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshi­
da maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning
ta'lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'lim-tarbiya tizimi 
quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya,
jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida
e'tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Ray- 
hon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid
Cho'lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug' olim- 
u adiblar, fozilu-fuzalolar ta'lim-tarbiya borasida ko'p asarlar
bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Faro- 
biyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u
6



bilig» asari, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i, Kaykovus-


ning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.
Mazkur ta'limiy asarlarda inson shaxsini ma'naviy kamol-
ga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina 
amalga oshirish mumkin, degan g'oya ilgari surilgan. Haqiqiy
bilimga asoslangan ta'limiy uslub shakllanadi, natijada ta'lim- 
tarbiya olimlar diqqat markazida bo'Idi.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson ta- 
komilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda riimalarga e'tibor
berish zarurligi, taTim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr 
yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv
to'g'risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy asarlar­
ida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqida­
gi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. 0 ‘quvchiga bi­
lim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hoka- 
zolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson ka-
molotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon 
pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezo- 
ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar jo-
hil bo'Iadi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan 
kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan
og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar 
bolalar yoshiga mos bo'lishi, bilim berishda bolaning qiziqishi
va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar 
bilan olib borish kerakligini uqtiradi.
Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiy- 
ning pedogogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predme-
ti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. 
«Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma'lum
bo'lib, u ta'limning ko'rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish 
masalalarini ishlab chiqdi.



Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi


Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo'ldi. 
Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika
sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan 
tashqari «Onalar maktabi» degan Maktabgacha ta'lim qo'llan-
masi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy 
o'zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg'un
bo'lishi to'g'risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani 
tarbiyalaganda, bog'bon daraxtning biologik o'sish qonuniyat-
ini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hi­
sobga olishi shart, deydi. Komenskiy o'qishga hammaning jalb
qilinishini, hamma umumta’lim olishi kerakligini uqtiradi.
«Ta'lim to'g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy das­
turi» qabul qilinganiga qadar ham biz Maktabgacha ta’lim 
to'g'risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yan­
gicha yondashmoqdamiz. Zero, dastur talablariga asosan mak­
tabgacha ta’lim turi - bolani maktabga tayyorlash bilan birga,
uni sog'lom bo'lib o'sishini ta’minlaydi, muntazam ta'lim olish­
ga tayyorlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yan­
gi tarmog'i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat
maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabga­
cha ta'lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va
musiqa san'ati, kompyuter savodxonligini o'rgatuvchi guruh­
lar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bularning hamma-
si maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni «Kadrlar tayyor­
lash milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun shart-
sharoit yaratmoqda.



Download 1.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   295




Download 1.7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BO'LIM. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING

Download 1.7 Mb.