|
Falsafa muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali hisob
|
bet | 5/11 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #250590 | Turi | Referat |
Bog'liq 14 MAVZU TOPSHIRIQ Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko’ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.
Tushunchaning shakllanishi so’z bilan uzviy bog’liq. Ular o’rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o’rtasidagi bog’lanishning konkret tarzda namoyon bo’lishidir.
Tushunchalar so’z va so’z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan «talaba», «tarix fakulteti», «O’zbekiston milliy universiteti» va shu kabilar so’zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so’z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so’zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so’z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi.
Shuni ham aytish lozimki, so’zning ko’p ma’noga ega bo’lishi ba’zan fikr yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va texnikada ko’proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so’z bo’lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil ma’noda ishlatiladi.
2. Tushuncha o’zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig’indisi tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obyektiv chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo’lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig’indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o’zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid bo’lish» belgisini qo’shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo’lgan «mantiq fani» tushunchasiga o’tiladi.
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq bo’lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo’lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san’atda bo’lmagan spesifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
|
| |