• 2.Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Dinlarni tasniflash
  • Fan: Dinshunoslik tabala: Mirzoaliev Azizjon guruh: 681-23 javoblar: 1-mavzu: Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati




    Download 24,19 Kb.
    bet1/3
    Sana01.06.2024
    Hajmi24,19 Kb.
    #258891
      1   2   3
    Bog'liq
    Dinshinoslik fandidan.


    FAN: Dinshunoslik
    TABALA: Mirzoaliev Azizjon
    GURUH: 681-23
    JAVOBLAR:
    1-mavzu: Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati.
    1.Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Fanning falsafa, tarix, psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, arxeologiya kabi fanlar bilan bog‘liqligi. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. Dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy taraqqiyoti. Dinlar tarixi SHarq ilmlarining uzviy bo‘lagi sifatida. Dinlar tarixini o‘rganishda SHarq allomalarining yondashuvlari. Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Abdulkarim SHahristoniy va Abu Mansur Bag‘dodiylarning asarlarida dinshunoslik asoslari. G‘arb dinshunosligining o‘ziga xos jihatlari. Dinlarni tasniflashda G‘arb olimlarining qarashlari. Jahonning ilg‘or ta’lim maskanlarida dinlar tarixini o‘rganish va o‘qitish tajribalari.
    Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan: birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tikodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl kasb etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar evolyusiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
    2.Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Dinlarni tasniflash
    Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi. Funksionalizm jamiyatga ijtimoiy sistema sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy extiyoj xosil bo‘lishi hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy extiyojga zaruriyat sezgan. Ana shunday extiyoj diniy extiyoj edi. Din bu o‘rinda ma’naviy-ruhiy extiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda. Masalan, buddaviylik dini roxiblikni targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-xavaslardan, roxat-farog‘atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy roxatda bo‘lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masixning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso Masix qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-xavaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o‘tkazadi.

    Download 24,19 Kb.
      1   2   3




    Download 24,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan: Dinshunoslik tabala: Mirzoaliev Azizjon guruh: 681-23 javoblar: 1-mavzu: Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati

    Download 24,19 Kb.