|
Diniy e’tiqodlar shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari
|
bet | 2/3 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 24,19 Kb. | | #258891 |
Bog'liq Dinshinoslik fandidan.3.Diniy e’tiqodlar shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari.
Insoniyat tarixiga ko‘p sonly turli-tuman dinlar ma’lum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli bo‘lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.
Fetishizm – u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‘inish va topinish ob’ektiga aylanadi.
Animizm (lot. «anima» – «jon») – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir.Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo ruhli va jonli.
Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti sanalgan ajdod deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan ishonch tashkil etadi. Zero, totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi (Hindistonda Xonumon maymuni, sigir,Avstraliyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet).
Magiya (yunon. «mageia» – «sehrgarlik») ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi
4. Diniy ong asoslarining shakllanishi
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bO`lishini turlicha izohlab kelganlar. Uning paydo bO`lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq tO`g`risida fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyati tO`g`risida ham ayrim g`oyalarni olg`a surganlar. Antik dunyo falsafasida bu muammoni hal etishda dinshunoslar ikki guruhga bo`lingan. Agar birlari xudoning go`yo mavjudligiga ishonchni tabiiy va yerdagi sabablar bilan bog`lab izohlagan bo`lsalar, boshqalari buni ideal (ruhiy) kuchlarning mavjudligidan axtarganlar. O`tmishdagi olimlar dinni inson ongining mahsuli deb qaraganlar va ularning dunyoqarashlari markazida dinning shakllanish sabablari, shart-sharoitlari tO`g`risidagi masalalar turgan.
Diniy ong, urf-odatlar, dunyoqarashlar kO`p jihatdan inson his-tuyg`ulari, ehtiroslari, xom hayollari ta`siri ostida paydo bO`lishi tO`g`risidagi tushuncha qadim zamonlardayoq mavjud edi. Qadimgi dunyo faylasuflari (Demokrit, Lukretsiy Kar va boshqalar) qO`rquv, tahlika hissi dinga ishonish manbai bO`lgan deb hisoblashgan. B. Spinoza, L.Feyyerbax singari dinshunoslar ham dinga shunday yondashish tarafdorlari bO`lishgan. Chunonchi, L.Feyyerbax O`zining “Dinning mohiyati to`g`risida leksiyalar”, “Xristianlikning mohiyati” degan asarlarida dinning paydo bO`lish sabablarini “Qaramlik hissi va qaramlik anglashilishi” dan izlash lozimligini, dinni tushuntirib berish uchun “qo`rquv” singari salbiy his-tuyg`ularnigina emas, balki “quvonch”, “minnatdorchilik”, “muhabbat” va “e`zozlash” singari ijobiy tuyg`ularni ham e`tiborga olish lozimligini juda to`g`ri ta`kidlagan edi. Shu bilan birga dinning mohiyatini insonning mohiyatidan iborat qilib qo`ygan. Bu uning xatosi edi. Lekin insonning mohiyati ayrim odamga xos bo`lgan mavhum emas, balki haqiqat, kopitit fenomen holida u hamma ijtimoiy munosabatlarning majmuidir. Uning fikricha, inson mohiyati faqat “urug`” deb juda ko`p alohida odamlarni tabiiy vositalar bilan bir-biriga bog`laydigan ichki, tilsiz umumiylik deb tushunilishi mumkin. U odamlar O`rtasidagi munosabatlarni jinslar orasidagi munosabatlardan- o`zaro ishq-muhabbatdan iborat qilib qO`ygan. Bu cheklangan, noO`rin qarash edi. Shu sababli Feyyerbax “diniy hissiyotning” o`zi ijtimoiy mahsul ekanligini va O`zi tahlil qilayotgan mavhum alohida odam haqiqatda muayyan ijtimoiy shaklga mansubligini payqamaganligini ko’rinib turibdi.
|
| |