|
raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi
|
bet | 3/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 6,69 Mb. | | #237217 |
Bog'liq Iroda Nuraddinova Raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o‘tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi. Raqamlashtirish – yangi iqtisodiy texnologiyalarning yo‘ldoshi - YaIT – bu tashkiliy boshqaruv tizimlariga biror maqsadga xizmat qiladigan axborot (ma'lumotlar, g‘oyalar va bilimlar) mahsulotlarini yaratish, ularni uzatish, saqlash va aks ettirish uchun yaxlit texnologik platformaga birlashuvchi va iqtisodiy agentlar muloqotiga sarflanadigan trakzaksion xarajatlarni maksimal darajada kamaytiruvchi ma'lumotlarni qayta ishlashga doir har jihatdan yangi «sozlanuvchi» vositalar va metodlar yig‘indisidir.
O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi - Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni, shuningdek blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga karatilgan “Raqamli ishonch” jamgʻarmasi tashkil etildi.
raqamli iqtisodiyotning o‘tkazuvchan (murakkab) texnologiyalari: - 1. Big Data texnologiyalari;
- 2. Internet ashyo texnologiyalari (IoT – Internet of Things);
- 3. Mobil texnologiyalar;
- 4. Bulutli texnologiyalar (Сloud computing);
- 5. Virtual va to‘ldirilgan texnologiyalar (VR – virtual reality) (AR – augmental reality);
- 6. Neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt (SI);
- 7. Raqamli platformalar;
- 8. Kvant texnologiyalar;
- 9. Robototexnika;
- 10. Blokcheyn va kriptovalyuta texnologiyalari;
- 11. Kraudsorsing va kraudfanding.
|
| |