• Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat
  • Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari




    Download 296,5 Kb.
    bet2/10
    Sana28.09.2024
    Hajmi296,5 Kb.
    #272800
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Uslubiy ko\'rsatma TUVK (Karimov)

    Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari
    Talabaning mustaqil ishi aniq bir fandan oʻquv rejasida va fan dasturida belgilangan bilim, koʻnikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan oʻqituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida oʻzlashtirilishiga yoʻnaltirilgan tizimli faoliyatdir.
    Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi oʻqituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan oʻquv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
    Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq boʻlgan biror mavzu boʻyicha vazifa tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qoʻshimcha adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib materiallar yigʻadi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu boʻyicha imkon darajasida toʻliq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda oʻqituvchidan maslahat oladilar. Mavzu boʻyicha referat kompyuterda tayyorlanib fan oʻqituvchiga topshiriladi. Topshirilgan vazifaning mazmuni, olingan ma’lumotlarning boyligi va boshqa belgilari boʻyicha fan oʻqituvchisi talabani baholaydi.
    Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

    • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta oʻzlashtirish koʻnikmalariga ega boʻlishi;

    • kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi;

    • axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanishi;

    • an’anaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar bilan ishlashi;

    • elektron oʻquv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashi;

    • internet tarmogʻidan maqsadli foydalanishi;

    • berilgan topshiriq va vazifalarning ratsional yechimini topishi;

    • tadqiqot usullarini tahlil etishi;

    • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlashi;

    • topshiriq va vazifalarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashishi;

    • ishlab chiqilgan yechim, loyixa yoki gʻoyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.



    Download 296,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 296,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari

    Download 296,5 Kb.