• Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.
  • Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash.
  • Mavzu boʻyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash




    Download 296,5 Kb.
    bet6/10
    Sana28.09.2024
    Hajmi296,5 Kb.
    #272800
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Uslubiy ko\'rsatma TUVK (Karimov)

    Mavzu boʻyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
    Talabaga muayyan mavzu boʻyicha testlar, qiyinchilik darajasi har hil boʻlgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos boʻladigan savollar tuzish topshiriladi.
    Bunda oʻqituvchi tomonidan talabaga testga qoʻyiladagan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad koʻzda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarni qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari boʻyicha yoʻl -yoʻriq beriladi. Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qoʻyilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat kilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki toʻldirish taklif etilishi mumkin).
    Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtirokida ximoya kilinadi.
    Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu boʻyicha (mavzuni talabaning oʻzi tanlashi ham mumkin) ilmi (referativ) xarakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba oʻquv adabiyotlari, ilmiy-tadkiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar, hamda boshqa axborat manbalaridan mavzuga tegishli materiallar toʻplaydi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shahsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qoʻshimchalar, izohlar kiritadi, oʻz nuqtai- nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba uqituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
    Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.
    Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir mavzu yoki boʻlim boʻyicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega boʻlgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan boʻlishi
    kerak.
    Talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, oʻqituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.

    Download 296,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 296,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu boʻyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash

    Download 296,5 Kb.