|
Talabalarga fanni oʻqitishdan maqsad
|
bet | 3/10 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 296,5 Kb. | | #272800 |
Bog'liq Uslubiy ko\'rsatma TUVK (Karimov)Talabalarga fanni oʻqitishdan maqsad – – bo‘lajak bakalavrlar, magistrlar va ilm bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni ilmiy tadqiqotlar strukturasi va asosiy usullari, shuningdek, ehtimollik nazariyasi asoslari, matematik modellashtirish usullari, o‘lchash amaliyoti haqidagi bilimlarni egallashlariga ko‘maklashish; eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish,olib borish va tahlil qilishga o‘rgatish;patent izlanishlari olib borish tartibini o‘rgatish;
Fanning vazifalari - prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir. (Masalan, elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar tejamkorligi ilmiy – metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va h.k.lar)..
Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:
Ilmiy muammoni (masalani) yechishning birlamchi gipotezasini ilgari surish va asoslash aksariyat hollarda ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida belgilangan ilmiy masalalar tahlili;
ilmiy masalani yechishga erishish bo‘yicha shakllantirilgan bir necha birlamchi gipotezalar orasida eng maqbuli tanlab olish;
Ilmiy tadqiqotlarning nazariy izlanishlar bosqichida fundamental fanlardan olingan qonuniyatlarning tadqiqot obyektiga bog‘lab analiz va sintez qilish.
Matematik apparatlardan, nazariy elektrotexnika va boshqa nazariy bilimlardan
foydalanib hozirgacha ma’lum bo‘lmagan yangi qonuniyatlarni ochishga erishish Talabalar ma’lumotlar bazasiga kirish texnologiyasining umumiy tushunchalari va tuzilgan so‘rovlar haqida bilimlarga ega bo‘ladilar.
Talabalarning mustaqil topshiriqlariga qoʻyiladigan talablar.
Mustaqil ishni tashkil etishning turli xil shakllari mavjud boʻlib, bunda asosiy e'tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, oʻqib oʻrganishi va shu yoʻnalish boʻyicha bilim va koʻnikmalarlarini chuqurlashtirishga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir:
darslik va oʻquv qoʻllanmalar boʻyicha fanlar boblari va mavzularini oʻrganish;
tarqatma materiallar boʻyicha ma’ruzalar qismini oʻzlashtirish;
avtomatlashtirilgan oʻrgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar boʻyicha fanlar boʻlimlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabalarning oʻquv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan fanlar boʻlimlari va mavzularini chuqur oʻrganish;
keys-stadilar va oʻquv loyihalarini mustaqil bajara olish;
faol va muammoli oʻqitish uslubidan foydalaniladigan oʻquv mashgʻulotlarini oʻzlashtirish.
|
| |