Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e'tiborga olinishi lozim




Download 296,5 Kb.
bet4/10
Sana28.09.2024
Hajmi296,5 Kb.
#272800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Uslubiy ko\'rsatma TUVK (Karimov)

Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e'tiborga olinishi lozim:

  • oʻqish bosqichi;

  • muayyan fanning oʻziga xos xususiyati va oʻzlashtirishdagi qiyinchilik:

  • talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi;

  • fanni axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;

  • talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi;

Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga koʻnikmalar hosil boʻlishiga muvofiq ravishda oʻzgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga oʻrgatib borish kerak boʻladi.
TMIni tashkil etishda talabaning akademik oʻzlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:

  • faniing ayrim mavzularini oʻquv adabiyotlari yordamida mustaqil oʻzlashtirish, oʻquv manbalari bilan ishlash;

  • amaliy va seminarlarga tayyorgarlik koʻrish;

  • ma’lum mavzu buyicha referat tayyorlash;

  • kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;

  • bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar toʻplash;

  • hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;

  • maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;

  • amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar vatopshiriqlar taiyorlash;

  • ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza taiyorlash;

  • amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash:

  • uy vazifalarini bajarish va boshqalar.

Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi, kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta oʻylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, talabalarning auditoriya mashgʻulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va toʻldirishga hizmat qilishi kerak.

Download 296,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 296,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e'tiborga olinishi lozim

Download 296,5 Kb.