|
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda
|
bet | 7/10 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 296,5 Kb. | | #272800 |
Bog'liq Uslubiy ko\'rsatma TUVK (Karimov)Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
tizimli yondashish;
barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
bajarilishi ustidan kat'iy nazorat oʻrnatish;
tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur.
Mustaqil topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
maqsad (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni oʻzlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirish va h k.), aniq asoslanishi;
vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;
topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada habardor boʻlishi;
maslahat va boshqa yordam turlarining toʻgʻri belgilanishi (yoʻllanma va koʻrsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, mummoli topshiriqlarni bajarish usullari boʻyicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgalikda hal qilish va h.k.);
hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilanib olish (amaliy seminar,
maslahat uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt;
ma’ruza yoki referat matni, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, koʻrgazmali jixozlar va ijodiy ishlar;
savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.).
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi;
auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. O‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda oʻzlashtirish, uyga berilgan vaifalarni bajarish, amaliy va tayyorgarlik koʻrib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oʻzlashtirib borish darajasi, amaliy mashgʻulotlarga (amaliyot, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol – javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib koʻrish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi.
|
| |