• Referat tayyorlash
  • Koʻrgazmali vositalar tayyorlash.
  • Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali raqamli iqtisodiyot va axborot texnologialari




    Download 296,5 Kb.
    bet5/10
    Sana28.09.2024
    Hajmi296,5 Kb.
    #272800
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Uslubiy ko\'rsatma TUVK (Karimov)

    Mavzuni mustaqil oʻzlashtirish. Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi oʻquv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda oʻzlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga hizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e'tibor karatish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini koʻrsatish lozim.
    Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda oʻquv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taaluqli savollarga javob tayyorlanadilar. Zarur hollarda (oʻzlashtirish qiyin boʻlsa savollar paydo boʻlsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) oʻqituvchidan maslahatlar oladilar.
    Mustaqil oʻzlashtirilgan mavzu boʻyicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
    Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shahsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq boʻlgan biror mavzu boʻyicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qoʻshimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h k.) foydalanib materiallar yigʻadi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu boʻyicha imkon darajasida toʻliq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda oʻqituvchidan maslahat va koʻrsatmalar oladi.
    Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
    Koʻrgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq oʻzlashtirish uchun yordam beradigan koʻrgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, haritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu oʻqituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum koʻrsatmalar, yoʻl - yoʻriqlar beriladi. Koʻrgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu boʻyicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
    Talaba koʻrgazmali materiallardan foydalanish tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.

    Download 296,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 296,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali raqamli iqtisodiyot va axborot texnologialari

    Download 296,5 Kb.