-bosqich. Yakuniy bosqich
Axborot texnalogiyalari
Masofaviy ta'limda talaba va o'qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jahon axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o'zaro aloqa tamoyiliga ega bo'lgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi. Masofaviy ta'lim Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi bir necha asrlar davomida o'zgarmay kelgan holatlarni o'zgartirib, bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo'ldi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitish yaratilishiga va an'anaviy shakllari bilan masofaviy ta'lim elementlari kirib keldi. 2 Masofaviy ta'limning paydo bo'lishi tarixi 1700 yildan boshlanadi. 1728 yilda Kaleb Fillips Boston gazetasiga talabalarni maktub almashish orqali mamlakatning istalgan nuqtasida stenografiya bo'yicha o'qishga jalb qilish to'g'risida murojaat qildi. Bu masofaviy ta'limning boshlanishi edi. Isaak Pitman masofaviy ta'limni rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdi. 1840 yilda u har kimga darslari bilan pochta orqali xat yuborgan. Keyingi 1856 yilda Berlindagi sirtqi ta'lim institutiga asos solgan C.Tusen va G.Lanchenshteynlar edi. Trening shuningdek, o'quv materiallari, testlar va boshqalar bilan xatlarni pochta orqali yuborish orqali amalga oshirildi. 1873 yilda AQShda birinchi sirtqi maktablar tashkil etildi. Anna Eliot Ticknor ayollar uchun "Ticknor" jamiyatining kashshofi bo'lib, talabalar masofadan turib pochta orqali bilim olishgan deb ishoniladi. Bir yil o'tgach, 1874 yilda Isaak Pitman o'z o'quv dasturini pochta orqali yaratishni taklif qildi. 1892 yilda Chikago universiteti birinchi masofaviy ta'lim dasturini yaratdi va bu AQShdagi birinchi masofaviy ta'lim muassasasiga aylandi. 1899 yildan Kanadada Qirolicha universiteti talabalarga masofadan o'qitishni boshladi. 60-yillarda masofaviy ta'lim xalqaro miqyosda tan olingan va UNESCO ko'magida faol rivojlana boshladi. 1963 yilda Angliya Bosh vaziri G.Uilson masofaviy ta'limdan foydalangan holda barcha ta'lim muassasalarini birlashtirishi kerak bo'lgan "efir universiteti" yaratilishini e'lon qildi va shu asosda 1969 yilda Angliyada birinchi Ochiq Universitet tashkil etildi. Masofali ta'lim rivojlanishi orqali bir qancha iqtisodiy ijtimoiy masalalar yechiladi: Halqning ta'lim olish darajasi oshdi (9%dan 15%ga); Oliy ta'limga olish imkoniyati o’sdi; Oliy ma'lumotga ega bo'lish ehtiyoji oshdi; Yo'nalishlar bo'yicha uzluksiz malaka oshirishni tashkil qilish ortdi. Web-dastur (Moodle) orqali. Ta’lim resurslari tizimga yuklanadi va bajarish uchun topshiriqlar beriladi. Web-konferensiya. (Zoom Webex, MS Teams Google Meet, Mailcall programmalari orqali) Chat texnologiya. Telegram, WhatsApp Messendjerlari) foydalangan xolda mashg’ulot o’tkazish; Web-dastur (Moodle) orqali. Ta’lim resurslari tizimga yuklanadi va bajarish uchun topshiriqlar beriladi. Video dars oraqali O’quv mashg’ulotlarining metodik materyallari orqali video va audio tayorlash va tizimga qo’yish. Masofaviy ta’limning yana bir afzalligi uning arzonligidir. Jumladan o‘qishga borish-kelishga, tarnsportga pul sarflanmaydi. Chet elda o‘qish uchun esa viza va xorijiy pasport ham talab qilinmaydi. Masofadan o‘qitishda o‘quvchilarni baholash onlayn-testlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli o‘quvchilarda imtihon paytidagi havotir va hayajon kuzatilmaydi. Bunday o‘qitish jarayonining o‘qituvchi uchun foydali jihati shuki, masofadan turib pedagogik faoliyat olib borish vositasida nisbatan ko‘p o‘quvchilarga e’tibor qaratishi mumkin. O‘qituvchi dam olish yoki dekret ta’tilida bo‘lganida ham bemalol faoliyatini davom ettira oladi. Download 7,46 Mb.
|