FIZIKA 0 ‘QITISH USLUBINING PREDMETI, VAZIFASI VA 0 ‘RGANISH USLUBLARI




Download 2.56 Mb.
bet3/6
Sana08.12.2022
Hajmi2.56 Mb.
#33764
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fizika r(2)-WPS Office
zebra, berg, bayroq, madhiya, prezident, Dars tahlil daftari, Boshqaruv kompetensiyalari. Reja Kompetensiya va kompetentlik t, lochin, 2424, 2-amaliy ish, 12.amaliy ish, Diyorbek word, 10-Amaliyot, 3.51.05.10-Avtomobil kuzovini ta’mirlash chilangari 2, 3580-Текст статьи-8907-1-10-20211125, amaliy1, mustaqil (1)
2.1 FIZIKA 0 ‘QITISH USLUBINING PREDMETI, VAZIFASI VA 0 ‘RGANISH USLUBLARI
Yangi talim tizimi asosida tuzilgan fizika dasturi boyicha fizika kursi alohida oquv predmeti sifatida VI-sinfdan boshlanadi. Maktab fizika talimining birinchi yilida oquvchilarga fizikaviy hodisalar va kattaliklar haqida umumiy malumotlar berildi. Bu bilan oquvchilarni fizikaga qiziqtiriladi, fizika fani haqida dastlabki tasavvur hosil qilinadi, tevarak atrofdagi fizik hodisalarning mohiyatini elementar tarzda tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarash shakllantiriladi.
Dasturda, VI-sinfda beriladigan fizika talimi mazmuni ozgartirilmagan holda, fizik hodisalar va kattaliklarning organish ketma ketligini ikki xil tartibi tavsiya etilgan:
Ulardan birinchisi quyidagi tartibda:
1. Kirish.
2. Harakat va jismlarning ozaro tasiri.
3. Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar.
4. Modda tuzilishi.
5. Issiqlik hodisalari.
6. Issiqlik mashinalari.
7. Tovush hodisaliri.
8. Yoruglik hodisalari.
Tuzilishi ananaviy bolgan fizika talimining bunday ketma ketligida oʻquvchilar
avval jismlarning harakati, bosib otgan yoli, unga ketgan vaqt, tezlik massa, zichlik kabi kattaliklar bilan tanishadilar. Songra modda tuzilishi, issiqlik, tovush va yoruglik hodisalarini organadilar. Fizika oqitishni yoruglik hodisalaridan boshlash ham oziga xos afzalliklarga ega. Birinchidan, yoruglik hodisalari fizika fanining katta qismini tashkil etib, optika nomi bilan yuritiladi. Optika qonunlari esa inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Ikkinchidan, kundalik hayotimizda har xil yoruglik hodisalariga duch kelamiz. Uchinchidan, optika qonunlari asosida yoruglik va optika texnikasi vujudga keladi. Bundan tashqari, yoruglik hodisalarini organish jarayoni qiziqarli bolib, formulalar kam ishlatiladi. Yoruglik hodisalaridan song tovush, issiqlik, mexanik hodisalar organiladi. Bu variantdagi har bir bolimga ajratilgan dars soatlari miqdori birinchi variantdagi tegishli nomdagi bolimga ajratilgan dars soati miqdoriga mos keladi. Akademik litseylarda oquvchilar ozlari tanlagan yonalishi boyicha bilimlarini oshirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal ozlashtirish imkoniga ega boladilar. Shuning uchun ham akademik litsey bitiruvchilariga qoyiladigan talablar ham zamon talablariga mos saviyada boladi. Akademik litsey bitiruv-chilari fizika talim sohasida quyidagi bilimlarga, tushunchalarga ega bolmogi lozim :
-fizika va unga yaqin bolgan fanlar boyicha qoyilgan vazifani hal etishda fizika qonunlarini bilish bilan birga boshqa bilim sohalarini ham birgalikda qollay olish;

-asosiy fizikaviy olchov asbob-uskunalaridan foydalana bilish, sodda amaliy vazifalarni qoyish va ularni yechish, olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, baholay bilish hamda umumiy xulosalar chiqarish;


-oqish davomida oquv va qoshimcha adabiyotlaridan mustaqil foydalana bilish.
Majburiy va majburiy ixtiyoriy talim tizimida fizika oqitishning ahamiyati shundan iboratki, bunda fizika-jonsiz tabiat qonunlarini orgatadigan asosiy-tabiiy fanlardan biridir. Olam doimiy ozaro tasirda va uzluksiz harakatda bolgan moddiy jismlar majmuasidan iborat. Tabiatda sodir boluvchi barcha hodisalar muayyan qonunlar boyicha yuz beradi. Turli hodisalar orasidan qonuniy boglanishni ochish va organish har qanday fan tarmogining bosh maqsadi hisoblanadi. Jismlarning harakati va ozaro tasir, issiqlik, elektromagnit hodisalar qonunlarining tahlili fizikaga taalluqlidir.
Fizikada organiladigan hodisalar doirasini yoki bu fanning shartli chegarasini aniqlash juda qiyin. Faqat bir narsani aytish mumkin: yangi kashfiyotlar, texnikaviy tadqiqotlarning yangi-yangi sohalari bu chegarani yildan-yilga kengaytirmoqda. Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarim otkazgichlar fizikasi, biofizika, qattiq jismlar fizikasi, gaz va suyuqliklar dinamikasi kabi yangi bolimlari yaratilmoqda. Bular maktab va orta maxsus talimida fizikaning boshlangich tushunchalar kursida ozining aksini topgan. Maktab fizika kursining asosiy maqsadi, oddiy fizika bilimlari bilan bir
qatorda hozirgi zamon fizikasi bilimlarini oquvchilar ongiga singdirishdir. Fizikaga oid asosiy qonunlar va hodisalarni organmay turib, jamiyat rivojlanishini, taraqqiyotini tushunib yetish mumkin emas. Chunki tabiat hodisalari asosini fizik qonunlar egallaydi. Ularni maktabda organish hamma pedagogik talablar asosida olib boriladi.
O‘zbekiston maktablarida fizika kursi ikki bosqichda o‘rganiladi. Kursning bunday tuzilishi o‘rta maxsus ma’lumot berishga mos keladi va fizika asoslarining o‘quv fani sifatida o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Fizik tushunchalarning shakllanishi uzundan-uzoq jarayondir. Kuch, massa, ish, energiya, molekula, elektr zaryad, maydon to‘g‘risidagi tushunchalar; fizikaning asosiy qonunlari-energiyaning saqlanish va bir turdan boshqa turga aylanish qonuni, dinamika qonunlari, o‘zgarmas tok qonunlari; moddalarning elementlik, plastiklik, murtlik, mustahkamlik, qovushqoqlik (yopishqoqlik), siqiluvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik kabi va boshqa xossalari to‘g‘risidagi tasavvurlar kursning ayni bir joyda tarkib topishi va puxta o‘zlashtirilishi mumkin emas. Bu tushuncha, qonun va xossalar o‘quv materialining murakkablashib borgani sari, fizik kursining har xil qismlarida bir necha marta takrorlashda, hodisa va munosabatlarni o‘rganish natijasida, uzoq muddat ichida sekin-asta o‘zlashtiriladi. Buning hammasi fizikani takror o‘rganishni talab qiladi. Shularni hisobga olgan holda, fizikaning o‘rganishni
umumiy o‘rta ta’limda to‘g‘ri, bir tekis, ketma-ketlikda hajmi qismlarini o‘qish mo‘ljallangan bo‘lib, (kursning tugallangan formasi), akademik-litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursining murakkab materiallarini takror o‘qitish mo‘ljallangan.

Download 2.56 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FIZIKA 0 ‘QITISH USLUBINING PREDMETI, VAZIFASI VA 0 ‘RGANISH USLUBLARI

Download 2.56 Mb.