FIZIKA 0 ‘QITISH USLUBINING RIVOJLANISHI VA HOZIRGI MUAMMOLAR




Download 2.56 Mb.
bet4/6
Sana08.12.2022
Hajmi2.56 Mb.
#33764
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fizika r(2)-WPS Office
zebra, berg, bayroq, madhiya, prezident, Dars tahlil daftari, Boshqaruv kompetensiyalari. Reja Kompetensiya va kompetentlik t, lochin, 2424, 2-amaliy ish, 12.amaliy ish, Diyorbek word, 10-Amaliyot, 3.51.05.10-Avtomobil kuzovini ta’mirlash chilangari 2, 3580-Текст статьи-8907-1-10-20211125, amaliy1, mustaqil (1)
2.2.FIZIKA 0 ‘QITISH USLUBINING RIVOJLANISHI VA HOZIRGI MUAMMOLAR.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursi ancha yuqori saviyada organiladi. Oquvchilarning orta umumtalim maktablarida olgan bilim va malakalari yanada rivojlantiriladi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Maktab fizika kursining reformasi, undagi asosiy goyalar-1997 yilda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Talim togrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” togrisidagi qarorida elon qilindi va Ozbekistonda talim maz-munini, tarkibini isloh qilish bosh masala qilib belgilandi. Natijada, barcha fanlar boyicha umumiy orta talimning Davlat talim standarti va oquv dasturlari ishlab chiqildi. Fizikaning oquvchilar ozlashtirib olishi lozim bolgan muhim nazariy va amaliy masalalari standart va dasturning asosiy qismiga kiritilgan. Qoshimcha qismga majburiy majmuadan chetdagi ayrim nazariy masalalar, kopincha texnik qurilmalarning tavsiflari, tarixiy materiallar kiritilgan. Bob oxirida oz-ozini tekshirish uchun savollar, yechish uchun sifatiy va miqdoriy masalalar berilgan. Mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, laboratoriya matnlari kabi malumotlar ham kiritilgan. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining dasturida klassik fizika tushunchalarining ilmiyligi
oshirilgan. Masalan: Mexanika bolimini oqitishda qator fizikaviy kattaliklarning quyidagi shartlar yangi darsliklarda hisobga olingan (tezlik, tezlanish, kuch,
impuls) vektor harakat haqidagi tushunchalarga kengroq etibor berish; molekulyar fizikada oquvchilarda statistik tasavvurlarni shakllantirish; elektrodinamikada Lorents kuchi tushunchasi va induktsiyalangan elektr maydoni haqidagi tasavvurdan foydalanish, ferromagnit jismlarning doimiyligi strukturasi va ularning magnitlanish jarayonini Tebranish va tolqinlar bolimi-da rezonans kabi masalalarni toliqroq tushuntirish va hokazolarga alohida etibor berilgan. Klassik fizika masalalarini umumiy qabul qilingan fizik qarashlarga muvofiq bayon etish, orta talim fizika kursi ilmiy saviyasini oshirishning asosiy yollaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, klassik fizika qonun va nazariyalari, tushunchalarining (massaning doimiyligi, klassik mexanikada tezliklarni qoshish qonuni va shunga oxshashlarning) qollanish chegaralarini korsatish, ularning yangi fizika bilan boglanishini ochish, klassik fizika tushunchasi, qonunlari va hozirgi zamon fani yechib bergan yangi faktlar orasidagi qarama-qarshiliklarni korsatish ham kozda tutiladi. Shunday yol bilan mexanika-nisbiylik nazariyaisga, optika-yoruglikning foton nazariyaisga, atom tuzilishi-atom energetik sathlarining diskret qiymatlarga ega ekanligi kabi malumotlarga tutashgan holda organiladi.
Fizikaning asosiy masalalaridan biri materiyaning tuzilishi haqidagi talimotdir. Fizika-materiyaning xossalarini uning ikki modda va maydon koʻrinishida

oʻrganadi. Modda va maydon korpuskulyar-tolqin xossalarga egadir. Shuning uchun oquvchilar tola-tokis manoda atomistikani, tebranish va tolqin jarayonlar haqidagi talimotni mustahkam ozlashtirishlari kerak.


Fizika faqat zarralar (atom, molekula, elektronlar, foton va boshqalar)ning xossalarigina emas, balki shuningdek, zarralarning qattiq, suyuqlik, gaz, nurlanish holatlarini ham organadi. Ularning tabiatini tavsiflashda statistik tasavvurlardan foydalaniladi. Demak, modda va maydonni organish uchun maktab kursiga atomistika, tolqinlar haqida talimot, statistik tasavvurlarni va nisbiylik nazariyasidan bazi bir malumotlarni kiritish kerak boladi.
Keltirilgan misollar oquvchilar ozlashtirishi kerak bolgan oquv materialining hajmini genlashga intilishni korsatadi. Yuqori sinflarda bayon qilishning deduktiv metodini kuchaytirish ham kozda tutiladi. Umumtalim maktabi va akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida fizika tabiiy-ilmiy fan sifatida oqitiladi. Bunga kora fizika kursi mantiqan izchil, ilmiy, togri va ozlashtirilishi mumkin bolgan bilimlar majmuasi eksperemental asosda tuzilgan. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining fizika kursiga murakkab masalalar kiritilgan. Chunki ularni ozlashtirish uchun oquvchilar saviyasi yuqoriroq saviyada rivojlangan va matematik tayyorgarligi yaxshi bolishi kerak. Bu yerda tezlanish, elektr maydonining kuch va energetik xarakteristikalari, magnit induktsiyasi, E.Yu.K., Lorents kuchi, tebranish va tolqinga doir bir qator boshqa fizikaviy
tushunchalar kiritildi. Boshlangich fizika kursida shakllana boshlagan massaning gravitatsiya xossalari, ogirlik, vaznsizlik va ota yuklanish; tempraturani molekulyar-kinetik tarzda (miqdoriy) tushuntirish, ideal gaz parametrlarining ozgarishida ichki energiyasining ozgaruvchanligi; turli xil moddalarning otkazuvchanlik mexanizmlari va ferromagnitlarning magnitlanishi kabi tu-shunchalar rivojlantiriladi. Jismlarning harakat trayektoriyasi, birinchi kosmik tezlik, induktsiya, E.Yu.K kattaligi, elektr maydoni energiyasi kabi murakkab hisoblashlar bajariladi hisoblashdir. Nihoyat, kursning ikkinchi bosqichida: Nyuton qonunlari, gazlar molekulyar-kinetik nazariyasi, elektromagnit maydon, fizikaviy optika, nisbiylik nazariyasi asoslari, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi kabi kursning yangi bolimlari organiladi. Shunday qilib, fizika oqitish maktabda, litsey va kasb-hunar kollejlarida bilimlarning boglanishi va rivojlanishini taminlovchi yagona kursni tashkil etadi.
Mexanikani organish moddiy nuqta kinematikasidan boshlanadi. Mexanik harakatlarni klassifikatsiyalash uchun moddiy nuqta harakat trayektoriyasi tushunchalarini kiritish zarur. Harakat vaqtida jismning istalgan nuqtasi hosil qiladigan chizigi trayek-toriya deyiladi, degan tushuncha murakkab emas. Bu tushuncha konkret misollar ustida oydinlashtiriladi: borning doskaga qolgan izi va hokazo. Moddiy nuqta tushunchasi esa juda abstraktdir. Shuning
uchun bu tushunchaning kiritilishi oquvchilarga yetarli darajada batafsil asoslab berilishi lozim. Jismlar harakatining bazi turlarini organishda bu tushunchaning zarurligini va undan foydala-nishga togri kelishini tushuntirish lozim. Biz fizikaning mexanika bolimini organishda modellashtirish usulidan foydalanib koplab kinematik masalalarni hal etamiz. Misol uchun, jismning ilgarilanma harakatini yozishni organishda uning bironta nuqtasining harakat qonunlarini bilish kifoya. Shuning uchun ham jismning ilgarilanma harakatini organishda uni moddiy nuqta deb, modellashtirib tushuntirish mumkin.
Oquvchilar jism vaziyatini uning koordinatalari boyicha aniqlash usulini ozlashtirib olishlari uchun ularga biron harakatlanayotgan jismning bir necha turli vaziyatini qayd etishni va tanlab olingan sanoq sistemasiga nisbatan vaziyatdagi koordinatalarini aniqlashni taklif etish lozim. Koordinata tushun-chasi faqatgina biror sanoq sistemasiga nisbatan manoga ega ekanligini oqtirib otish muhimdir. Doska boyicha kochirilayotgan bor, suyuqlik bilan toldirilgan uzun shisha naydagi havo pufagi harakatlanayotgan jism bolishi mumkin. Sinf doskasiga ikkita koordinatalar sistemasini chizib oquvchilarga ularning har birida A va B jismlarning koordinatalarini aniqlashni taklif etish shu va shunga oxshash mashqlar orqali koordinatalarning nisbiyligini ozlashtirishga yordam berish maqsadga muvofiqdir.
Kochish. Kochish tushunchasi VII sinf fizika kursida birinchi marta oqitiladi.

Download 2.56 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FIZIKA 0 ‘QITISH USLUBINING RIVOJLANISHI VA HOZIRGI MUAMMOLAR

Download 2.56 Mb.