|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 137/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaMavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Yarim o‘tkazgichlarning ta’qiq zonalarini tushuntirib beradi ?
Javob: Yarim o‘tkazgichlarning ta’qiq zonalari o‘tkazgich va dielektriklarning ta’qiq zonalari oralag‘ida joylashib, mazkur zona ancha kichik va yengib o‘tish uchun ma’lum darajali energetik ta’sir yetarlidir.
2. “p-n” o‘tishda yarim o‘tkazgich (germaniy, kremniy va hokazo) yuzasida qanday hosil qilinadi ?
Javob: “p-n” o‘tishda yarim o‘tkazgich (germaniy, kremniy va hokazo) yuzasidan qo‘shimcha (indiy, fosfor)larni eritish orqali hosil qilinadi.
3.Yarim o‘tkazgichlarning “n” turdagi asosiy zaryad eltuvchilari nimalar hisoblanadi.
Javob: Yarim o‘tkazgichlarning “n” turdagi asosiy zaryad eltuvchilari elektronlar, “p” turlisida esa teshiklar hisoblanadi.
4. Kimyoviy tarkibiga kо‘ra yarim о‘tkazgichlarni tushuntirib bering ?
Javob: Kimyoviy tarkibiga kо‘ra yarim о‘tkazgichlar faqat bitta kimyoviy element atomidan iborat elementar, ikki va undan kо‘proq kimyoviy elementlar
atomlaridan iborat bо‘lgan kompozitsion, yoki murakkab holda bо‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (190-192 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
21-Mavzu: Yarim о‘tkazgichli diodlar
Reja
1. Yarim о‘tkazgichli diodlar umumiy ma’lumotlar
2. Germaniyli va Kremniyli diodlar
3. Yassi va Tо‘g‘rilovchi diodlar
Zamonaviy texnika sohalarida qо‘llaniluvchi elektron qurilmalar asosan yarim о‘tkazgichli diodlar va bir nechta о‘tishli asboblardan tashkil topgan. Bunga yarim о‘tkazgichli asboblarning о‘lchamlari va vazni kichikligi, foydali ish koeffitsiyentining yuqoriligi, uzoq muddat xizmat qilishi va yuqori chidamligi kabi afzalliklarga egaligi asos bо‘lgan.
Yarim о‘tkazgichli diod bu bitta elektr о‘tish (r-n о‘tish) li va yarim о‘tkazgichga jipslashtirilgan metalldan chiqarilgan ikki chiqishga ega asbobdir.
Elektr о‘tish asosan ikki turdagi elektr о‘tkazuvchanlikka ega aralashma (r- yoki n- tipdagi) orasida hosil bо‘ladi. Bu sohalardan biri (kichik qarshilikli) emitter, boshqasi (yuqori qarshilikli) baza deyiladi.
Bazan elektr о‘tkazuvchanlik r- yoki n- tipdagi yarim о‘tkazgich bilan metall orasida hosil qilinadi va bunday о‘tish metall yarim о‘tkazgich tutashuvi deyiladi.
Diodlar turli belgilarga kо‘ra sinflanadi: yarim о‘tkazgich materialiga kо‘ra kremniyli, germaniyli, galliy arsenidli, selenli; ishlash asosini belgilab beruvchi jarayonlar tabiatiga kо‘ra tunelli, fotodiodlar, yorug‘lik diodlari va h.k.; qо‘llanilish maqsadlariga kо‘ra tо‘g‘rilovchi, impulsli, stabilitronlar, varikaplar va h.k.; elektr о‘tishni tayyorlash texnologiyasiga qо‘ra eritish, diffuziya va h.k.; elektr о‘tish tipiga kо‘ra nuqtali va yassi. Ular ichida eng asosiysi elektr о‘tish turiga va qо‘llanilish maqsadlariga kо‘ra sinflanishidir.
Hozirgi vaqtda keng qо‘llanilayotgan diodlar selen, germaniy, kremniydan yasalgan bо‘lib, galliy arsenididan va fosfididan diodlar tayorlash kelajagi porloq ekanligi tasdiqlangan.Selenli diod dumaloq disklar (shaybalar) yoki tо‘g‘ri burchakli plastinkalar kо‘rinishida yasalgan tо‘g‘irlagich plastinkalardan yig‘iladi. Bu plastinkalarni ketmaket yoki parallel ulab, talab qilingan quvvatli tо‘g‘irlagich ele-menti hosil qilinadi.
|
| |