• Kremniyli diod
  • Yassi diodlar
  • Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari




    Download 27,19 Mb.
    bet138/156
    Sana27.11.2023
    Hajmi27,19 Mb.
    #106725
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156
    Bog'liq
    namuna

    Germaniyli diodning asosi bо‘lib germaniy monokristallidan kesilgan, qalinligi taxminan 0,3 mm li plastinka xizmat qiladi, u elektronli elektr о‘tkazuvchanlikka ega, ya’ni unda beshinchi gruppa elementlaridan biri (odatda surma yoki mishyak) aralashgan. Plastinka yuzasi diod tokiga bog‘liq, u qancha katta bо‘lsa, plastinka shuncha katta bо‘ladi. Shu plastinkaga uchinchi gruppa elementi indiy bо‘lakchasi qо‘yiladi va u vakuum pechida germaniy bilan eritiladi. Bunday termik ishlov vaqtida termodiffuziya natijasida indiy atomlari germaniy plastinkasiga о‘tadi va keyinchalik aksettor bо‘lib. germaniyda teshikli elektr tkazuvchanlikka ega bо‘lgan qatlam vujudga keltiradi. Indiy bо‘lakchasiga yuqoridan metall tok о‘tkazuvchi payvandlanadi, u plastinkani yuqoridagi elektrod bilan tutashtiradi. Pastki elektrod germaniy bilan kontakt hosil qilishi kerak, ya’ni ventilli о‘tish hosil qilmasligi kerak. Tо‘g‘rilagich germetik korpusga tashqi ta’sirlardan himoyalash uchun joylashtiriladi.
    Kremniyli diodning asosiy qismi elektronli elektr о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lgan yupqa kremniy plastinkasidir. Bu plastinka alyuminiy bо‘lagi bilan uchinchi gruppa elementi bilan qotishtiriladi: alyuminiy atomlarini kremniy ichiga о‘tishi, unda teshikli elektr о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lgan qatlam vujudga keltiradi, plastinkada esa r - n о‘tish hosil bо‘ladi.Agar selenli va germaniyli diodlar solishtirilsa, u holda germaniyli yuqori
    f.i.k. ga, kichik о‘lchamga ega, lekin selenli diodlar arzon bо‘lgani uchun sanoatda selenli ventillar ishlab chiqarilishi davom etmoqda. Ular nisbatan kichik quvvat kerak bо‘lganda, foydali ish koeffitsiyentlari esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega bо‘lganda о‘rnati-ladi. Selenli ventilning massasi (armaturasi bilan birga) 1 Vt tо‘g‘rilangan quvvatga о‘rtacha 15-18 g ni tashkil qiladi.
    Nuqtali diodlar korpusi germetik holda yasalgan sopol yoki shisha ballon 2 dan iborat va u yorug‘lik tushmasligi uchun yorug‘lik qaytaruvchi qora ranga bо‘yalgan. О‘tishlar chiqishlari 3 nay 2 orqali tashqariga chiqarilgan.

    Yassi diodlar bir necha ampergacha bо‘lgan toklarga mо‘ljallangan (4.2 - rasm). Yassi diodlar yassi elektr о‘tishga ega bо‘lib, uning chiziqli о‘lchamlari (yuzasi) r-n о‘tish kengligidan bir muncha katta. bu yuza kvadrat millimetrning yuzdan bir ulushidan (mikroyassi diodlar) bir necha о‘nlab kvadrat santimetr (kuchli diodlar) gacha bо‘ladi.139
    Yassi diodlarni kristall ushlab turgich 8 ga birlashtirilgan yarim о‘tkazgich plastinka (r-n о‘tish) 7 kо‘rinishida yasaladi. bu plastinkaga erishish yoki diffuziya usuli bilan indiy yoki (germaniy uchun) yoki alyumin (kremniy uchun) atomlari kiritiladi. Yuqori kontakt 6 nisbatan katta tok о‘tkazish va о‘zidan issiqlik tarqatish qobiliyatiga ega. Bular hammasi zichlashtirilgan korpus 5 ga joylashtirilgan vaundan tashqi va ichki chiqish 1,2 lar silindr 4 ichidagi nay 3 orqali tashqariga chiqarilgan. Yassi diodlarni tayorlashda maxsus texnologiyalardan foydalangan holda kichik yuza о‘tishli mikroyassi va diffuziyali mezadiodlar olish mumkin.
    Yarim о‘tkazgichli diodlarni qо‘llanilishi va vazifalariga kо‘ra quyidagi asosiyguruhlarga ajratish mumkin.

    Download 27,19 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156




    Download 27,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

    Download 27,19 Mb.