|
Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 140/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaModdalarning magnit xossalari
Polikristall magnetiklarda anizotropiya keskin ifodalangan hollarda ferromagnetik magnit teksturaga ega Kerakli magnit tekstura olish orqali materialda ma’lum yo‘nalishda yuqori magnit harakteristikaga erishishi mumkin.
Ferromagnit materiallarning magnitlanishi
Tashqi magnit maydoni ta’sirida ferromagnit materialning magnitlanish jarayoni quyidagicha kechadi: 1)magnit momenti maydon yo‘nalishi bilan kichik burchak hosil qilgan domenlar kattalashadi va boshqa domenlar o‘lchami kichrayadi; 2) magnit momentlari maydon yo‘nalishi uzra buriladi va bir xil yo‘nalishga ega bo‘ladi. Magnit to‘yinishi domenning kattalashishi to‘xtaganda va o‘z-o‘zidan magnitlangan barcha monokristall qismlarning magnit momenti maydon uzra yo‘nalganida sodir bo‘ladi.
Ferromagnit monokristallari magnitlanayotganda ularning chiziqli o‘lchamlari o‘zgaradi. Bu hodisa magnit-striksiya deyiladi. Temir monokristallining magnit- striksiyasi kristallning har xil yo‘nalishlarida turlicha bo‘ladi.
Ferromagnit materialining magnitlanish jarayoni gisterezis egri chizig‘i B (H) bilan ifodalanadi va u barcha ferromagnitlarda bir-biriga o‘xshash bo‘ladi.
Magnit material B(H) o‘zgarish grafigi a) va gisterezis sirtmog‘ining haroratga bo‘liqligi
Kyuri nuqtasiga yaqin qiymatlarda r o‘zining yuqori qiymatiga erishadi. Kyuri nuqtasidan yuqori haroratlarda spontan magnitlanish sohasida issiqlik harakati buzilib, materialning magnit xossasi yo‘qoladi. Chulg‘amda magnit o‘zak bo‘lmaganda magnit induksiya qiymati undan o‘tayotgan tok hisobiga sodir bo‘ladi. Agar chulg‘amga magnit o‘zak kiritsak, elektr toki hisobiga sodir bo‘ladigan magnit maydoni o‘zakni yanada magnitlab, qo‘shimcha kuch chiziqlari hosil bo‘lishi natijasida magnit induksiyasining yoki magnit oqimining keskinoshishiga olib keladi. O‘zak kesim yuzasidan hosil bo‘ladigan qo‘shimcha kuch chiziqlari qayta magnitlanish deyiladi va i bilan belgilanadi.
Bu qiymat magnit maydon kuchlanganligi (H) va magnit materiali sifati (x) ga yoki jismning magnit qabul qilish koeffitsienti j=xH ga bog‘liq. Chulg‘amga magnit o‘zak kiritilgandan so‘ng magnit induksiyasining ko‘paygan qiymati quyidagicha bo‘ladi:
Magnit singdiruvchanligi bo‘yicha barcha qattiq jismlar sust (diamagnit 1, paramagnit 1) va kuchli magnit materiallarga (ferromagnit 1) bo‘linadi. Magnit materiallari sifatida kuchli magnit materiallar qabul qilinib, ular magnit maydon kuchlanganligiga kuchli ravishda bog‘liq bo‘ladi. Magnit induksiyasi B va magnit maydon kuchlanganligi H o‘rtasidagi bog‘liqlik B=f(H) magnitmaterialining magnitlanish egri chizig‘i deb ataladi. Bunda magnit materiali H=HT qiymatda to‘yinadi.
Agar magnit maydon kuchlanganligi va magnit induksiyalari nolga teng bo‘lsa, ularning nisbati mavhum bo‘lib qoladi. Tajribadan aniqlanishicha, kuchsiz magnit maydonida r qiymati ma’lum boshlang‘ich singdiruvchanlik rb ga intiladi. Magnit maydonining ma’lum qiymatida magnit singdiruvchanlik (rmax) o‘zining yuqori qiymatiga erishadi. Maydon kuchlanganligi yanada oshirilsa, magnit materialining qiymati pasaya boradi.
Demak, magnit materialida magnit singdiruvchanlik o‘zining aniq bir qiymatiga ega bo‘lmay, balki magnit maydon kuchlanganligiga juda ham bog‘liq ekan. Shu sababli, magnit materialining r qiymati keltirilganda magnit maydon kuchlanganligi (H) ham ko‘rsatilishi shart.
Magnit maydon kuchlanganligi o‘zining Hm qiymatidan kamaytirilsa, (induksiya Bm gacha), gisterezis hodisasi kuzatiladi, ya’ni magnit induksiyasining kechikishi maydon kuchlanganligining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘lganida magnit induksiyasi qandaydir qoldiqqa ega bo‘lib, u induksiya qoldig‘i (Br) deyiladi. Induksiya qoldig‘iga magnit maydon kuchlanganligining teskari yo‘nalishida, unung Hc=0 qiymatida erishiladi, bunda Hc koersitiv kuch deb ataladi.
Metall
|
max
|
0jmax,
Bb/m2
|
Hc,A/m
|
Br,B0/m2
|
Kyuri nuqtasi, C
|
Temir
|
10000-15000
|
2,163
|
0,0015-
0,004
|
1,1
|
787
|
Nikel
|
1120
|
0,64
|
0,012
|
0,33
|
358
|
Kobalt
|
174
|
1,77
|
0,10
|
0,34
|
1115
|
|
| |