|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar ?
|
bet | 143/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaMavzuni mustahkamlash uchun savollar ?
1. Qattiq magnit materiallar tarkibi, holati va olinish ussulariga ko‘ra qanday tasniflanadi ?
Javob: Qattiq magnit materiallar tarkibi, holati va olinish ussulariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: 1) legirlangan martensit po‘latlari; 2) quyma qattiq magnit qotishmalari; 3) kukunlardan tayyorlangan magnit; 4) qattiq magnitli ferritlar; 5) egiluvchan qotishmalar va magnit tasmalari.
2. Qutblar orasida havo bo‘shlig‘i mavjud bo‘lganida nimalarga bog‘liq bo‘ladi?
Javob: Qutblar orasida havo bo‘shlig‘i mavjud bo‘lganida energiyaning bir qismi magnit materiali hajmidan tashqaridagi maydon bilan bog‘liq bo‘ladi.
3. Havo oralig‘idagi solishtirma magnit energiyasi qanday hisoblanadi ?
Javob: Havo oralig‘idagi solishtirma magnit energiyasi :
Wd=BdHd/2,
bunda: Hd – Bd induksiyaga mos keladigan maydon kuchlanganligi
4. Alniko qotishmasini tushuntirib bering?
Javob: Alniko qotishmasi alniga o‘xshash bo‘lib, uning tarkibida 5-10% CO va 6% Cu qo‘shimchalar bor. Alnikoning magnit xossalari: Hc=4,0-4,5 kA/m, Br=0,7-0,8 Bb/m2, Wg=6,0-7,0 kJ/m3.
5. Magniko qotishmasini tushuntirib bering ?
Javob: Magniko qotishmasi alnikodan tarkibidagi kobalt miqdorining nisbatan ko‘pligi bilan (10%Al, 17% Ni, 24% CO, 6% Cu, 43% Fe) farqlanadi. Magnikoning magnitlik xossalari: Hc=4,0-4,5 kA/m, Br=1,2-1,3 Bb/m2, Wg= 16-20 kJ/m3
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (212-214 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
BAHOLASH VOSITALARI
Elektrotexnika materiallari fanidan o‘quvchilarning bilimni baholash mezoni
№
|
Mezonlar
|
Baho
|
1
|
Olingan bilimlarni ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni to‘liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jixatdan boshqa o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan.
|
5
|
2
|
O‘quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini xalq ho’jaligidagi o‘rnini to‘g’ri tushungan, mustaqil fikirlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan
|
4
|
3
|
Darslarda 95 ⁒ gacha qatnashgan, maruza matnini yozgan, o‘quv qurollari to‘liq bo‘lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan
|
3
|
4
|
Talim standartlarida belgilangan bilimi va ko‘nikmalarini 55⁒ dan kam o‘zlashtirgan o‘quvchilar.
|
2
|
Izoh: O‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o‘quvchi albatta baxolanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi.
Tuzuvchi: Maxsus fan o‘qituvchisi ______________ Sultonov B.E
VIZUAL-DIDAKTIK RESUSLAR
|
| |