|
Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 139/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaTо‘g‘rilovchi diodlar о‘zgaruvchan tokni tо‘g‘rilash uchun qо‘llaniladi. Bunday diodlarda elektron kovak о‘tishning nochizig‘iyligidan foydalaniladi.
Tо‘g‘rilovchi diodlarning bir nechta turi mavjud: Tо‘g‘irlangan tok qiymatiga kо‘ra diodlar kichik quvvati (tо‘g‘ri toki 0,3 A dan kam), о‘rtacha quvvatli (0,3 dan 10 A gacha) va katta quvvatli (10 A dan yuqori) turlarga bо‘linadi;
Impulsli diodlar mikro va nanosekundli diapazondagi impulslarni hosil qilish va kuchaytirish shemalarida qо‘llaniladi. Ular germaniy va kremniy materiallaridan yasaladi. Nuqtali va yassi diodlar sifatida ishlatiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Yarim о‘tkazgichli diod qanday asbobdir ?
Javob: Yarim о‘tkazgichli diod bu bitta elektr о‘tish (r-n о‘tish) li va yarim о‘tkazgichga jipslashtirilgan metalldan chiqarilgan ikki chiqishga ega asbobdir.
2. Hozirgi vaqtda keng qо‘llanilayotgan diodlar sanab bering ?
Javob: Hozirgi vaqtda keng qо‘llanilayotgan diodlar selen, germaniy, kremniydan yasalgan bо‘lib, galliy arsenididan va fosfididan diodlar tayorlash kelajagi porloq ekanligi tasdiqlangan.
3. Yassi diodlar tushuntirib bering ?
Javob: Yassi diodlar bir necha ampergacha bо‘lgan toklarga mо‘ljallangan.
4. Tо‘g‘rilovchi diodlarning qanday mavjud?
Javob: Tо‘g‘rilovchi diodlarning bir nechta turi mavjud: Tо‘g‘irlangan tok qiymatiga kо‘ra diodlar kichik quvvati (tо‘g‘ri toki 0,3 A dan kam), о‘rtacha quvvatli (0,3 dan 10 A gacha) va katta quvvatli (10 A dan yuqori) turlarga bо‘linadi;
. Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (192-195 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
22-Mavzu: Magnit materiallar haqida umumiy ma’lumotlar
Reja:
1. Maqnit materiallar turlari.
2. Moddalarning magnit xossalarini.
3. Ferromagnit materiallarning magnitlanishini
Magnit materiallar yordamida magnit oqimi keskin kuchaytiriladi. Magnit oqimidan past kuchlanishli toklar yuqori kuchlanishli toklarga, yoki elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o‘xshash tarzda generatsiyalashda foydalaniladi
Turli magnit tabiatli moddalarning 00K da qo‘shni atom magnit
momentlari
Tashqi magnit maydoni ta’sirida magnitlanish xossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Asosiy magnit materiallarga nikel, kobalt va toza temir asosidagi turli qotishmalar misol bo‘ladi (5.2-rasm). Texnika ahamiyatga ega magnit materiallarga ferromagnit materiallar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) kiradi.
Ferritlar
Materiallarning magnit xossalari elektr zaryadlarining ichki harakatida bo‘lib, bunda zaryadlar elementar aylanma tok ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday aylanma toklar elektronlarning o‘z o‘qi atrofida aylanishi (elektron spinlar) hamda ularning atom ichida orbita bo‘ylab aylanishidan hosil bo‘ladi. Ferromagnit hodisasi ba’zi materiallarning ichki mikroskopik qismida kristall strukturalar tashkil qilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday strukturalar magnit domenlari deyiladi. Bunda elektron spinlar o‘zaro parallel ravishda bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
Jismning ferromagnitlik holatda bo‘lishini ifodalovchi xususiyati tashqi magnit maydoni ta’sirida uning o‘z-o‘zidan (spontan) magnitlashishidan iboratdir. Ferromagnit magnit momentlarining ba’zi domenlari ichidagi spinlar turli yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin. Tashqi muhitda bo‘lgan bunday materiallarning umumiy magnit oqimi nolga teng bo‘ladi.
Nisbiy magnit singdiruvchanlikni H ga bog‘liqligi
Ba’zi materiallar (qatlam chegaralari orasidagi qalinlik bir necha o‘n-yuz atom masofasiga teng bo‘lganda) da domenlarning o‘lchami taxminam 0,001-10 mm3 oralig‘ida bo‘ladi. O‘ta toza materiallarda esa domenlarning o‘lchami yuqorida keltirilgan qiymatdan ham kattaroq bo‘ladi.
Ferromagnit moddalarning monokristallari magnit anizotropiyasi bilan harakterlanadi. Magnit anizotropiyasi turli o‘qlar yo‘nalishida magnitlanishning turli qiymatlari bilan ifodalanadi.
a) b) c)
|
| |