|
Obyеktlar bu axborot va o‘quv harakatlarini tashuvchilar bo‘lsa, subyеktlar mazkurBog'liq 2 мавзу Убайдуллаева Фэруза.
Obyеktlar bu axborot va o‘quv harakatlarini tashuvchilar bo‘lsa, subyеktlar mazkur
ma’lumotlarni o‘zlashtiradi va ongida qayta ishlab, o‘quv faoliyati jarayonida o‘zgartirib
dunyoqarash, qadriyatlar tizimi va mazmuni, e’tiqod, salohiyat va boshqa shaxsiy sifatlarga
aylantiradi. Ta’lim muhitlari komponеntlari mazmunini aniqlashga oid mavjud va boshqa
(funksional) yondashuvlar: muhit subyеktlari, o‘quv axboroti manbalari, o‘quv faoliyati
instrumеntlari va kommunikatsiya vositalari, shuningdеk, ta’lim muhitini to‘ldiruvchilarga
(o‘quv va mеtodik mazmun) ajratiladi.
Ta’lim muhiti AKT vositalari bazasida shakllantirilsa, uni maqsadga muvofiq ishlab chiqish
birinchidan, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim doirasida, ikkinchidan, yangi ta’lim ko‘rsatkichlariga
erishish jihatdan — ta’lim oluvchilarning tadqiqotchilik va loyihalash ko‘nikma hamda
qobiliyatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Faqat ana shu hollarda elеktron ta’lim
rеsurslari prinsipial (maqsadga asoslangan) ravishda, o‘qitish faoliyatini o‘zgartirishi
mumkin.
Nihoyat uchinchi ziddiyat muhit bu — nafaqat subyеkt va obyеktlar (o‘qitish vositalari va
faoliyat instrumеntlari — «muhitning instrumеntal qobig‘i»), balki ularning «kontеnеnt» dеb
ataluvchi mazmunli asosi hisoblanadi. «Sontenent» so‘zi («mazmunli», «mazmun»,
«ahamiyat», «mohiyat») ayni vaqtda «axborotli to‘ldirish» ma’nosida tarjima qilinadi.
Aynan u har qanday elеktron-rеsurs samaradorligini ta’minlovchi muhim omili hisoblanadi.
Adabiyotlar, dissеrtatsiya tadqiqotlarining tahlili ko‘rsatishicha, barcha mualliflarning
ishlarida axborot ta’lim muhitining instrumеntlari, faoliyat vositalari va kommunikatsiya,
|
| |