|
jihatdan maksimal pedagogik natijalarni olish kerakBog'liq 2 мавзу Убайдуллаева Фэруза.jihatdan maksimal pedagogik natijalarni olish kerak.
Taqsimlangan kafedra. ATMda an’anaviy kafedradan farqli bo‘lgan
virtual kafedralarning ishlash sharoitlarining shartlari o‘zgarishi
mumkin.
Ushbu shartlarni aniqlash uchun mamlakatimiz universitetlari
kafedralari va xorijiy xuddi shunday kafedralarning tashkiliy,
metodik va ilmiy faoliyatini, shuningdek kafedraning ergatitik tizimi
kabi kafedraning faoliyatini ta’minlaydigan axborotning tipi, tarkibi
va xarakteristikasining tahlilini o‘tkazish zarur.
Taqsimlangan kafedra quyidagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv
ishlarning barcha turlarini amalga oshirishi mumkin:
ma’ruzalar, shu jumladan potokli auditorida;
tarmoq klasslarida ma’ruzalar;
tele va videokonferensiyalar rejimida;
ma’ruza-prezentasiya;
amaliy mashg‘ulotlar, shu jumladan barcha texnologik muhitda seminar va
laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv-mashg‘ulot klasslari va firmalardagi o‘quv
mashg‘ulotlari;
talabalar, aspirantlar, doktorantlar, tinglovchilarning mustaqil (yakka tartibda
bajariladigan) ishlarni tashkil qilish, shu jumladan kurs ishi va dimplom
loyihasini bajarish, ma’lumotlar bazasi va o‘quv-metodik adabiyot bilan
ishlash, referatlar, kurs ishlari va diplomni loyihalarini resenziyalash, atamalar
lug‘atini shakllantirish;
elektron pochta va boshqa telekommunikasiyadan foydalanib o’quv guruhlar
konferensiyasini, elektron pochta va telekommunikasiyadan foydalanib kurs
mavzularini o‘zlashtirishda (ChAT) o‘qitiladiganlarning noshakliy muloqatini
tashkil qilish;
|
| |