Interyer loyihalashning ijtimoiy jihatlari




Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana29.11.2022
Hajmi1.24 Mb.
#32266
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Interyer loyihalsh (uslubiy ko‘rsatma)docx 99docx 132
davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
Interyer loyihalashning ijtimoiy jihatlari. Turar joy va jamoat binolarining ichki 
kengligiga qo‘yiladigan talablar obyektning bajaradigan vazifasiga, ya’ni uning nimaga 
mo‘ljallanganligi bilan aniqlanadi va bu talablar doimiy yoki o‘zgarmas deb 
hisoblanilmaydi. Bu talablar butun tarix davomida obyektlarning ijtimoiy mohiyatining 
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi va yangi talablar bilan to‘ldirila bordi. 
Obyektning nimaga mo‘ljallanganligi yoki obyektning bajaradigan vazifalari orqali 
aniqlanadigan turar joy va jamoat binolarining ichki kengligiga qo‘yiladigan talablar 


15 
hamma vaqt ham doimiy bo‘lavermaydi. Ular obyektning ijtimoiy mohiyatiga bog‘liq 
ravishda vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi va yangi talablar bilan to‘ldiriladi. U yoki bu 
jarayonlarning bajarilishini ta’minlash va ma’lum qulaylikni yaratishga qodir bo‘lgan 
ichki kenglik jamiyat rivojining iqtisodiy va moddiy texnik darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bog‘liqdir. Ijtimoiy talablar ichki kenglikning muhim tashkil etuvchilarini aniqlab 
beradi. Ichki kenglikka qo‘yiladigan amaliy talablar obyektning ijtimoiy jihatlari bilan 
ham uzviy bog‘langandir. Shuning uchun ham antik uy va o‘rta asrlar saroyi, xorijdagi 
zamonaviy turar joy uylari va bizdagi jamoaviy turar joy uylari bir biridan keskin farq 
qiladi. Demak, xalq turmush darajasining ma’naviy va moddiy jihatdan o‘sib borishiga 
muvofiq ravishda turar joy uylari ham takomillashib boraveradi. Shunday qilib, turar 
joyga qo‘yiladigan amaliy talablar bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qiluvchilarning 
ijtimoiy mohiyati va turmush tarzini aks ettirib beradi. 
XIX asr oxirlari XX asr boshlarida ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi, fan, 
texnika va jamiyat hayotidagi umumiy taraqqiyot, xalqaro hamda ichki ijtimoiy 
aloqalarning yanada ortishi binolarning yangi tiplarini yaratishni talab etadi, 
shuningdek, yangi
va murakkab hayotiy talab va ehtiyojlarni qondirish uchun zarur 
bo‘lgan tashkiliy muhitni yaratish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Mayda rastali 
savdo qatorlari o‘rniga turli bo‘limlarni birlashtirgan, keng fazoviy kenglikka ega 
do‘konlar, yirik savdo majmualari vujudga keldi. Xalqaro ko‘rgazmalarning yirik 
zallari, temir yo‘l vogzallari, yopiq bozorlar kabi yirik iqtisodiy talablarga javob 
beradigan inshootlar barpo etildi. 
Yagona fazoviy kenglik va erkin reja(plan) prinsiplari XX asrning ilg‘or 
arxitektorlari tomonidan ishlab chiqildi va ular bu prinsiplarni o‘zlarining loyihalarda 
amalga oshirishga urinishdi. Qatьiy chegaralangan alohida xonalar va joylar o‘rniga 
yagona uzluksiz fazoviy kenglikni yaratish arxitekturaning yetakchi prinsiplaridan biri 
hisoblanadi. Bu prinsipga ko‘ra kenglikning izolatsiya qilinishi faqat zarur bo‘lgan 
hollardagina amalga oshiriladi. Faqat shu prinsipga asoslangan yagona fazoviy kenglik 
orqaligina gorizontal yo‘nalishda bo‘lgani kabi vertikal yo‘nalishda ham xonalardan 
xonalarga erkin o‘tishni ta’minlash mumkin. Tabiatga, maydonga, shaharga keng ochiq 
hollarda fazoviy kenglik, tashqi muhitdan ajratilgan, yoriq xonalardan farqli o‘laroq 


16 
jamoat binolari arxitekturasinig eng umumiy xarakteristikasi hisoblanadi. Turar-joy va 
jamoat binolariniig Interyerining ijtimoiy asoslari o‘zining savollar doirasiga iqtisodiy
masalalarni ham kiritadi. 
Keng ma’noda iqtisodiy muammo jamiyatning imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan 
xarakterlanadi, bunda asosiy maqsad inson hayotining farovon bo‘lishi uchun barcha 
qulayliklarni yaratish, bosh maqsad esa inson haqida qayg‘urishdir. 

Download 1.24 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Interyer loyihalashning ijtimoiy jihatlari

Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish