• Iqtisodiy omillarning arxitekturaga
  • Me’moriy yechimga ta’sir etuvchi omillar




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/13
    Sana29.11.2022
    Hajmi1.24 Mb.
    #32266
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Interyer loyihalsh (uslubiy ko‘rsatma)docx 99docx 132
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
    Me’moriy yechimga ta’sir etuvchi omillar 
    Me’moriy-rejaviy muhitni tashkil etish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni 
    quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: ijtimoiy-funksional, iqtisodiy, tabiiy va ruhiy. 
    Ijtimoiy funksional omil bu jamiyatning iqtisodiy siyosiy tizimiga xos 
    xususiyatlarga, uning ma’lum taraqiyot bosqichidagi ijtimoiy ehtiyojlari va texnik 
    imkoniyatlariga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq munosabatlar inson hayotining 
    asosiy lahzalarini: mulkchilik shakllari, jamiyatning ijtimoiy tarkibi, aholining mehnat 
    va turmush tarzi, milliy boylikni o‘zlashtirish tamoyillari, jamiyatning ijtimoiy-
    iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotining rivojlanish qonuniyatlarini belgilaydi. 
    Bularning hammasi arxitekturaning, boshqacha aytganda sun’iy ijtimoiy-funksional 
    muhitning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Binodan qaysi maqsadda 
    foydalanish ko‘zda tutilganini ijtimoiy-funksional omil aniqlaydi. Bu omil inson hayoti 
    va faoliyatining aniq jarayonlariga bog‘liqdir. Funksional omil muhitni yaratuvchi 
    jarayon sifatida muhitning shakl va o‘lchamlarini belgilaydi. Jamiyatning milliy g‘oyasi 
    va mafkurasi ham me’moriy muhitni yaratishdagi muhim ijtimoiy omildir. Obyektiv 
    borliq jamiyat ruhi, mafkurasi, ma’naviyati, ma’rifi, siyosiy va huquqiy bilimi, falsafiy, 
    diniy, estetik dunyoqarashini o‘zida aks ettirib inson faoliyatiga hamda arxitektura va 
    fazoviy muhitni shakllantirishga ta’sir kursatadi. 
    Iqtisodiy omillarning arxitekturaga ta’siri kattadir, chunki farovon jamiyatning 
    arxitekturasi ham iqtisodiy boyliqdan kelib chiqib, go‘zal, nafis, rang-barang va keng 
    ko‘lamli bo‘ladi. Aks holda, arxitektura sifatsiz, nursiz va juda sodda bo‘lib qoladi. 
    Arxitektor qanchalik mahoratga boy bo‘lmasin, uning g‘oyalarini hayotga tatbiq etish 
    ma’lum mablag‘ talab qiladi. Jamiyatning texnik-qurilmaviy imkoniyatlari ham 
    iqtisodiy omillar tarkibiga kiradi. Arxitektura har doim texnik imkoniyatlarga bog‘liq 
    bo‘lgan. Ko‘plab yaratilgan ilg‘or loyihalar va me’moriy g‘oyalar o‘z davrining qurilish 
    imkoniyatlaridan ancha oldinlab ketganligi uchun ham qog‘ozda qolib ketgan. Biroq, 
    arxitektorlar tushkunlikka tushmagan, aksincha injenerlik tafakkuri va ilmining oldinga 
    siljishiga sababchi bo‘lganlar. Arxitektura asl maqsad, texnika esa ish maqsadini amalga 


    10 
    oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, hozirgi mustaqil zamonamizda 
    arxitektura texnikaga emas, balki texnika arxitekturaga xizmat qilishi zarur. 

    Download 1.24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Me’moriy yechimga ta’sir etuvchi omillar

    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish