• Inson va fazoviy muhit.
  • Loyihalash - ijodiy jarayon




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/13
    Sana29.11.2022
    Hajmi1.24 Mb.
    #32266
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Interyer loyihalsh (uslubiy ko‘rsatma)docx 99docx 132
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
    Loyihalash - ijodiy jarayon 
    Loyihalash murakkab jarayon bo‘lib bu jarayon onsonlik bilan kechmaydi. Har 
    qanday inshootni hoh u kichik bir dam oladigan joy bo‘lsin, hoh u bir kichik do‘kon 
    bo‘lsin, hoh u turar joy binosi, kinoteatr, teatr, zavod, fabrika va hokazo bo‘lsin, 
    umumiy qilib aytganda har qanday me’moriy obyektni o‘ylab topish kerak bo‘ladi. 
    Me’moriy-fazoviy muhit tushunchasi mazmun va shaklning umumiy ijtimoiy hodisalar 
    kabi falsafiy kategoriyalarni o‘z ichiga oladi. Me’mor jamiyat taraqqiyoti qonunlariga 
    asoslangan sun’iy me’moriy muhitni, u yoki bu tabiiy sharoitga va funksiyalarga 
    mo‘ljallangan ijtimoiy jarayonni rejalashtiradi, tashkillashtiradi va yaratadi. Tabiat va 
    yaratilgan me’moriy muhit inson ongiga ta’sir etib, uning dunyoqarashini shakllantiradi. 



    Bo‘lajak me’moriy obyektning g‘oyaviy-badiiy mazmuni va uning muayyan moddiy 
    shaklining kompozitsion yaxlitligiga erishish yo‘lida me’mor qator malakaviy 
    masalalarni, shu bilan bir qatorda ichki va tashqi muhitning o‘zaro bog‘liqlik masalasini 
    ham hal qiladi. Me’mor yaratayotgan sun’iy muhit uni noqulay tashqi muhit 
    ta’sirlaridan (sovuqdan, shamol, yomg‘ir, qor va hokazolardan) asrab insonning qulay 
    sharoitda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashi kerak. Shuning uchun loyihalash jarayonida 
    arxitektor oldiga qator shaharsozlik, kompozitsion me’moriy-badiiy, rejaviy, funksional, 
    qurilish materiallari va qurilmalari, mustahkamlik va tejamkorlik, Interyer va 
    eksteryerlar bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalar ko‘ndalang bo‘lib turadi. 
    Eksteryer (lotincha tashqi) va Interyer (lotincha ichki) tushunchalari faqat 
    binoning ichki va tashqi ko‘rinishlari bilangina bog‘liq bo‘lmasdan, ichki va tashqi 
    muhitni tashkil etish xususiyatlarini tasavvur etishni ham o‘z ichiga oladi. 
    Inson va fazoviy muhit. Inson nimaniki yasasa, qilsa, ishlab chiqarsa - u 
    o‘zining tanasining yoki gavdasining o‘lchamlariga, mutonosibligiga moslashtiradi. 
    Chunki inson o‘zidan boshqa narsani bilgan emas, bilsa ham shu bilgan narsasini o‘ziga 
    solishtirish orqali uning o‘lchamlarini his qiladigan. Undan tashqari inson albatta 
    nimaniki qilsa u o‘zining sharoitini yaxshilash, qulaylik yaratish, mehnatini 
    onsonlashtirish uchun intiladi. 
    Inson tanasining mutonosibligi bilan rassom va me’morlar qadimgi Misrdayoq 
    qiziqishni boshlaganlar. Buyuk me’mor - usta Le Korbyuze bizning davrimizda 
    mutanosiblik tizimini ishlab chiqdi. Ya’ni, bu tizim oltin kesma (zolotoe sechenie) 
    prinsipiga asoslangan. Le Korbyuze "Modulor" deb nomlangan bu tizimdan u 
    imoratlarni loyihalashda foydalangan. Demak III kursda talaba ilk bor mustaqil 
    loyihalashga qadam qo‘yar ekan u albatta yuqorida aytilgan tizimdan foydalana bilishi 
    kerak. Inson gavdasi, a’zolari tuzilishi o‘lchamlaridan kelib chiqadigan inshootlarning 
    ba’zi unsurlari o‘lchamlariga e’tibor beraylik. Agar zinaning eni 30 sm, balandligi 15 
    sm olinsa odam zinadan chiqib-tushishi qulay bo‘ladi. Eshikning eni 70 sm.dan, bo‘yi 
    200 sm.dan kam olinmaydi. Kursining (stulning) o‘tiriladigan sathi 45 sm badandlikda 
    loyihalanadi. Stolning balandligi esa aksari 75 sm qilinadi. Bo‘lajak me’mor yoki 
    dizayner shu narsasi hech qachon unutmasligi kerakki, har bir qurilgan imorat uning 



    kichik unsurlarigacha inson uchundir. Shuning uchun biz insonning yashashi va ijod 
    qilishn, uchun sharoit- yaratishimiz kerak.

    Download 1.24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish