• O‘quv qo‘llanmaning asosiy vazifasi
  • Tayyorlanish bosqichi
  • O‘quv loyihasini bajarish uslubi




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/13
    Sana29.11.2022
    Hajmi1.24 Mb.
    #32266
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    Interyer loyihalsh (uslubiy ko‘rsatma)docx 99docx 132
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
    O‘quv loyihasini bajarish uslubi. Interyer loyihalash fanida talabalarga 
    bajariladigan loyiha vazifalari haqida tushunchalar berilib boriladi, aslida esa u amaliy 
    fandir. Uni egallash dizaynerning kasbiy malakasini oshirishga, ijodiy uslubini badiiy 
    vositalar bilan to‘ldirishga, Interyer loyihalash bo‘yicha talabalarga beriladigan 
    muayyan o‘quv topshiriqlarini bajarishga yordam beradi. 
    Interyer loyihalash fanidan talabalar oladigan o‘quv topshiriqlarining mavzulari 
    hayotiy bo‘lishi, dolzarb me’moriy masalalarni yechishga qaratilishi kerak. O‘quv 
    loyihalash sharoitlari ham hayotdagi amaliy loyihalash jarayoniga mumkin qadar yaqin 
    bo‘lishi, loyihalashga beriladigan topshiriq obyektlari ham aniqlanishi zarur. Biroq, 
    o‘quv me’moriy loyiha chizmalari, odatda, uni amalga oshiradigan darajada to‘liq 
    ishlanmaydi.
    O‘quv qo‘llanmaning asosiy vazifasi - haqiqiy loyihalash hujjatlarining 
    shakllari va texnik usullarini o‘rganish, Interyer dizayni kompozitsiyalarini yaratishning 
    ijodiy tamoyillarini amaliy egallashdir. 
    Ta’lim tizimidagi loyihalash jarayoni bir-biridan farq qiluvchi va bir-birini 
    to‘ldirib boruvchi to‘rt asosiy bosqichdan iboratdir: 
    - tayyorlanish bosqichi; 
    - ijodiy izlanish bosqichi; 
    - ijodiy ishlash va takomillashtirish bosqichi; 
    - yakuniy bosqich
    Tayyorlanish bosqichida talabalar o‘quv loyihasi uchun olgan va tanlangan 
    mavzuga binoan topshiriq dasturini mukammal o‘rganishlari, topshiriq obyektining 
    muayyan joylashish o‘rni, shunday obyektning amalda qurilgan eng yaxshi namunalari 


    12 
    bilan joyida tanishishlari, mavzu bo‘yicha o‘qituvchi taklif etgan maxsus adabiyotlar, 
    uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, dizayn bo‘yicha jurnallar, kafedra uslubiy fondidagi 
    ko‘rgazmali o‘quv loyihalari, albomlar, kataloglarni ko‘rib chiqishi, zarur hollarda 
    ulardan namunalar olishi va grafik materiallar yig‘ishi lozim. Bu bosqichda talabalar 
    ana shu yig‘ilgan materiallarni o‘rganishi, bir-biriga qiyoslashi va umumlashtirishi 
    zarur. Mavzu bo‘yicha tanishilgan har qanday navbatdagi yangi material talabani 
    yanada yangi dizayn yechimlarga undashi shart. Kirish ma’ruzasidan olingan 
    ma’lumotlar, talabaning mavzu bo‘yicha to‘plagan axborotlari, Interyer loyihalash 
    fanidan olgan bilim va ko‘nikmalari, bularning barchasi talabani Interyer loyihalash 
    jarayonining ikkinchi (ijodiy izlanish) bosqichiga o‘tishga yordam beradi. 

    Download 1.24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish