Farg‘onа – 2022 5340100 – «Аrхitеkturа»




Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana29.11.2022
Hajmi1.24 Mb.
#32266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Interyer loyihalsh (uslubiy ko‘rsatma)docx 99docx 132
davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
Tabiiy omilning - me’moriy muhitni yaratishga bog‘liqligi uning biologik asos 
sifatidagi voqeligidandir. Tabiiy holatlar: muntazam namlik, sovuq havoning harakati, 
jazirama issiqlik va quruqlik, joy relyefi, landshaft, tabiatning rang-barangligi - 
bularning hammasi arxitekturaning kompozitsiyasiga, hajmiy-rejaviy yechimlariga 
ta’sir ko‘rsatadi. Arxitekturaning tabiiy omillarga, jumladan iqlim va landshaftga 
bog‘liqligini alohida ta’kidlash zarur. Ma’lumki, respublikamiz iqlimi keskin 
o‘zgaruvchan, ya’ni kun havosining harorati tun havosidan, yozda esa qishidan farq 
qiladi. 
Yoz kunlari bino devorlari va xonalarni jazirama oftobdan saqlash, soya va salqin 
hosil qilish zarur bo‘lsa, tunda buning aksi, xonalarni ochish va shamollatish talab 
qilinadi. Qishda uylarni oftobga qaratish ma’qul bo‘lsa, yozda aksincha oftobdan 
saqlash ma’quldir. Shuning uchun ham xalqimizning an’anaviy uylari hovlili va uzun 
ayvonli, xonalari va derazalari hovliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki ayvon yoki 
terrassalar orqali qaragan bo‘ladi. 
Qishda kuchli sovuq shamol esuvchi tomonga derazalar chiqarilmaydi. Hovlidagi 
hovuz va undagi mo‘jaz favvora ustida hosil bo‘lgan salqin havo uyning issiq qismlari 
tomon esadi. Milliy me’morchiligimizga xos yozgi va qishki xonalar va ular orasidagi 
o‘zviy bog‘lanishlar zamonaviy me’morchiligimizda ham o‘z ifodasini topgan: uzun 
ayvonli, soyabonli, ichki hovlili va favvorali binolar fikrimizning dalilidir. 
Joyning relyefi va manzaraviy landshaft holati ham bino kompozitsiyasi va 
me’moriy-rejaviy yechimiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim tabiiy omillar qatoriga kiradi, 
ayrim hollarda esa aynan shu omillar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va arxitekturaviy 
kompozitsiyani belgilab beradi. 
Ruhiy omil – arxitektor yoki dizayner sun’iy muhitni yaratish jarayonida 
muayyan ruhiy iqlimni yaratishga intilishi kerak. Buning uchun u insonning ergonomik 
xususiyatlarini, inshootdan foydalanadigan odamlarning ko‘rish qobiliyati, jismoniy 
holati va ruhiyatining o‘ziga xosligini oldindan bilishi shartdir. Arxitektor va 
dizaynerning ruhiy omilni e’tiborga olishi bu inson faoliyatining ma’nosi - uning 


11 
dunyoqarashi, jamiyatda tutgan o‘rni, ma’naviy taraqqiyot darajasi, kasbi, yoshi, 
ma’lum madaniy muhitga taalluqligi va loyihalanayotgan binoga tegishli funksiyaviy 
jarayonlarni bilib me’moriy muhit yarata olishidir. 
Talaba - dizayner o‘qish jarayonida o‘rganiladigan gumanitar, texnik va 
mutaxassislik fanlaridan, shu jumladan arxitekturaviy grafika, dizayn asoslari va 
Interyer loyihalash fanlaridan olgan chuqur bilimlariga asoslangandagina oldiga 
qo‘ygan me’moriy masalalarning aniq yechimini qo‘lga kiritishi mumkin. 

Download 1.24 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg‘onа – 2022 5340100 – «Аrхitеkturа»

Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish