• Ijodiy izlanish bosqichi
  • Farg‘onа – 2022 5340100 – «Аrхitеkturа»




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/13
    Sana29.11.2022
    Hajmi1.24 Mb.
    #32266
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Interyer loyihalsh (uslubiy ko‘rsatma)docx 99docx 132
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
    Ijodiy izlanish bosqichi talabaning tayyorlanish bosqichida to‘plagan 
    materiallariga, egallagan bilim va tushunchalariga asoslanadi. Bu bosqichning asosiy 
    vazifasi o‘quv loyihasining mavzusiga ko‘ra uning dizayn yechimini izlash va g‘oyasini 
    yaratishga qaratiladi. Bu bosqichda talabaning ijodiy iqtidori, intuitsiyasi va talanti 
    muhim ahamiyat kasb etadi, rahbarning talaba bilan ishlash tajribasi, talabaga "nima 
    qilish kerak va uni qanday qilish kerak" degan savollarga nafaqat nazariy, balki amaliy 
    yordam ko‘rsatishi lozimdir. 
    Ijodiy izlanish bosqichi Topshiriqning Interyer usuli, informatik ko‘rsatmalar, 
    obyektning joylashuvi, klauzura, loyiha uchun grafika tanlash, Interyer va 
    fragmentlarning eskizini ishlash va takomillashtirish, me’yorlarga amal qilishdan iborat.
    Tayyorlanish bosqichi Eskiz bajarish, Interyerning rakurslarini tanlash, 
    tanlangan variantni qog‘oz yoki grafik dastur ishchi sahnasiga joylashtirish va chizish, 
    loyihani topshirish oldidan o‘qituvchilarga ko‘rsatish va maslahatlashish. 
    Yakuniy bosqich: loyihani baholash, ko‘rgazmaga qo‘yish, yakuniy muhokama, 
    ko‘rgazma bilan tanishish. 
    Interyerni loyihalashning nazariy asoslari. Ichki fazoviy kenglikni tashkil etish 
    masalalari va Interyerning shakllanishini tugallagan arxitekturaviy kompozitsiya 
    sifatida qator talablardan ajratish mumkin emas, chunki shu talablarning bajarilishi 
    evazigagina bu kenglik vujudga keltiriladi. Katta mablag‘ va ko‘p hajmli inson 


    13 
    mehnatini talab qiladigan qurilish sohasi hamisha ma’lum maqsadlarni oldindan ko‘zda 
    tutadi. 
    Oila hayoti kechadigan turar joy, yosh avlod shakllanadigan dargoh maktab
    xordiq chiqarish va madaniyat maskani bo‘lgan teatr va klub va nihoyat mehnat qilish 
    joyi bo‘lgan sanoat binolari har safar alohida kenglikning yaratilishini talab etadi. Bu 
    kenglik binoning bajaradigan vazifasiga bog‘liq holda, uning ichida sodir bo‘ladigan 
    jarayonlarga muvofiq ravishda hosil qilinadi. 
    Arxitekturada qulaylik va go‘zallik bir-biridan ajralmaydigan tushunchalar 
    qatoriga kiradi, shuninig uchun ham ichki kenglikni yaratish qo‘yilgan topshiriqning 
    jiddiy o‘rganilishini, u yoki bu jarayonlarning o‘tkazilishiga bog‘liq ravishda alohida 
    bajariladigan barcha talablarni o‘rganishni, alohida xonalarni o‘zaro bog‘langanligi va 
    harakatlanish grafiklarni hamda optimal rejim talablarini puxta va chuqur o‘rganishni 
    talab yetadi. Faqat qo‘yilgan savolni kompleks tarzda yechish natijasidagina optimal 
    fazoviy strukturani topish mumkin. 
    Xonalarning o‘zaro bog‘liqligi, jihozlar va ularni joylashtirishga doir savollar, 
    zarur bo‘lgan kenglikning o‘lchamlari va shakli(formasi), yoritish va akustika - 
    bularning hammasi ilmiy asoslangan talablar bo‘lib, ular jamoat va turar-joy 
    binolarining har bir turi uchun alohida qo‘yiladi. 
    Quyosh nurlaridan himoya kiluvchi panjaralar, akustik shiftlar, yuqoridan 
    yorug‘likni o‘tkazishga mo‘ljallangan fonarlar, amfiteatrli zallarning chizilishi (sirtqi 
    chiziqlari) kabi Interyerning ko‘p sonli zamonaviy arxitekturaviy shakllari 
    takomillashgan plastik va fazoviy bo‘lib, ular tasodifan paydo bo‘lmaydi, balki u yoki 
    bu jarayon o‘tkazilishining funksional talablariga javob tariqasida yuzaga keladi.
    Zamonaviy ilmiy bilimlar orqali aniqlanadigan xonaning funksional jihatdan 
    maqsadga muvofiqligi unga birinchilar qatorida qo‘yiladigan eng muhim va albatta 
    bajarilishi lozim bo‘lgan talablardan biridir. 
    Zarur bo‘lgan fazoviy kenglikni va xonalarning parametrlarini aniqlash. Buning 
    uchun binolarda amalga oshiriladigan jarayonlarning alohida jihatlari har tomonlama 
    tahlil qilinadi, jihozlar tanlanadi va ularni kenglikka joylashtirish masalalari yechiladi. 


    14 
    Jarayonning o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan optimal sharoitlarni yaratish. Buning 
    uchun mikroiqlimga tegishli talablar, yorug‘lik hamda akustik qulayligiga qo‘yiladigan 
    talablarning bajarilishi, psixologik moslashish talablari va ularni amalga oshirish 
    imkoniyatlarini o‘rganish zarurdir. 
    Alohida xonalar va xonalar guruhlari o‘rtasidagi funksional o‘zaro bog‘liqlik 
    sxemasini yechish. Buning uchun kenglikdagi hamma bog‘lanishlar va harakatlanish 
    grafiklari o‘rganiladi, odamlar oqimi va zarur bo‘lgan kommunikatsiyalar aniqlanadi. 
    Xonalar sistemasini joylashtirishning maqsadga muvofiqlik talablariga va estetik 
    talablarga javob bera oladigan takliflarini aniqlash. Binolar kompozitsiyasini tanlash va 
    uni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan xona parametrlari va xonalar orasidagi 
    bog‘liqliklar sxemasi aynan bitta jarayonni uning mohiyatini o‘zgartirmagan holda turli 
    fazoviy kombinatsiyalarda tashkil etish imkoniyatini beradi. ( 1,2,3-rasm.) 
    1 rasm. 2 rasm. 

    Download 1.24 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg‘onа – 2022 5340100 – «Аrхitеkturа»

    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish