• Kurs amaliy ishiga qo‘yilgan talablar
  • Kurs loyihasinig asosiy maqsad va vazifalari




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/13
    Sana29.11.2022
    Hajmi1.24 Mb.
    #32266
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Interyer loyihalsh (uslubiy ko‘rsatma)docx 99docx 132
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira
    Kurs loyihasinig asosiy maqsad va vazifalari 
    Amaliy ishining asosiy maqsadi – talabaning amaliy ishida o‘z aksini topishi 
    kerak bo‘lgan mutaxassislik bo‘yicha bilimini aniqlash, mazkur bosqichda talabaning 
    arxitektura maktabidagi umumnazariy, ilmiy-texnik va arxitektura-badiiy ta’limi 
    oydinlashadi: loyiha dasturini mustaqil bajarish ko‘nikmalari mustahkamlashadi va 
    ijodiy qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bu talabaning kurs loyiha ishida ijodiy va 



    arxitekturaviy g‘oya, shaharsozlik masalalari, xavfsizlik va iqtisod bilan bog‘liqlikdan 
    iborat bo‘ladi. 
    Tabiiyki, amaliy ishining asosiy vazifalaridan biri orginal obyektning 
    arxitekturaviy–badiiy ko‘rinishini, loyihaviy va hajmiy–fazoviy yechimi bilan 
    yaratishdir. 
    Talabaning professional mahorati ko‘p darajada qilinayotgan loyihaning badiiy –
    estetik xususiyatlari bilan belgilanadi. Bunda loyihani grafik yetkazib berish va uni 
    to‘g‘ri ishlanishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, bular orqali talabaning g‘oyasi 
    namoyon bo‘ladi. 
     Kurs amaliy ishiga qo‘yilgan talablar 
    «Arxitekturaviy loyihalash» fanidan amaliy ishini bajarish jarayonida amalga 
    oshiriladigan tadbirlar doirasida bakalavr: 
     Berilgan mavzudagi binoni arxitekturaviy loyihalash va grafika bosqichlari, 
    grafika uslublari;
     Berilgan mavzudagi obyektning funksional va tipologik tuzilishi; 
     Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihaviy tuzilmasi; 
     Muassasa binolarini arxitekturaviy yechimlari, funksiya va shakl, 
    kompozitsion va konstruktiv yechim to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lishi va ularni 
    boshlang‘ich loyihada qo‘llay olishi lozim;
     Arxitekturaviy loyihalashda kompyuter grafkasini qo‘llash; 
     Muassasa binolarini loyihalashtirish borasida me’yoriy ma’muriy hujjatlarni 
    tuzish; 
     Arxetikturaviy loyihalashda talab va takliflar nazariyasidan foydalanish; 
     Talaba arxitekturaviy loyihalash va grafika uslublari talablarini ifodalash
    ko‘rsata olishi ijodi to‘g‘risidagi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 
     Talabalar loyihalarini tariflash, ularni bajarish va tuzilgan loyihalar natijalarini 
    himoya qila olish; 
     Arxitekturaviy loyihalashdagi texnologik jarayonlarda ilmiy ishlanmalardan 
    foydalanish; 



     Talaba loyiha qilayotgan obyektlarda, grafika ishlarida ashyolarni, funksional 
    bog‘liqlikni, konstruktiv taxlil qilish, ularni loyiha va grafika ishlarida samarali 
    ishlatish, loyihada grafik uslublarini qo‘llay olishi, loyiha obyektlarini texnik – iqtisodiy 
    ko‘rsatkichlariga amal etish malakalariga ega bo‘lishi lozim. 
    Arxitekturaviy loyihalashning asosiy maqsadi talabani hududni fazoviy 
    tashkillashga qo‘yiladigan talablarni, ya’ni funksional, sanitar–gigiyenik va estetik 
    talablarni hisobga olgan holda obyektni arxitekturaviy tashkillashni o‘rgatadi. Amaliy 
    ishini boshlashda talabaga loyihalanadigan binoni barcha parametrlari yozma ravishda 
    beriladi, talaba kurs ishi varaqasini olgach berilgan parametrlarni batafsil o‘rganadi va 
    kerakli ma’lumotlarni yig‘adi. Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida eskizlar qilishga 
    tayyorgarlik ko‘radi. Talaba yig‘ilgan ma’lumotlar asosida qalamda 5–6 xil eskizlar 
    ishlaydi. Kurs rahbari yordamida tayyorlagan eskiz chizmalaridan 3 ta ma’qul 
    keladiganini tanlab, ular ustida yana ishlashni davom ettiradi. 
    Talaba eskizlarni amaliy ish rahbari bilan qayta ko‘rib chiqib, eng yaxshi bittasini 
    amaliy ishi uchun tanlab uni me’yor va qoidalar asosida qalamda chizishni davom 
    ettiradi. Bunda talaba o‘zining amaliy darslar jarayonida va arxitekturaviy loyihalashga 
    oid adabiyotlar va internet saytlarini o‘rganishdan olgan bilimlarini qo‘llaydi. 
    Talaba amaliy ishini bajarish jarayonida binolarni joylashuv bosh rejasi bo‘yicha 
    har xil chiroyli manzarali daraxtlar, butalar va gullarni, loyihalash g‘oyalarini amalga 
    oshiradi. 

    Download 1.24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs loyihasinig asosiy maqsad va vazifalari

    Download 1.24 Mb.
    Pdf ko'rish