31
manba bo‘lib, bir pallali va ikki pallali o‘tlik o‘simliklar xizmat qilgan. Daraxtlarni
o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlar unchalik ko‘p emas.
Agrobacteria
guruhiga kiruvchi tuproq bakteriyalari orasida o'simliklarda shish hosil qiluvchi
turlari bor. O'simlik shikastlangan yoki kesilgan eridan bakteriya kirib oladi. So'ngra kirgan
eridan shish hosil qiladi. Bu shish
tojsimon gall
deyiladi. Tojsimon gall hujayralari ko'p jihatdan
hayvonlardagi saraton kasalligi hujayralariga o'hshab ketadi. Tojsimon gall hujayralari to'htovsiz
o'sib borish hususiyatiga ega.
Normal o'simlik hujayralarining o'sishi uchun mahsus gormonlar zarur.
Biroq tojsimon
gall hujayralari
in vitro
sharoitda mahsus gormonlarsiz ham o'saveradi. Bakteriyalar
antibiotiklar yordamida nobud qilinsa ham bu hujayralar o'sish qobiliyatini yo'qotmaydi.
O'simlikda shish chaqiruvchi
bakteriyalardan biri -
Agrobacterium tumefaciens.
Bu
bakteriyani o'rganish natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, o'simlikdagi shishni bakteriyaning Ti-
plazmidasi chaqirar ekan. Bunda plazmida o'simlik hromosomasiga qisman qo'shilib ketadi.
13-rasm.
Agrobacterium tumefaciens bakteriyasi ta'sirida tojsimon gallni (shish) hosil
bo'lishi. O'simlikdagi shishni bakteriyaning Ti -plazmidasi chaqiradi. Bakteriya o'simlik
tanasiga kirganida Ti-plazmidaning T-qismi (T-DNK ya'ni transformatsiyalovchi DNK)
o'simlik genomiga qo'shiladi. T-DNKdan tashqari plazmidaning yana 3 ta zonas i bor;
vir-
T-DNKni kesuvchi va o'simlik hujayrasiga kirituvchi genlar zonasi,
tra
-bakteriyaning
kon'yugatsiyasini
nazorat qiluvchi genlar zonasi,
ori
-
Ti-plazmida replikatsiyasini
boshqaruvchi genlar zonasi.