• 6 mavzu O‘simliklar gen muxandisligi. Ma’ruza rejasi
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
    1.
    Mikroorganizmlar o’z hujayrasida qanday moddalarni sintez qiladi? 
    2.
    Mikroorganizmlar yordamida qanday garmonlar sintez qilinadi? 
    3.
    Insulin garmoni ilk bor qaysi bakteriya hujayrasidan sintez qilingan? 


    28 
    6 mavzu O‘simliklar gen muxandisligi.
     
    Ma’ruza rejasi
    1.
    O’simliklarning agrobakterial transformatsiyasi 
    2.
    O’simliklarni mikroklonal ko’paytirish 
    3.
    Ti-plazmidasi 
    Tayanch atama va iboralar: Ti-plazmida, meristema, agrobakterial transformatsiya, t 
    DNK, fitogarmon
    Hujayra biotexnologiyasi
    – hujayra, to‘qima va protoplastlarni ishlatishga 
    asoslanadi. Hujayralarni manipulyasiya (faoliyatiga qandaydir o‘zgarishlar kiritish) 
    qilish uchun, ularni o‘simlikdan ajratib olish, o‘simlik organizmidan tashqarida 
    yashashi va ko‘payishi uchun sharoit tug‘dirib berish lozim. Ajratib olingan 
    hujayra va to‘qimalarni sun’iy oziqa muhitida, steril sharoitda (
    in vitro
    ) o‘stirish 
    usuli ajratilgan 
    to‘qimalar kulturasi
    deb nom oldi va ularni biotexnologiyada 
    ishlatish mumkinligi sababli katta ahamiyat kasb etdi. 
    Biotexnologiya uzoq - uzoqlardan ma’lum bo‘lsada, alohida amaliy fan 
    sifatida o‘tgan asrni ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o‘zi uchun 
    o‘ta zarur bo‘lgan ya’ni oziq-ovqat, energetika, zahira (resurs), atrof – muhit 
    muhofazasi va h.k. muammolarni tubdan yangi asosda echishi zarurligini 
    sezganidan keyin mujassamlana boshlandi.
    Biotexnologik jarayonlar sun’iy oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlar, 
    o‘simlik va hayvon to‘qimalari, hujayralari va organellalaridan foydalanishga 
    asoslanadi. Hozirgi vaqtda dunyoni ko‘plab mamlakatlarida biotexnologiyani 
    rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani 
    boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir. Masalan, 
    biotexnologik jarayonlar juda kam energiya talab qiladilar, deyarli chiqindisiz, 
    ekologik toza va h.k. SHuning bilan bir qatorda, biotexnologiya standart 
    jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga qaramasdan hamda 
    ko‘p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo‘yi o‘tkazishga asoslanadi. 
    Aytib o‘tilgan ustunliklar, o‘simliklarni va hayvonlarni hujayralari, to‘qimalari va 
    organlariga ham tegishlidir. 
    Ajratib olingan hujayralar va to‘qimalarni biotexnologiyadagi rolini uch 
    yo‘nalishda ko‘rish mumkin: 
    Birinchi yo‘nalish -
    ajratib olingan o‘simlik hujayrasini tibbiyot, veterinariya, 
    kosmetika va boshqa sohalar uchun zarur bo‘lgan ikkilamchi metabolitlar : 
    alkoloidlar, steroidlar, glyukozidlar, gormonlar, efir moylari va boshqa 
    biologik faol moddalar sintez qilish imkoniyati bilan bog‘liq. Ma’lumki, 
    ikkilamchi metabolitlar qattiq (agarli) yoki suyuq oziqa muhitida o‘stirilgan 
    kallus to‘qimalardan olinadi. Hujayra texnologiyasi asosida diosgenin – 
    dioskore hujayrasidan; aymolin – ilon ratsvolfi hujayrasidan; umumiy kuch 
    beruvchi moddalar – jenshen hujayrasidan ajratib olinadi va tibbiyot hamda 
    parfyumeriyada ishlatiladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, o‘stiriladigan 
    hujayralarni hosildorligi, butun o‘simlikni hosildorligidan ancha baland. 


    29 
    Bunday usul bilan ikkilamchi metabolitlar ajratib olishni yana bir ustunlik 
    tomoni shundaki, muayyan sharoitda o‘simlikni o‘zini o‘stirish imkoniyati 
    bo‘lmagan sharoitda (sovuq yoki issiq iqlimli mintaqalarda), ularni 
    hujayralarini butun yil maboyinida o‘stirish mumkin. 
    Ikkinchi yo‘nalish
    – ajratib olingan hujayralarni, o‘simliklar seleksiyasida 
    ishlatish va shu orqali tez rivojlanuvchi, har xil tashqi muhit ta’siriga chidamli 
    (issiqqa, sovuqqa, sho‘rlanishga, og‘ir metallarga, qurg‘oqchilikka, kasallikka 
    va h.k.) o‘simliklar yaratish. SHuning bilan birga bu yo‘nalish, ajratilgan 
    protoplastlarni qo‘shilishi orqali yangi o‘simliklar yaratish hamda nojinsiy 
    (somotik) gibridlar olishni ham o‘z ichiga oladi. Ajratib olingan 
    protoplastlarga gen muhandisligi usullari yordamida begona genlarni 
    kiritilishi, keyinchalik yangi, meros qoladigan xossalarga ega bo‘lgan o‘simlik 
    yaratishga ham olib keladi. Ajratib olingan changdon va urug‘ kurtakni sun’iy 
    oziqa muhitida o‘stirish, gaploidlar olish imkonini bersa, murtaklarni o‘stirish 
    – o‘saolmaydigan (endospermasi yomon rivojlangan) o‘simliklardan gibrid 
    urug‘lar etishtirish imkonini beradi. 
    Uchinchi yo‘nalish
    – ajratib olingan to‘qimalarni ko‘paytirish va ekuv 
    materiallarini viruslar hamda boshqa patogenlardan sog‘lomlashtirish 
    maqsadida ishlatish. Bu usul, o‘simliklarni klonal mikroko‘paytirish deyiladi va 
    bitta meristemadan yiliga yuz minglab o‘simlik olish imkonini beradi

    Hujayra va to‘qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda 
    hujayralarni bo‘linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o‘simlik o‘sib chiqishini 
    belgilovchi, fiziologik jarayonlarni optimizatsiyasiga bog‘liq. Eng murakkab 
    tomon - bu alohida hujayradan o‘simlik regeneratsiya qilish. Birinchi navbatda bu 
    boshoqli o‘simliklarga tegishli. SHuning uchun ham
     
    in vitro
    sharoitda morfogenez, 
    regeneratsiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini aniqlash eng 
    muhim ahamiyatga egadir. 
    O‘simliklardan ajratib olingan to‘qimalarni o‘stirishga harakat ancha 
    uzoqlardan ma’lum. Bu usulning rivojlanish tarixini bir necha bosqichlarga bo‘lib 
    o‘rganish mumkin: 

    I-bosqich (1892–1902 yillar) – Xaberlandt, Fexting, Rextiger kabi nemis 
    olimlarini nomlari bilan bog‘liq. Ular saxaroza eritmasida har xil o‘simliklar 
    to‘qimalarini o‘stirishga urinib ko‘rishgan, ammo o‘simliklarni o‘sishi 
    kuzatilmagan. Faqatgina qoqi o‘tini va tol daraxtini poyalarini sigmentlari 
    uchun birlamchi kallus olingan va kallussogenezga aylanishi mumkin bo‘lgan 
    segmentni eng kichik o‘lchami aniqlangan. Eksperimental muvaffaqiyatlarga 
    etaolmasdan bu olimlar qator g‘oya va gipotezalar yaratganlar. Bu g‘oya va 
    gipotezalar ancha kechroq o‘z tasdig‘ini topgan. Masalan, 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish