• V.Robins va nemis olimi Kotte
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    Xaberlandt
    har 
    qanday tirik o‘simlik hujayrasini totipotentligi ya’ni hujayralarni ma’lum 
    sharoitda o‘stirilganda o‘zini rivojlanish potensialini namoyon qilishi va butun 
    o‘simlik hosil bo‘lishiga boshlashi haqida gipoteza e’lon qilgan edi. 

    II-bosqich (1902-1922 yillar)
     
    – hayvon to‘qimalarini o‘stirish uchun birinchi 
    oziqa muhiti yaratilganligi bilan nishonlanadi. Bu oziqa muhitlari tabiiy bo‘lib, 
    tarkibida qon plazmasi (qonni suyuq qismi) va kurtak suyuqligi saqlagan. 
    Ajratib olingan o‘simlik to‘qimalarini o‘simlik ekstraktlari saqlagan sun’iy 


    30 
    oziqa 
    muhitida 
    o‘stirib 
    ko‘rish 
    muvoffaqiyatsiz 
    chiqqan, 
    chunki 
    eksperimentlarda yuksak o‘simliklarni o‘sish faolligini namoyon qilishga 
    to‘g‘ri kelmaydigan hujayra va to‘qimalaridan foydalanilgan. 

    III-bosqich (1922 – 1932 yillar). Bu davrda bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lmagan 
    holda Amerikalik olim 
    V.Robins 
    va nemis olimi 
    Kotte
    qattiq oziqa muhitida 
    pomidor va makkajo‘xori ildizi uchidagi meristemaalarni o‘stirish mumkin 
    ekanligini namoyish qilganlar. Ammo, ma’lum vaqt o‘tgach, o‘simlik 
    to‘qimalari qo‘ng‘ir rangga kirib, xalok bo‘lganlar. O‘simliklarni to‘qimalarini 
    o‘stirish usulining rivojlanishi – 1932 yildan boshlangan.
     

    IV-bosqich (1932–1940 yillar), fransuz olimi R.Gotre nomi bilan bog‘liq.
     
    U, 
    in 
    vitro
    sharoitida o‘simlik to‘qimalarini vaqti- vaqti bilan toza oziqa muhitiga 
    ko‘chirib turish orqali uzoq vaqt o‘stirish mumkinligini namoyish qilgan. Bu 
    yangilik, to‘qimalar texnologiyasini rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi va 
    o‘stirishga qo‘yiladigan o‘simliklar soni juda ham ko‘paydi. 

    V-bosqich (1940–1960 yillar). 1955 yilda yangi sinfga mansub fitogormon – 
    sitokininlarni ixtiro qilinishi, (xususan kinetinni) hujayralarni bo‘linishini 
    kuchaytirish imkonini yaratdi. O‘sishni kuchaytiruvchi moddalarni miqdori va 
    ularni nisbatiga qarab, eksplant hujayrasining bo‘linishini kuchaytirish, kallus 
    to‘qimalarni o‘sishini muhofaza qilish, morfogenezni kuchaytirish mumkin 
    ekanligi namoyish etildi. SHu davrda kakos yong‘og‘ini, kashtan, makkajo‘xori 
    va boshqa o‘simliklar endospermalarini hujayrani o‘sishi, morfogenez 
    jarayonlari (kallus to‘qima va hujayra suspenziyasida) ga ijobiy ta’sir 
    ko‘rsatishi aniqlangan. 

    VI-bosqich (1960 – 1975 yillar). Bu davrni eng muhim voqeasi Nottingen 
    universiteti professori 
    E.K.Kokking
    tomonidan fermentativ yo‘l bilan 
    pomidorini ildizi va mevasidan protoplastlar olinishi va ularni nazorat qilinib 
    turilgan sharoitda o‘stirilganligi bo‘lgan. Keyinroq shu laboratoriyada Pauer 
    o‘zini shogirdlari bilan protoplastlarni sun’iy qo‘shilish sharoitlarini 
    yaratishgan. Bu esa, somotik gibridlar yaratishda yangi yo‘l bo‘lib xizmat 
    qilgan. O‘sha davrda yaratilgan yana bir usul – bu o‘simliklarni 

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish