|
O'simliklarning agrobakterial transformatsiyasi: Ti-plazmidalarBog'liq biotexO'simliklarning agrobakterial transformatsiyasi: Ti-plazmidalar
A. Tumefaciens bakteriyasi hujayrasida hromosomadan tashqari Ti-plazmida ham bor.
Plazmida tarkibida T-DNK mavjud. T-DNK 12-22 ming nukleotidlar juftidan iborat. U o'simlik
hromosomasiga qo'shilish hususiyatiga ega.
T-DNKda fitogormonlar va opinlar (bakteriya uchun uglerod, azot va energiya
manbai bo'lgan aminokislotalar hosilalari) sinteziga javob beruvchi genlar bor. T -
DNKdan tashqari plazmidada vir-zonasi ham bor. Vir-zona T-DNKni o'simlik
hujayrasiga kiritish vazifasini bajaradi. Yana vir-zonada opinlar utilizatsiyasi,
bakteriya kon'yugatsiyasini nazorat qiluvchi genlar bor.
O'simlikdagi shishni bakteriya hromosomasidagi genlar emas, aynan Ti -plazmida
genlari chaqirishi tajriba yo'li bilan isbotlangan. Bunda mutant Ti -plazmidalar
saqlagan bakteriyalar o'rganilgan. Ti -plazmidasi yo'q bakteriyalar o'simlikda shish
ham, opinlar sintezini ham chaqirmagan. Tajriba uchun 3 hil mutant Ti -plazmidalar
olingan:
opinlar sintezlamaydi, lekin tojsimon gall hosil qiladi;
umuman hech qanday shish hosil qilmaydi;
normal hujayralarning anomaliyasiga sabab bo'ladi (masalan, o'simlik
novdalari va ildizining haddan ortiq o'sib ketishi).
O'tkazilgan genetik tadqiqotlarga qaraganda, o'simlik tanasidagi turli shishlarni
paydo bo'lishi, opinlar sintezi aynan Ti -plazmida genlariga bog'liq ekan. 2- va 3-hil
32
mutant plazmidalarni o'simlikka kiritib, fitogormonlar yordamida shish hosil qilsa
bo'ladi.
Ti-plazmidalarning mutatsiyasi o'simlikning gormonal metabolizmiga ta'sir
qiladi degan ilmiy tahminlar ham yo'q emas.
|
| |