48
3.
Absolyut
spetsifiklikka
ega
bo‘lgan
fermentlar.
Bundayfermentlar
faqatginabirginasubstratnio‘zgartiruvchi reaksiyani kataliz qila oladilar yoki
strukturasi juda ham yaqin
bo‘lgan substratlarni o‘ta sekinlik bilan o‘zgartirishlari mumkin. Bu fermentlar stereo spetsifilikligi bilan
xarakterlanadi. Masalan, degidragenazalar vodorod atomini substratdan kofermentning nikotin-amid
yadrosini o‘ta aniq tomoniga o‘tkazadilar.
Fermentlarni faolligini past molekulali organik birikmalar yoki metall ionlari bilan boshqarib turish
mumkin. Hujayra jarayonlarini
boshqarishni bu mexanizmi, murakkab biosintetik jarayonlarda ishtirok
etuvchi fermentlarga xos bo‘lib, dastlabki fermentlardan birini, oxirgi mahsulot bilan ingibirlanishi bilan
belgilanadi va oqibatda butun jarayonni sekinlashuviga yoki butunlay to‘xtab qolishiga olib keladi.