7
Biotexnologiya bu avval ma’lum bo’lmagan yangi yo‘nalishlardan emas, balki ming yillar
davomida paydo bo’lib qo‘llanib kelayotgan va xozirda rivojlanib
borayotgan texnologik
amallarning majmuasidir.
Xozirda zamonaviy biotexnologiyani asosini molekulyar biologiya, mikrobiologiya,
genetika,
biokimyo, biofizika, texnologiya va qurilmasozlikdagi yangi kashfiyotlar tashkil
etadi.
Yuqorida keltirilgan rasmda biotexnologiyani ilm-fan va
ishlab chiqarishning boshqa
yo‘nalishlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Biotexnologiya - fundamental fanlar va qator amaliy sohalar, ya’ni kimyoviy texnologiya,
mashinasozlik va iqtisodiyot elementlarini o‘zida
jamlaydi.
Hujayra va molekulyar
darajadagi fundamental
tadqiqotlar, prinsipial yangi texnologiyalarni va yangi
mahsulotlarni yaratilishiga olib keldi.
Achish
jarayoniga
asoslangan
an’anaviy
biotexnologik jarayonlar, yangi samarali jararayonlar
bilan
boyitilib
bormoqda,
bular
oqsillar,
aminokislotalar,
antibiotiklar, fermentlar, vitaminlar,
organik kislotalar olish va h.k.