19
Nuklein kislotalar-viruslarning irsiyat moddalari. Tarkibidagi nuklein kislota tipiga ko’ra
viruslar 2 xil: DNK saqlovchi va RNK saqlovchi viruslarga bo’linadi. RNK saqlovchi viruslarga
o’simlik viruslari, DNK saqlovchi viruslarga esa bakteriya, hayvon, odam viruslari kiradi.
Virionning nuklein kislotasi (genomi) atrofida hosil bo’lgan oqsil qobiq
kapsid
deb ataladi.
Virion shakli (formasi) uning kapsidi bilan belgilanadi.Kapsid
nuklein kislota bilan birga
nukleokapsidni hosil qiladi.
Murakkab tuzilgan viruslar qo’shimcha oqsil yoki lipoproteid qobiqlardan tuzilgan bo’ladi.
Ba'zan qobiq tarkibida ayrim uglevodlar va fermentlar ham uchraydi. Gripp,
gerpes viruslari
murakkab tuzilgan viruslarga misol bo’la oladi.
Umurtqali hayvonlar viruslari 17ta oilaga, umurtqasizlar viruslari 7ta oilaga,
bakteriyalar
viruslari 10ta oilaga bo’linadi. O’simlik viruslarining 20ta turi va zamburug'lar viruslarining 5ta turi
mavjud. Bu raqamlar keyinchalik o’zgarishi mumkin. Chunki bugungi
kunga kelib avval fanga
ma'lum bo’lmagan yangi viruslar xam aniqlanmoqda (masalan, OITS).
1971-yil T.O.Diner (AQSh) kartoshka o’simligi tugunagini urchuqsimon, duksimon ko’rinishga
keltiradigan subvirusli patogen qo’zg'atuvchini aniqladi. Ular keyinchalik
viroidlar
deb nomlandi.
1984-yil viroidlar tomonidan madaniy o’simliklarda qo’zg'atiladigan 10 xil kasallik aniqlandi.
Bular qatorida donli o’simliklar xam bor. Viroidlarda kapsid qobiq yo’q.
Uning molekulyar
strukturasi bir zanjirli, kovalent berk, xalqasimon RNKdan iborat. RNKdagi nukleotidlar soni 240-
400. Shakliga ko’ra viroidlar uzuksimon, chiziqli bo’ladi.
Viroidlarning har bir turi faqat uning o’ziga xos bo’lgan quyi molekulyar RNK turiga ega.
Viroidlarning o’lchami o’rtacha 15nm. Ular o’simlikning sezgir hujayralari
yadrosida yadrocha
bilan kompleks hosil qiladi va to’liq hujayra fermentlari orqali replikatsiyalanadi.
Viroidlar tuzilishi jihatidan bir-biriga o’xshash bo’lgani va kodon-initsiatorlari bo’lmagani
uchun translyatsiyalanmaydi.
Viruslar
•DNK saqlovchi
•RNK saqlovchi
DNK saqlovchi viruslar
•bakteriya viruslari
•hayvon va odam viruslari
RNK saqlovchi viruslar
•o
'simlik viruslari
•va h.k.