17
kapsid va nukleokapsid, viroid,
bakteriya, endotsitoz va ekzotsitoz, arxeo- va eubakteriyalar,
mendosikut, gratsilikut, tenerikutlar, totipotentlik, kallus, fermenter, roller,aseptika.
Biotexnologiya
ob'ektlariga
viruslar,
bakteriyalar,
zamburug'lar-mikromitsetlar
va
makromitsetlar,
sodda organizmlar, o'simlik, hayvon, inson to'qima va hujayralari, shuningdek
biogen va funktsional jihatdan ularga o'xshash bo'lgan moddalar kiradi. Biotexnologik ob'ektlar
hujayra va to'qimalar yoki ularning birlamchi, ikkilamchi metabolitlari bo'lishi xam mumkin.
Ma'lum biomolekulani biotexnologik ob'ekt sifatida ishlatilganda xam
uning dastlabki biosintezi
uchun aynan shu biomolekulaga to'g'ri keladigan hujayradan foydalaniladi. Shuning uchun,
biotexnologik ob'ektlarni 3ta katta guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi:
mikroorganizmlar
o'simliklar
hayvonlar
Tirik organizmlarni majoziy ma'noda ixcham, murakkab, iqtisodiy tejamkor, o’z-o’zini
boshqara
oladigan, barqaror va faol biokimyoviy ishlab chiqarish uchun texnologik parametrlarni
optimal saqlay oladigan sistema deb xarakterlash mumkin. Bu ta'rif bo’yicha viruslarni organizm
deb qabul qilish mumkin emas,
biroq ularning irsiyati, moslashuvchanligi, o’zgaruvchanligi va
boshqa xususiyatlariga ko’ra ularni jonli tabiat vakillari deb bemalol xisoblasa bo’ladi.
Quyida keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki, biotexnologiya ob'ektlari viruslardan tortib
odamgacha bo’lgan barcha tirik organizmlarni o'z ichiga qamrab oladi.