Biotexnologik ob'ektlarning hujayraviy tuzilishiga ko’ra sinflanishi. Viruslar jonli va jonsiz tabiatning o’rtasidagi organizmlardir. Ularda irsiyat materiali-nuklein
kislotalar bo’lsa xam, hujayra yadrosi yo’q. Hujayraviy tuzilishga ega bo’lgan mikroorganizmlardan
farqli o’laroq, ularda DNK (dezoksiribonuklein kislota) va RNK (ribonuklein kislota) xech qachon
birga mavjud bo’lmaydi ya'ni virusda RNK bo’lsa DNK bo’lmaydi yoki aksincha.
Yuqoridagi fikrlarni jamlagan xolda shuni aytishimiz mumkinki, «biologik texnologiya» va
«biokimyoviy texnologiya» atamalari bir-biriga o’xshash. Chunki texnikada va sanoatda
qo’llaniladigan biologik jarayonlar biokimyoviy xarakterga ega.
Bugungi kunda biotexnologik ob'ektlarning aksariyat qismini mikroorganizmlar tashkil etadi.
O’simliklar orasida suv o’tlarini, hayvonlar orasida esa sodda hayvonlarni mikroorganizmlar
toifasiga kiritsak bo’ladi. Eukariot mikroorganizmlarga esa zamburug'lar va lishayniklarni kiritish
mumkin.
XIX asrning ikkinchi yarmida M.Shleyden, T.Shvann, R.Virxovlar tomonidan biologiyanin g
eng muhim umumlashmalaridan biri-hujayra nazariyasiga asos solindi. Bu nazariya sitologiya
fanining fundamentiga aylandi. Biotexnologiya ob'ektlari ichida faqatgina viruslar va viroidlar
hujayraviy tuzilishga ega emas. Biroq viruslar hujayra ichiga kirganda tirik organizmlarga xos
bo’lgan barcha biologik xususiyatlarni namoyon qiladilar.
BIOTEHNO LOGIYA OB ' EKTLAR I Viruslar (akariotlar ) Zamburug 'lar, osimliklar, hayvonlar (eukariotlar) Bakteriyalar (prokariotlar)
18
Hujayra tuzilishini tekshirishdagi sitologik usullarning takomillashishi olimlarga hujayraviy
tuzilishga ega bo’lgan va bo’lmagan organizmlarni chuqurroq tadqiq etishga va barcha tirik
organizmlarni 3 guruhga ajratish imkonini berdi: