|
Farmatsevtik biotexnologiyaBog'liq biotexNAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Hujayra nazariyasini tushuntiring.
2. Hujayra nazariyasini ishlab chiqqan olimlar haqida ma'lumot bering.
3. Viruslar. Ularning turlari.
4. Viroidlar.
5. Bakteriyalar va ularning turlari.
6. Zamburug'lar va ularning turlari.
7. Lishayniklar va ularning turlari.
8. O'simlik hujayralari.
9. Hayvon hujayralari.
10. Biotehnologiyaning qanday tadqiqot usullarini bilasiz?
Ma’ruza rejasi
1.
Asosiy biotexnologik jarayonlar tasnifi
2.
Biotexnologik jarayonlar uchun sharoit yaratish
3 Ozuqa muxitining tarkibi
4 Bioreaktorlar klassifikatsiyasi
Tayanch atamalar va iboralar: bioreaktor, ozuqa muhiti, inokulyant,
biomassa, ekstraktsiya.
Biotehnologiya-biologik jarayonlardan tehnika va sanoatda foydalanish. Bu jarayonlar
(mutahassis biotehnolog ishtirokida) bioob'ekt yordamida kerakli natija olishga qaratilgan.
Biologik tehnologiya jarayonlari kimyoviy tehnologiya jarayonlaridan keskin farq qiladi.
Biologik tehnologiya jarayonlarida asosiy komponent- bioob'ekt (virus, bakteriya, zamburug',
o'simlik va hayvon hujayralari, biomolekulalar). Kimyoviy tehnologiyada bunday ob'ektlar
ishlatilmaydi. Kimyoviy tehnologiyada qo'llaniladigan jarayonlar esa, masalan, yuqori
temperatura, katta bosim biotehnologiyada qo'llanilmaydi. Biroq reaktsiyalar – ular hoh
kimyoviy, hoh biokimyoviy bo'lsin, barchasi Le Shatel'e printsipiga bo'ysunadi.
Birgina (quyida ko'rsatilgan) umumlashgan shema biotehnologik jarayonlarning hammasini
qamrab ololmaydi. Aksariyat jarayonlar yana bir qancha bo'linmalarga ajraladi. Masalan,
baholash: bioob'ektlarning hujayraviy tuzilishiga ko'ra qaysi oilaga mansubligi (akariotlar,
eukariotlar, prokariotlar), bioob'ektlarning funktsional faolligi (biosintez, biotransformatsiya).
Shuningdek, fermentatsiya va mahsulotni ajratish jarayonlari ham bir necha bosqichlardan iborat
bo'ladi.
|
| |