• Olmaliq , Chirchiq
  • DIQQAT HAMMAGA” signalini berish usuli. Ogohlantiruvchi signal berilganda harakatlanish tartibi. Favqulodda vaziyatlarda aholining harakati. Reja
  • Islom Karimov
  • Favqulodda vaziyatlar ta`rifi, tasnifi




    Download 163,5 Kb.
    bet2/3
    Sana29.03.2017
    Hajmi163,5 Kb.
    #2585
    1   2   3

    Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar turlari. Transport avariyalari va halokatlari. Kimyoviy xavfli ob`yektlardagi avariyalar. Yong`in – portlash xavfi mavjud bo`lgan ob`yektlardagi avariyalar. Zamonaviy qirg`in qurollar, ularning ta`sir xususiyatlari va talofatlari. Favqulodda vaziyatlarda qtisodiyot tarmoqlarida qutqaruv va birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish.

    Reja:


    1. Texnogen tusdagi avariyalarning turlari;

    2. Kimyoviy ob`yektdagi avariyalar;

    3. Texnogin falokatlarni oldini olish usullari.

    4. Ishlab chiqarish avariyalari, fojiali hodisalar, ularning oqibatlarini bartaraf etish ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar.

      Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.



    Avariya deganda bajariladigan ishning birdan to`xtab qolishi, yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni izdan chiqishi, transportlarda va boshqa ob`yektlarda moddiy boyliklarni buzilishi, yo`q bo`lishi tushuniladi.

    Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo`lishi mumkin:



    • Tabiiy ofat tufayli;

    • Inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda yo`l qo`yiladigan sababli;

    • Transport mexanizm, jihozlardan noto`g`ri foydalanganda;

    • Agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) noto`g`ri saqlanishi va uni ishlatish qoidalarining buzilshi oqibatida;

    • Texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi va boshqalar. Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo`ladiki, oqibatda ko`pdan-ko`p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo`q bo`lib ketadi. Ko`pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog`oz ishlab chiqarish sanoati, go`sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi.

      Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy - suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan.

      Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.

      Ayniqsa kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar (KTEZM ) ta`sirida bo`ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi qog`oz , sellyuloza, go`sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yo`llarda KTEZMni tashishda ko`p uchraydi. KTEZM ko`rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bo`lganda odamlarga, qishloq xo`jaligi hayvonlariga, tashqi muhitga kuchli ta`sir etib turli darajada shikastlantiradi. KTEZMlar qatoriga xalq xo`jaligida texnologik jarayonlarda qo`llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot, oltingugurt oksidlari va boshqalarni kiritish mumkin.

    Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg`ona, Andijon, Qo`qon, Ahgren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me`yoridan 1,5-2, hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiqdir.

    Markaziy Osiyoda havoni eng ifloslantiruvchi korxona Tojikistonning. Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi hovoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan.

    Olmaliq - Toshkent viloyatidagi shahar (1951 yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida.

    Chirchiq - Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan. Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi.

    Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).

    O`zbekiston Respublikasining Kimyo sanoati korxonalari Chirchiqdagi “elektrokimyo”, Farg`onadagi “azot”, Navoiydagi zavodlardir.

    Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II )oksidi- 250mln tonna, yoqilg`i kukuni- 100mln tonna, uglevodorod-88 mln tonna, azot(II )oksidi-53 mln tonna, ammiak- 4 mln tonna, oltingugurt vodorodi 3 mln tonna, qo`rg`oshin birikmasi – 1mln tonna, ftor- 0,4 mln tonna chiqariladi.

    Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, insonlar umrini qisqartirmoqda va atrof muhitni yerlarni, havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda.

    Tez ta`sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda aholining hatti harakatlari.

    Respublikamiz xalq xo`jaligi tarmoqlarida zaharli moddalar ishlatiladi, saqlanadi, tashiladi. Agar tabbiiy ofatlar, harbiy to`qnashuvlar natijasida kimyoviy zaharli moddalar atmosferaga tarqalishi mumkin. Natijada atrof-muhitni havoni zaharlaydi.

    Albatta, bunday favqulodda vaziyatlarda avariya o`chog`idagi va unga yaqin bo`lgan atrofdagi fuqarolar jabrlanadi. KTEZMlar asosan insonlarga uning nafas organlari, terisi orqali ta`sir etadi. Ular umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchilarga bo`linadi. Agar avariya holatida bir qancha gazlar aralashmasi bo`lsa, izolyatsiyalovchi protivogazlardan foydalangan holda tezlik bilan zaharlangan o`choqdan odamlarni evakuatsiya qilish tadbirlari ko`riladi, avariya joyini tiklash ishlari olib boriladi.

    Teri - odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi.

    Gaz - 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan.

    Birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish:

    KTEZM tarqalgan hududni o`rash (lokalizatsiya) qilish hisoblanadi. Avariyani tiklash ishlarida qatnashadigan fuqarolar o`zlari va boshqalarni bilishlari zarur. Ulardan har doim zaharlangan fuqarolarni shikastlangan hududdan olib chiqish, protivogazni boshqalarga kiydira bilish, sun`iy nafas berish, yurakni massaj qilish, zaharlangan ko`z terilarni neytrallash ishlarini bilishlari lozim. Buning uchun jamoa va shaxsiy himoya bositalari ularning turlari va foydalanish qoidalarini bilishlari zarur.

    Fojiali hodisa va uning oqibatlari.

    Fojiali hodisa- ma`lum bir vaqt oralig`ida sodir bo`ladigan falokat demakdir. Fojia turli xildagi inshootlarning buzilishi, moddiy boyliklarni yo`q bo`lib ketishi hamda odamlarning o`limi bilan sodir bo`ladi.

    Masalan, 1986 yil 26 aprelda sodir bo`lgan Chernobil Atom elektr stansiyasidagi avariya natijasida atrof- muhitga radiaktiv chiqindilar tarqalgan. Natijada ko`plab odamlar nobud bo`lgan, 200000 aholi xavfsiz joylarga batomom ko`chirilgan. Bu fojiadan ko`rilgan moddiy ziyon 8 mlrd rublni tashkil etgan. Shuning uchun AESlarda avariya sodir bo`lganligini eshitgan har bir fuqaro darhol jamoa saqlanish joylariga yashirinishi, yoki xavfsiz joyga shu zahotiyoq evakuatsiya qilinishi lozim. Shaxsiy himoya vositalarini kiyib, kerakli narsalarni: oziq-ovqat, suv, zarur hujjat, pul va boshqa buyumlarni olib, tezlikda evakuatsiya punktlariga yetib borishi kerak. Agar sharoit bo`lmasa uyda yoki ishxonadagi eshik va oynalar bekilishi lozim. Ma`lumki, g`ishtli uylar nurlanish darajasini 10 barobar kamaytiradi. Shuning uchun radiatsiyadan saqlovchi boshpanalar ko`pincha temir- betondan quriladi.

    Zararlangan hududlarda yurish, mehnat qilish juda qattiq tartib ostida , alohida rejim asosida olib boriladi. Zararlangan hududlarda ishlayotgan odamlar, saqlovchi vositalarni kiygan holatda, ma`lum bir oralig`da ishlab, hududda o`tirishi, biror narsa ushlashi,chekishi ovqat yeyishi, suv ichishi taqiqlanadi. Ishdan keyin butun kiyim boshi va o`zi to`liq tekshiruvdan o`tadi.

    Katta avariyalar va fojiali hodisalar bo`lishiga, yong`in va portlashlar sabab bo`lishi mumkin. Ayniqsa kimyo, va gaz sanoatida yuz beradigan portlashlar katta fojialar bilan tugaydi. Masalan; 1988-1995 yillar maboynida Rossiyaning bir qancha ko`mir qazib oladigan konlarida shunday fojiali hodisalar bo`lib ko`plab odamlar nobud bo`lgan.

    Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.

    Shunday falokat Toshkentdagi lak-bo`yoq zavodida ham yuz bergan. Avariya va falokatlar fojialihalokatlardan tashqari turli darajadagi jarohatlar: sinish va chiqishlar, to`qimalarning kuyishi, kesilishi, zaharlanishlar, elektr tokidan shikastlanish va boshqalar.Bularga ham birinchi tibbiy yordam o`z vaqtida tashkil etilishi lozim.

    Texnogen avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaradigan omillar.

    1. Transport avariyalari va falokatlari: (turli sharoitlarda, masalan, temiryul, avtomobil, suv yo`li, aviatsiya transportlarida sodir bo`lishi mumkin.)

    a) Temir yo`l transporti avariyalari;

    b) Avtomobil transportida sodir bo`ladigan avariyalar;

    v) Aviatsiyada sodir bo`ladigan avariyalar;

    g) Suv transportida sodir bo`ladigan avariyalar;

    2. Kimyoviy xavfli ob`yektlardagi avariyalar: atrof muhitga kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalarni yuqori konsentrtsiyalarda tarqalishi.

    3. Yong`in–portlash xavfi mavjud bo`lgan ob`yektlardagi avariyalar: ko`mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi, gaz va chang portlashi bilan bog`liq avariyalar, yong`inlar, jinslar qo`porilishi.

    4. Energetika va kommnal tizimlardagi avariyalar: Gidroelektro stansiyalar, gidrorotornoelektro stansiyalardagi (GES,GRES, IEM) issiqlik energiyasi markazlarida, elektr tarmoqlarida, gaz quvurlari, suv quvurlari, kanalizatsiya, va boshqa turdagi kommunal tizimdagi avariyalar:

    5. Odamlar o`limi bilan bog`liq bo`lgan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va odamlar kop to`planadigan ijtimoiy yo`nalishdagi ob`ektlarni, binolarni konstruksiyalarini to`satdan buzilishi, yong`inlar, gaz portlashlari va boshqalar:

    6. Radiaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog`liq avariylar: Radiaktiv moddalarni tashish bilan bog`liq bo`lgan avariyalar, biologik vositalarni va ulardan olinadigan preperatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarining atrof muhitga chiqib ketishi yoki yo`qotilishi bilan bogliq bo`lgan avariyalar:

    7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar: suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog`lardagi ko`llardan suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o`limiga, sanoat va qishloq xo`jaligi ob`ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko`chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.

    DIQQAT HAMMAGA” signalini berish usuli. Ogohlantiruvchi signal berilganda harakatlanish tartibi. Favqulodda vaziyatlarda aholining harakati.



    Reja:

    1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash nima?

    2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash nima?

    3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish usullari.

    4. Aholini ma`naviy tayyorlash nimalarga asoslangan.

    Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari.

    Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–siyosiy va psixologik tayyorlashni mazmuni va mohiyati.

    O`zbekiston Respublikasi Prezdenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 1994y.

    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.

    Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).

    9 apreldagi kengaytirilgan majlisida shunday dedi, jumladan. ”O`zbekiston davlati har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qiladi.”

    Jumladan. ”Davlat har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qila olish holatida bo`lishi, ularni haqiqiy mehnatlari evaziga ortirgan boyliklari va ularni uy joylari baxtsiz hodisa qurbonlari bo`lishini oldini olishi shart. Bu vazifani hal etishda fuqaro muhofazasi katta rol o`ynaydi.

    FM harbiy qismlari zararlanish o`choqlarida, baxtsiz hodisalarda, yirik avariya va halokatlarda o`z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari harbiy qismlarni shaxsiy tarkibini manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarliklariga bog`liq. Manaviy –siyosiy tayyorgarlik deb shaxsiy tarkibga va aholiga milliy istiqlol g`oyalarini manaviy yangilanish intizomini yuqori ahloqiy prinsiplarini shakllanishiga aytiladi.

    FM Psixologik tayyorgarlik ostida shaxsiy tarkibning psixologik barqarorligini, ya`ni odamlarda harbiy vazifalarni bajarish qobiliyati, dushmanning kimyoviy yadroviy va biologik hujumida hamda KTEZM o`choqlarida faol va bilimli harakat qilish eng og`ir sinovlarni turli jismoniy va manaviy og`irliklarni muvaffaqiyatli uddalash mardlikni namoyon etish barqarorlikni, chidamlilikni, jasurlik va jasoratni ko`rsatish kabi hususiyatlarni shakllanishi tushuniladi.Manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarlik o`zaro chambarchas bog`liq va yagona ob`yekti– odam hisoblanadi. Tayyorgarlik jarayonini aniqlovchi omil bo`lib odamlarni siyosiy chiniqtirish hisoblanadi. Ular irodasini manaviy ruhiy asosi quyidagilar hisoblanadi:


    • chuqur g`oyaviy ishonuvchanlik;

    • O`zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik;

    • Siyosiy onglilik;

    Ma`naviy siyosiy va psixologik fazilatlar odamni butun hayoti jarayonida oila, maktab, mehnat jamoalari, yoshlar birlashmalari, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar ta`siri ostida shakllanadi.

    Fuqaro muhofazasi harbiy qismlar shaxsiy tarkibi va aholini ma`naviy –psixologik tayyorlash yo`llari, metodlari va shakllari.

    Aholi va F.M. tuzilmalari va Vatan himoyachilari yuqori ma`naviy–siyosiy va psixologik fazilatlarini shakllanishini zarurligini hisobga olgan holda inson ongiga ta`sir etuvchi turli xil usul va metodlarini qo`llashni talab qiladi. Harbiy qismlar aholini mamlakat mudofasini tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda hodisalarda harakatlanishga ma`naviy siyosiy va psixologik tayyorlash bo`yicha g`oyaviy tarbiyaviy ishlar mazmunini boyitish bilan bir qatorda, uni metod, shakl va vositalarini tezkor qo`llash haqidagi doimiy g`amxo`rlikni namoyan qilishi juda muhim.

    Tarbiyalash metodlari

    F.M. harbiy qismlari shaxsiy tarkibida yuqori manaviy, siyosiy va psixologik fazilatlarni tarbiyalash metodlarini asosiylaridan biri bo`lib, qat`iy ishonch hisoblanadi. Prizdentimiz Islom Karimov o`z chiqishlarida respublika F.M.ni takomillashi va mudofa kuchini mustahkamlanishi haqida bayon etgan g`oyalari tug`ri tushinishga yordam berish maqsadida uni aqli, his–tuyg`ulari va irodasiga faol ta`sir ko`rsatishdan iboratdir.

    Tarbiya shakllari: Ma`naviy- siyosiy va psixologik tayorgarlikni amalga oshirishga yordam beradigan g`oyaviy- tasrbiyaviy ishlarni asosiy shakllarini 2 guruhga bo`lish mumkin.

    Birinchi guruhga shunday ish shakllari kiradiki, bunda harbiy qism shaxsiy tarkibi tarbiyalash ob`yekti rolini bajaradi. Bu o`quv tarbiyaviy ishlarini maktablarda, litsiy, kollej va oliy o`quv dargohidagi qo`llaniladigan turli shakllaridir.

    Kollej (ing . college) - 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki K. oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997 yil avg .da qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.

    – sinfiy guruhli mashg`lotlar;

    –qo`mondonlik;

    –shtab mashqlari;

    –taktik – maxsus mashqlar;

    –guruhli mashqlar;

    – shtab mashqlari va amaliy mashg`ulotlar;

    – FMmashqlari va amaliy mashg`ulotlari;

    Bularni amalga oshirishda ketma-ketlik davolilik asosida bo`ladi

    –ma`ruzalar va amaliyotlar;

    –nazariy konferensiyalar va seminarlar;

    –savol va javob kechalari;

    –siyosiy- ma`naviy ,axloqiy va estetik mavzularda munozarali tortishuvlar;

    –FM yosh jangchilari va askarlarining urush faxriylari bilan uchrashuvlari;

    Shuningdek muzeylar, yodgorliklarni tashkil qilish bilan ham, (masalan, jangavor muzey, jangavor burchak, xotira maydoni, tarixiy yodgorliklar) xalq orasida milliy g`urur, ajdodimiz an`analareiga sodiqlik hissini shakllantirishdan iboratdir.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    Fuqaro muhofazasi xizmatining moddiy-texnikaviy ta`minot tizimini tashkillashtirish va uning vazifalari.

    Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:


    1. Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va xalq xo`jaligi ob`ektlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish;

    2. Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq xo`jaligi tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish;

    3. Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofa qudratini hisobga olgan holda fuqaro muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish;

    4. Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, tuman xalq xo`jaligi tarmoqlari) iqtisodiy va ishtimoiy rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.

    Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:

    1. Fuqarolarni havfli vaziyat hususida o`z vaqtida ogohlantirish;

    2. Radiatsiyaga va kimyoviy ta`sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari;

    3. Himoya inshoatlarini saqlash;

    4. Evakuatsiya omillarini o`tkazish (fuqarolarni havfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish);

    5. Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish. Fuqoralarni favqulotda vaziyat haqida ogohlantirish

    Favqulotda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishni har tomonlama omillarida alohida o`rin tutadigan uslub – bu fuqarolarni o`z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi.

    Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi. Bundafuqarolarni ogohlantrishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya`ni bu belgilar degan ma`noni anglatadi.

    Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlari zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo`jaligiga ko`rsatadigan ta`sir hususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi.

    Masalan: a) Atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqaro muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi:, Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bo`ldi. Shu AES atrofida joylashgan korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog`i, yangi qurilayotgan metro stansiyasi, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-joylarga, mahallalarga radioktiv changlarni tushishi kutilmoqda.

    Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o`zlarining, yashovchi uylari germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioktiv chang tushishidan saqlashlari, o`zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi hatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo`riqnomalari asosida olib boriladi.

    b) Xavfli kimyo zavodida avariya:



    v) Yer silkinishi ehtimolida:



    Yer silkinganda inshoatlarda bo`lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi yo`riqnomalariga e`tiborni qarating.

    Radiatsiya va kimyoviy ta`sirlarga qarshi omillar

    RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar (KTZM) ta`sirini kamatirishga mo`ljallangan komleks omillar tushiniladi. RQva KTQ omillarda qo`yidagi vazifalar ko`zda tutiladi:

    a) Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash;

    b) Dozitermik hamda kimyoviy nazoratni tashkil etish va o`tkazish;

    v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqarish;

    g) Radioktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTQ omillari bilan ta`minlash (bunda gazniqoblar, mahsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig`ish, saqlash, taqsimlash);

    d) Radioktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar-qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararlantirish va boshqa omillar).

    Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash.

    Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni baholash- RQ va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni o`tkazishdan maqsad:


    • fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash;

    • ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari;

    • evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko`rsatish hajmi;

    • jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;

    • radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab, foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi.

    Dozitermik va kimyoviy holatni baholash – ob`ektning fuqarolar muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan, razvedka bo`limlari amalga oshiradi (ya`ni radiatsiyaviy-kimyoviy va umumiy razvedka bo`limlari ).

    Oziq-ovqatlar, suv va yemlarning zararlanish darajasi radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozitermik baholashda odamlarni va yer usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi.

    Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bo`yicha odamlarning olgan nur dozalari hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.

    Dozani aniqlovchi ID-1va DKP-50A dozimetrlar 10-12 nafar odam bo`lgan guruhlarda taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur dozasini o`lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda) sexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlarning olgan nur dozalari o`lchanib, jurnalga yozib boriladi. Fuqarolarning umuman olgan nur dozalari qiymatiga qarab, tizim boshlig`i o`sha fuqarolarning ishlash qobiliyatlari va zararlangan hududlarda bo`lgan vaqtlarini aniqlab beradilar.

    Odamlar, tehnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radioaktiv changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mP/soat bilan o`lchanadi. Oziq-ovqat, suv va yemlarni radioaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi va Ki/kg yoki Ki/l da o`lchanadi. Shaxsiy saqlovchi vositalar, tehnika, oziq-ovqat, suv, yashash joylari va ob`ektlarning zaharli moddalar, kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishi kimyoviy jahatdan baholanadi.

    Kimyoviy holatni baholash natijalariga qarab, odamlarni shaxsiy saqlovchi vositalarisiz yurish-turishi, tehnikalarni, inshootlarning degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlarni, suvlarni va boshqa vositalarni zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazorat kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-MB yordamida o`tkaziladi.

    Demak, dozitermik va kimyoviy nazorat o`z vaqtida, to`g`ri o`tkazilsa, odamlarning ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini birmuncha saqlash imkoniyatlariga ega bo`lamiz.

    Radioaktiv va kimyoviy shikastlangan joylarda fuqoralarni saqlash.



      1. Radioaktiv shikastlangan hududda fuqarolarni saqlash.

    Radioaktiv shikastlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

    • Radioaktiv shikastlanish haqida ogohlantirish;

    • Himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana – RSB) ;

    • Zararlangan suv va yemishlardan saqlanish;

    • Zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;

    • Zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish;

    • Zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik;

    • Fuqarolarnisanitar qayta ishlovdan o`tkazish, kiyim–kechak, texnika inshootlarni dezaktivatsiya qilish:

    Radiaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarning hatti-harakatlari, radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:

    Muayyan zararlangan joylarda odamlar, radiatsiyadan saqlanish boshpanalarida (RSB) birnecha soatgacha saqlanishlari va so`ngra oddiy inshootlarda bo`lishlari tavsiya etiladi.

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.

    Ammo korxonalar va yashash maskanlari oddiy rejim asosida amalga oshiradilar.

    b) Kuchli zararlangan joydagi fuqoralar himoya inshoatlarda uch kungacha saqlanishlari va keyingi to`rtinchi kunda oddiy inshoatlarda bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni to`xtatishlari lozim.

    v) Havfli va juda shikastlanishda fuqoralar himoya inshoatlarida uch kundan kam bo`lmasliklari hamda oddiy inshoatlarda ham tashqariga chiqmasdan saqlanishlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda saqlanishi hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan suvdan foydalanish lozim.

    Kimyoviy shikaslanishda fuqoralarni saqlash.

    Havfli kimyoviy korxonalarda fuqoralarni saqlashning asosiy uslublari quydagilardan iborat:


    • kimyoviy shikastlanish havfi haqida ogohlantirish;

    • himoya inshoatlarida (boshpanada) saqlanish;

    • shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

    • antidod va SHKP-8 ni qo`llash;

    • shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish;

    • zararlangan hududlardagi odamlarni evukuatsiya qilish;

    • fuqoralarni sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshoatlarni; transport va texnikalarni degazatsiya qilish.

    Kimyoviy zararlanishda birinchi navbatda razvetka o`tkaziladi: bunda avariyaning aniq joyi, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi, odamlarning zararlangan uchoqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi va yunalishi hamda boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi.

    Zaharlangan fuqoralarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam ko`rsatish shahobchalarga yotqiziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yo`q qilib yuboriladi. Zararlangan hududga chekish ichish himoya vositalarisiz yurish taqiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari, kiyim-kechaklar SHKP-8 bilan zararsizlantiriladi va so`ngra o`zlari to`liq sanitar ishlovdan o`tkazilib, kiyim kechaklar almashtiriladi.



    1. Fuqarolarni va fuqaro muhofaza tizimlarini PQ va KTQ omillari bilan ta`minlash .

    Har bir ob`ektning fuqaro muhofazasi shtabi va uning xizmatli bo`limlari shaxsiy saqlovchi (terini hamda nafas organlarini saqlovchi) va tibbiy vositalar bilan ta`minlashni, saqlashni hamda ularni doimiy texnik tayyor holda bo`lishligini tashkil etadi.

    Shaxsiy saqlovchi vositalarning saqlanishi ish joylariga yaqin bo`lgan yerlarda (sex, bo`lim va boshqalarda) tashkillashtiriladi, agar sharoit bo`lmasa, u holda ish joylarining zahiradagi binolarida, xonalarida saqlanadi. Tinchlik davrlarida ushbu vositalar vaqti-vaqti bilan laboratoriya ko`rigidan o`tkazilib turiladi.



    Shaxsiy saqlovchi va tibbiy vositalar birinchi navbatda favqulodda vaziyatlarda ish bilan mashg`ul bo`ladigan fuqarolarga beriladi. Bulardan tashqari FM tizimlariga kiruvchi fuqarolar resperatorlar bilan ham ta`minlanadilar. Ishlamaydigan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar – paxta dokali taqqichlar va changdan saqlovchi matoli niqoblar bilan ta`minlanadilar. Terini saqlovchi vositalar bilan faqat zararlangan o`choqlarda (radioaktiv moddalar, zaharli birikmalar, biologik ta`sirlar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar, KTZM bilan shikastlangan hududlar) xizmat ko`rsatuvchi fuqarolar muhofazasi tizimlari ta`minlanadi.

    Favqulotda vaziyatlarda xalq xo`jaligi tarmoqlarida xizmat qiladigan fuqarolar shaxsiy saqlovchi vositalarni o`z ish joylaridan, ish bilan mashg`ul bo`lmaganlar esa turar joy massivlaridan oladilar.
    Download 163,5 Kb.
    1   2   3




    Download 163,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favqulodda vaziyatlar ta`rifi, tasnifi

    Download 163,5 Kb.