Ishning tuzilishi va hajmi. Ushbu bitiruv ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, hajmi ________ betdan tashkil topgan.
BIRINCHI BOB.
ZAMONAVIY O`ZBEK QISSALARIDA KOMPOZITSIYA MASALASI
I.1. Qissa kompozitsiyasi va real voqelik
Kompozitsiya badiiy asar roetikasida muhim rol o`ynovchi vositalardan biridir.Qissada har qanday badiiy ijod namunasida bo`lgani kabi kompozitsiya alohida o`rinni egallaydi. Yozuvchi voqea va xarakterni tasvirlashda kompozitsion butunlikni saqlashi lozim. Aks holda, asarning badiiy saviyasiga putur etadi.
Ma`lumki, kompozitsiya badiiy asarning ta`sir kuchini oshiradigan, emotsionalligini kuchaytiradigan, hayotdagi tasodifiy, o`tkinchi hodisalarni emas, yozuvchi nuqtai nazaridan, eng muhimi, eng xarakterli hodisalarni tanlab olishga yordam beradigan omillardan biridir.
Badiiy asarning kompozitsiyasi, umuman mushtarak qonuniyatlar asosida yaratilsa-da, har qaysi janrning o`ziga xosligidan kelib chiquvchi alohida talablar va printsiplar ham bo`ladi. Chunonchi, roman ham, qissa va hikoyada ham kompozitsiya voqealarni, syujetni asarning asosiy g`oyasidan iborat markaz atrofiga ixcham va muvofiq uyushtirish printsipi asosida qurilishi kerak. Bu - umumiy qonuniyat. Shu bois qissa janrining o`ziga xosligi uning kompozitsiyasini ham puxta tuzilishini, ortiqcha tafsilotlardan holi bo`lishini taqazo qiladi.
Ma`lumki barcha janrlardagi kabi qissada ham ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kul’minatsiya, echim kabi qismlar mavjud bo`ladi. Bu komponentlarning hammasi qissada ketma-ket qat`iy tartibda kelishi shart emas, albatta. Ular o`rin almashgan bo`lishi yoki ulardan ba`zi biri tushib qolishi ham mumkin. Bu yozuvchiga bog`liq. Muhimi berilmoqchi bo`lgan fikrni kitobxonga etkazish, qissani kompozitsion jihatdan qura bilishi ham uning badiiy jihatdan mukammal chiqishiga yordam beradi.
“Asarning kompozitsiyasi, dastavval muallifning tasvir etilayotgan hayotiy materialga munosabati bilan tayin etiladi, ya`ni kompozitsiya birinchi navbatda g`oyaviy - estetik kategoriya (tushuncha)dir. Yozuvchi nuqtai nazari kompozitsiyaning hal etuvchi elementidir...
Hayotda uchragan qanday kishilarni va nima sababdan tasvir markaziga qo`yishni yozuvchining hayotga qarashi, uning g`oyaviy - estetik nuqtai nazari hal etadi"2.
Murod Muhammad Do`stning "Galatepaga qaytish yoxud saodatmand G`aybarov rivoyati" nomli qissasi bunga misol. Qissa 80-yillarning birinchi yarmida yaratilgan. Asar qadimiy milliy urf-odatlardan biri aza tasvirlari bilan boshlanadi. Qissa qahramoni G`aybarov, kech bo`lsa ham, marosimga etib keladi. Uni eng yaqin qarindoshlari ko`zda yosh bilan kutib oladi.
"G`aybarov ukasiga indamay go`rga yaqinroq bordi. Qoraygan lahad og`zida turgan Naim amaki unga yig`lamsirab mo`ltiradi. Kimdir tobutning iplarini echdi. G`aybarov otasining oq kigizga o`ralgan jasadini avaylab ko`tardi, go`r qiblasidan kelib, Naim amakiga uzatdi…
Kigiz oq, kafan oq - murdaning lahadga o`tgani sezilmadi.
... oq pilla ichida oppoq bir g`umbak.
Xiyol o`tib, lahad ichidan Mannonning guvillagan ovozi keldi:
-Xudo u dunyosini bersin, makoni keng... Salimboyga rahmat!...
Salimboy, lahadni qazigan odam, go`r labida turgan edi.
-Muning savobi ko`p, - dedi u, -Oqsoqol jannati odam, Mannonboy. Makoni keng bo`lsin, iloyim, makoni nurga to`lsin!...» 3
SHu taxlitda asarga Rayim oqsoqol obrazi kirib keladi. Yozuvchining maqsadi endilikda realistik tasvir usulida ochila boradi. Rayim oqsoqol o`g`liga har oy pul yuborib turgan. Toshpo`lat G`aybarovning puli tugagach, Galatepaga qaytib keladi, otasining mulla CHori bilan suhbatlashib turganini ustidan chiqadi. Ushbu kichik mustaqil syujet asar kompozitsiyasida turg`un syujet funktsiyasini bajargan.
YOzuvchi syujet rivoji uchun shunday hayotiy detallarni tanlaydiki, bu detallar Raim oqsoqolning sir-asrorini, xarakterini yorqin ko`rsatib turadi. G`aybarovning ukasi Mannonboy alohida yashash taraddudiga tushib qoladi. Otasi undan bir mashina tsement bilan yordam qilishni so`raydi. Bu muammoni Kamol bilan uchrashib hal qilishini aytadi. Rejadagi bu ishlar amalga oshmasa, tsementni o`zim topib kelaman, deb ogohlantiradi u. Bu detal Raim oqsoqolning xarakteri – cho`rtkesarligini ko`rsatadi.
YOzuvchi Raim oqsoqolning dafn marosimidagi voqealarni G`aybarovning nigohi orqali tasvirlaydi. Va dahriy G`aybarov bilan mustar G`aybarovning ma`naviy dunyosini ochib beradi.
"Mulla CHori, qo`lida tuproq solingan ko`k chorsi, G`aybarovning yoniga keldi:
-Bir siqim tuproq tashlang, o`g`lim.
G`aybarov erga engashib, go`r labida uyulgan nam tuproqdan bir kaft oldi.
-Tuproqqa dam soling, o`g`lim, - dedi mulla CHori.
G`aybarov pichirlab duo o`qirkan, go`rning narigi tarafida turgan ukasi Zokirni ko`rdi. Keyin birdan ko`zlari tindi. Zokir xiralashib, tepaga uchib ketganday bo`ldi" ( 7-bet).
Qissa Raim oqsoqolning erga qo`yilishi voqeasi bilan boshlanadi. Asarda G`aybarovning shaxsiy va oilaviy sir-asrorlari oshkora bayon etilmaydi. Qissanavis bu erda fabuladan o`rinli foydalangan
Otasining o`limi haqidagi o`ylar G`aybarovga tinchlik bermaydi, u dafn marosimida bunday o`ylardan iztirobga tushadi. «... ko`mishadi, et suyakdan ajraladi, so`ng suyakning bir o`zi qoladi. Umurtqa ochiladi, xuddi tuproqday, xuddi kaftimdagi tuproqday, oxiri xok, xok bo`ladi?...» -shunday o`ylar uning xayolidan kechadi.
Bir kaft tuproq detali yordamida yozuvchi G`aybarovning o`lim haqidagi o`ylarini ochib beradi. Har bir detal’ asarda tasvirlanayotgan voqea ruhiga mos tushadi.
Raim oqsoqolning dafn marosimida ko`ngilga qattiq botadigan gaplar aytiladi. Ayniqsa, "Bekiting, qaytib chiqmaydigan bo`lsin!.." deyilgan so`z G`aybarovning qalbini ag`dar-to`ntar qilib yuboradi. Bu gapni aytgan Turdiqul, Raim oqsoqolni otasining qotili deb o`ylardi. Holbuki, bu mudhish voqeaning sababchisi Ochil Kuch edi:
"Ochil Kuch maqtanganda, Raim oqsoqol nochor iljayardi. Aslida, Panji o`g`ri devor oshib qochmagan, qo`llari rasmana bog`log`liq, keng ko`chada oldinga tushib ketayotgan mahali otilgan edi. Keyin uni qochdiga chiqarishdi...
Panji o`g`ri odam bo`lib, beliga belbog` boylaganidan beri Ochil Kuchga o`xshagan hovliqma, pishangtalab mardumni pisand qilgan emas. Agar u uchinchi gal ham omon qaytsa, Raim oqsoqol bilan o`zining ammasini otgan bo`lardi. Panjini sotgan kishi shu Amma edi. O`g`irlab keltirgan tillasini bekitib, o`zini Raim oqsoqolga sotgan" (9-10-betlar).
Raim oqsoqolning o`limi sabab butun bir Galatepa odamlarining sarguzashtlarga boy tarixi birin-ketin tasvirlanadi. Shunday fabula bilan boshlangan qissada, qahramonlarning o`ziga xos hayoti mahorat bilan tasvir etiladi. Hatto Turdiqulning soch-soqoliga oq tushishida ham ramziy ma`noni ko`ramiz.
Toshpo`lat G`aybarov otasining dafn kuni bundan yigirma yillar oldin ro`y bergan voqealarni ko`z o`ngidan o`tkazadi.
Qissada Raim oqsoqolning o`limidan so`ng, yig`i-sig`i sahnasi bor. Mazkur sahna bir necha epizodik obrazlarni yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Bu- Toshpo`latga e`tiqod qo`ygan mulla Soat obrazi. U Hazrati Alining ikki o`g`li vafot etganida Odam Atoning kelishi va o`limning ota meros ekanligi haqidagi rivoyatni aytib beradi. Soatboy bilan mulla CHori o`rtasidagi tortishuvdan keyin inson bilan tuproqning qadimiy aloqasi haqidagi ibratli rivoyat qissa sahifasidan joy oladi.
"-Muning tarixi uzoq, - dedi mulla CHori. -Xudo etti qabat osmonni yaratdi, farishtalarni, maloikalarni, jinlar va moridlarni va eng oxirida odamni, siz aytgan Odam Atoni yaratdi. Uni yaratmoqdan avval Jabroilni Zaminga yubordi. Jabroil pastga tushdi, erdan bir kaft tuproq olib, tag`in osmonga uchdi...» (23-bet).
Mulla CHori aytgan rivoyat davradagilarni hayratga soladi. Tasvirlangan voqea zamirida hayotiy haqiqatning yotishi, voqeani hikoya qilgan personaj tilining jonli, shirali, xalqona ekanligi va muallifning bu voqeaga munosabati uning asar kompozitsiyasida tutgan o`rnini yanada kuchaytiradi.
Hayotning jonli manzarasi G`aybarov obrazi Mulla Soat bilan mulla CHorining diniy mavzuidagi bahslari, CHorining urush yillari nemislarga asir tushgani sahifalarda o`ta yorqin tasvirlanadi.
Qissaning navbatdagi ikkinchi qismi "Opa" deb nomlangan. Bu qismdagi voqealar ham G`aybarovga kelib bog`lanadi. Opa obrazi tufayli Toshkent voqealari, oliy o`quv yurtlari bilan bog`liq epizodlar, opaning yurak to`la dardlari tasvirga tortiladi.
Qissaning "Murod amaki" deb nomlangan uchinchi qismida Toshpo`lat G`aybarovning Murod amaki bilan bo`lgan muloqotlari tasvirlangan. G`aybarov kishilardagi yaxshi insoniy fazilatlar, yaxshiliklarning ko`p qismini Murod amakida ko`rdi. Yillar o`z kuch-qudratini ko`rsatgan, amakining soch-soqoliga oq oralagan edi.
Murod amakining ham boshqalarnikiga o`xshamaydigan o`z tarixi bor. U urush yillari, tahlikadan jon saqlab qolish uchun tegirmon tagiga yashiringan. So`ngra urushga borib, sog` -omon qaytib kelgan.
Umuman, Murod amaki obrazi asarda alohida o`rin tutadi. Yozuvchi bu obrazni tasvir doirasiga olib kirar ekan, uning «zimmasi»ga alohida vazifa yuklaydi. Murod amaki asardagi hamma obrazlar, xususan, bosh qahramon uchun ham ma`naviy tayanch vazifasini o`taydi. Pirovardida aqldan ozgan bu odam qissadagi yagona ezgulik ramzi bo`lib qoladi.
Qissaning "Qizil olmalar" deb nomlangan qismida G`aybarovning bolalik yillari tasvirlangan. Qissaning bu qismida Anzirat va Oysha obrazlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi.
YOzuvchi qissada galatepaliklarning o`ziga xos dunyosini ochishni maqsad qilgan. Gap Raim oqsoqolning dafn marosimi haqida ketar ekan, uning o`g`li Toshpo`lat G`aybarov ham voqealar jarayonidan o`rin oladi. Yozuvchi G`aybarovning turli davrdagi kechinmalarini o`ziga xos usulda hikoya qiladi. Tasvir davomida muallif asar to`qimasiga Oysha ismli qahramonni olib kiradi. Oysha-turmush tashvishlarini engib yashayotgan oddiy o`zbek ayoli. Uning kechinmalari yozuvchi tomonidan nihoyatda ishonarli tasvirlangan.
Qissada bir qancha ayollar xarakteri yaratilgan. "Uch kun avval" deb nomlangan qismda ham turmushda uchrovchi juda ko`p g`aroyib voqealar: G`aybarovning bozordagi uzumfurush bilan besh so`m ustida talashishi, Qobil va Zamira bilan uchrashish lavhalari tasvirlangan. Toshpo`lat G`aybarovning Zamirani sevib qolishi bilan bog`liq nuqtalar asarda juda o`ziga xos tasvirlangan. Zamira bilan G`aybarovning ishqiy munosabatlari tasviridan so`ng qissaning "Samad" deb nomlangan qismi boshlanadi. Bu qismning o`ziga xos ekspozitsiyasi bor. (G`aybarov Samad bilan talabalik yillaridan beri do`st, ular bir shahardan, ikkisi ham fan nomzodi, oralaridan qil o`tmaydi). Bu qismda tasvirlangan syujet chizig`ining o`ziga xosligi shundaki, Samad Toshpo`latdan oldin uylangan bo`lib, Ma`suma bilan shirin turmush kechirishadi, qizlari bor. Toshpo`lat har kelganda uning qizi bilan o`ynab, ko`nglini ko`taradi. Bu syujet bo`lagi mustaqil chiziqni tashkil etadi: Samad G`aybarovni sustkashlikda ayblab, direktor Haykal G`anievichga maqolalar yozib berganini pisanda qiladi va o`zining doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamayotganligini yuziga solib, u bilan bahslashadi. Bu qismda tasvirlangan voqea o`ziga xos ekspozitsiya vazifasini o`tab, asarning kul’minatsion nuqtasiga ko`tariladi.
Qissaning shundan so`nggi qismi "Muhabbat" deb nomlangan. Unda G`aybarovning Inora ismli qizni yaxshi ko`rib qolgani tasvirlanadi. Bu qiz G`aybarovning sustkashligi tufayli bir ucharga yo`liqib, nomusini barbod etadi va shu sababdan Toshpo`lat G`aybarovning muhabbatini rad etadi.
Qissaning «SHoir» deb atalgan qismida o`tmishdagi ma`naviy madaniyatimizning bugungi kundagi ahamiyati haqidagi ilmiy munozaralar, shoirning turli qiyofalarga kirib, o`z asosiy ishidan chalg`ib ketishlari hajv etilgan.
Bu syujet qismlarini o`zaro bog`lab turuvchi asosiy nuqta asar kompozitsiyasining muvaffaqiyatini belgilagan.
"Ikki kun avval" degan qismda Haykal G`anievich Toshpo`latni katta bir yig`inda islom mavzuida nutq so`zlashga taklif etadi. G`aybarov esa gapni islomning uzoq tarixidan boshlaydi. U devlar va jinlar, roviylarning yuzaga kelishi, Muhammad payg`ambarning paydo bo`lishi to`g`risida gapirib, tarixiy davrga xarakteristika beradi. Shundan so`ng Sulaymon payg`ambarning bo`ysunmagan jinlarni ko`zalarga solib ta`qib etishi-yu, devlarning bahaybat qiyofaga ega ekanligi to`g`risida gapiradi.
Jinlar bilan devlarni taqqoslab, devlarning ustunligini birin-ketin ochib boradi. Bu gaplardan zalda jonlanish paydo bo`ladi. Ma`ruza yig`ilganlarga kuchli ta`sir etadi.
Qissa ateistik targ`ibot kuchaygan bir paytda yaratilgan. Yozuvchi hech ikkilanmasdan o`sha davr ateistlarining ma`naviy dunyosini ochib bera olgan. Muallifning o`zi ham masalaga jiddiy yondashib, kitobxonni davr jarohatlarining mohiyatini tushunishga chaqiradi. Qissa qahramoni G`aybarov - ilm odami. U islom dinining tarixi va nazariyasini mukammal biladi. Lekin davr G`aybarov kabi fikrlaydigan kishilarning hatti-harakatlarini cheklab qo`ygan.
YOzuvchi qalamga olgan mavzuning nihoyatda murakkab va muhimligi "Galatepaga qaytish" qissasining badiiy va ijtimoiy qimmatini belgilagan. Syujet obrazlarning mantiqiy shakllanishi bo`lgani kabi, kompozitsiya temaning mantiqiy davomidir.
Toshpo`lat G`aybarov ilmiy jamoatchilik o`rtasida obro`-e`tibor qozonadi. Ma`ruza notiqning insoniyat tarixini chuqur o`rganganligidan dalolat beradi. Ma`ruza paytida Haykal G`anievich Toshpo`lat G`aybarovning kamchiliklarini to`ldirishga intiladi. Mavzuning asl mohiyatini ochish zarurligini ta`kidlaydi. Jin, devlar ezgulikdan yiroq, yovuzlik timsollari ekanligini aytadi. Lekin Toshpo`lat G`aybarov bo`sh kelmaydi ilohiy dunyodagi jamiki razilliklarni yuzaga kelishiga faqat jin va devlar sababchi emas, balki bu dunyo odamlarining ham “hissasi” borligini uqtiradi.
G`aybarov va Haykal G`anievich o`rtasida bo`lib o`tgan tortishuv har ikkala qahramonning ichki dunyosini yanada chuqurroq ochib berishga xizmat qilgan. G`aybarov so`fiylar haqida ilmiy ish qilish niyati borligini aytadi. Haykal G`anievich esa bu qiyin mavzu deb, G`aybarovga e`tiroz bildiradi. Bu bilan u G`aybarovning ko`nglini ko`tarmoqchi, ikkinchi tomondan, uning munosabatini bilmoqchi bo`ladi. Holbuki Haykal G`anievich aslida sodda inson, buni o`zi ham tan oladi.
Qissada Rayim oqsoqolning o`limi va unga bog`liq voqea-hodisalar tasviri bilan bir qatorda, ilm-fanga daxldor masalalar ham o`rin olgan.
Qissa bosh qahramoni G`aybarov o`ziga xos xarakter bilan adabiyotimiz arsenalida yangi obraz sifatida e`tirof etildi. G`aybarov obrazini berishda yozuvchi psixologik tahlil imkoniyatlaridan keng foydalandi. Uning tabiatidagi ichki va tashqi to`lqinlarni aks ettirish evaziga, G`aybarov xarakteriga xos barcha nuqtalarni ochishga muvaffaq bo`lgan. Yozuvchi voqea-hodisalarni ruhiy tahlil yordamida rivojlantiradi. Otasining o`limi G`aybarovni xayol ummoniga g`arq etdi.
|