|
Gorizontga burchak ostida otilgan jism xarakati. Masalaning qo’yilishi. Tanlangan dasturlash tili muhitida modelni tayyorlash. Hisobli eksperiment
|
bet | 104/135 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,08 Mb. | | #250347 |
Bog'liq Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish12 mavzu
Gorizontga burchak ostida otilgan jism xarakati. Masalaning qo’yilishi. Tanlangan dasturlash tili muhitida modelni tayyorlash. Hisobli eksperiment.
Reja:
1. Gorizontga burchak ostida otilgan jism xarakati.
2.Masalaning qo’yilishi.
3.Tanlangan dasturlash tili muhitida modelni tayyorlash.
4. Hisobli eksperiment.
Balandligi h ga teng bo‘lgan stol ustida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanayotgan sharcha (zoldir)ning harakatini kuzataylik. Dastlab sharcha o‘z inersiyasi bilan stolning ustki qismida to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi.
Rasm 47. Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati.
Sharcha stolning chetidan yerga yetib kelguncha ikkita harakatda qatnashadi. Ya’ni, dastlabki yo‘nalishda o‘z harakatini davom etti rayotganligi hamda vertikal yo‘na lishda harakatlanib, pastga tushayot ganligini ko‘ramiz. Sharchaning bu harakati biror balandlikdan gorizontal otilgan jismning harakatiga misoldir. Bu harakatni tavsifl ash uchun XOY koordinata sistemasini tanlab olib, uni otilish nuqtasiga bog‘laymiz (Rasm 14). Havoning qarshiligi hisobga olinmas darajada kichik bo‘lganda, jism gorizontal yo‘nalishda o‘zgarmas 0 tezlik bilan tekis harakat qiladi. Shuning uchun istalgan t vaqtdan keyingi gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishi yoki uchish uzoqligi quyidagicha hisoblanadi:
x = s =0 · t. (1.21)
Jism tezligining x va y o‘qlardagi proyeksiyalari quyidagicha ifodalanadi:
x=0 , y= – g·t. (1.22)
Jism vertikal yo‘nalishda esa h balandlikdan boshlang‘ich tezliksiz tekis tezlanuvchan harakat qilib erkin tushadi. Shuning uchun istalgan t vaqtdan keyingi vertikal yo‘nalish bo‘yicha vaziyati quyidagicha hisoblanadi:
(1.23)
Gorizontal otilgan jismning XOY tekislikdagi harakat trayek toriya sining tenglamasi (1.21) va (1.23) ifodalarga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
(1.24) ifoda parabola tenglamasini ifodalaydi. Demak, gorizontal otilgan jism parabola chizig‘i bo‘ylab harakat qiladi. h balandlikdan otilgan jismning uchish vaqti
ifoda yordamida aniqlanadi. U holda jismning uchish uzoqligi
ko‘rinishni oladi.
Gorizontal otilgan jism bir vaqtning o‘zida gorizontal yo‘nalishda tekis va vertikal yo‘nalishda tekis tezlanuvchan harakat qilib, erkin tushadi. Harakatning oxiridagi (t vaqt o‘tgandan keyin) gorizontal va vertikal yo‘nalishidagi tezliklar mos ravishda x q0 va y q g · t bo‘ladi. U holda jismning yerga tushishidagi tezligi quyidagicha aniqlanadi:
Yoki
Egri chiziq bo‘ylab harakatlanayotgan jismning ko‘chishi uning bosib o‘tgan yo‘liga teng bo‘lmaydi. Shuningdek, gorizontal otilgan jismning harakati davomida tezlik vektorining moduli va yo‘nalishi uzliksiz o‘zgarib turadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gorizontga burchak ostida otilgan jism xarakati. Masalaning qo’yilishi. Tanlangan dasturlash tili muhitida modelni tayyorlash. Hisobli eksperiment
|