• Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi.
  • Bitiruv malakaviy ishining metodlari –




    Download 0,52 Mb.
    bet9/18
    Sana11.04.2021
    Hajmi0,52 Mb.
    #14205
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bitiruv malakaviy ishining metodlari – akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika fani o’qituvchilarning ish tajribalarni kuzatish, tahlil qilish bo’lib hisoblanadi, shuningdek, o’qituvchi va o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish, so’rovnoma o’tkazish, tahlil qilishdir.

    Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Malakaviy bitiruv ishi 14264 so’zdan iborat bo’lib, 60 betda bayon etilgan, bunda u: kirish, 2 bob, xotima, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va 2 chizmadan tashkil topgan.
    I. FIZIKA FANINI O’RGANISHDA INFORMATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI.

    1.1. Axborot texnologiyalari sohasini isloh qilish – davr talabi

    Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, jahondagi tinchliksevar davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqimiz farovonligi va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash yo‘lida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘zgarishlar samarasi o‘laroq yurtimizda barqarorlik va ahil-totuvlik, bunyodkorlik hukm surmoqda, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar kishilarimizda ertangi kunga ishonch tuyg‘usini mustahkamlamoqda.

    Mamlakatimizda demokratik islohotlar jadal olib borilayotgan bir paytda Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ning e’lon qilinishi ijtimoiy-siyosiy hayotimizda muhim voqea bo‘ldi. Ayniqsa, Konsepsiyada mamlakatni isloh etish va demokratlashtirishning bir necha ustuvor yo‘nalishlari belgilanishi kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida navbatdagi bosqichni boshlab berdi.

    Ma’lumki, har qanday jamiyatning taraqqiy etishi boshqa muhim masalalar qatori avvalo axborot va so‘z erkinligi ta’minlanishiga bog‘liq. Konsepsiyaning uchinchi yo‘nalishi mazkur sohani isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlashga bag‘ishlangan, bu sohadagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

    Axborot oqimi shiddat bilan turmush tarzimizga kirib kelayotgan bugungi kunda bu sohani taraqqiy ettirish jahondagi makrofaktorlardan biridir. O‘tgan yillar davomida axborot sohasini isloh qilish, ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar qilindi. Ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va me’yorlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik asosi yaratildi. Shu bilan birga, OAV ni rivojlantirish, axborot sohasini demokratlashtirish jarayonida OAV ning faol ishtirokini ta’minlash uchun yangi qonunlar qabul qilishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

    Mazkur zaruratdan kelib chiqib, Prezidentimiz taklif etgan Konsepsiyada «Davlat hokimiyati va bosh­qaruvi organlari faoliya­tining ochiqligi to‘g‘risida», «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalari faoliya­tining iqtisodiy asoslari to‘g‘­risida», «Ommaviy axborot ­vositalarini dav­lat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘­risida» qonunlar qa­bul qilish, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi ­va boshqa tegishli qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar ki­ritish, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qo­nun me’yorla­rini yanada takomillashtirish fikri ilgari surildi.

    Huquqiy me’yorlarni to‘g‘ri targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyosdir. Shu bois, axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash fuqarolarning qonunga ongli itoat qilishini ta’minlaydi, o‘zining kuchli intellektual salohiyati bilan bu vositalar yoshlar ongiga, ularning ijtimoiylashuviga katta ta’sir o‘tkazadi. Bu esa yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash milliy tizimini yanada takomillashtiradi.

    Prezidentimiz konsepsiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatining samarali huquqiy mexanizmini yaratish, bunda keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tishi bejiz emas. Chunki fuqarolarni qonun-qoidalar asosida yashashga o‘rgatish ham ommaviy axborot vositalari, xususan, ularning ta’sirchan usullari yordamida amalga oshiriladi.

    Konsepsiyada ommaviy axborot vositalari sohasidagi qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media tuzilmalar ishini faollashtirish uchun keng ko‘­lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ham ta’kidlandi. Bu esa axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy axborot makonini izchil rivojlantirishga qaratilgandir.

    Umuman olganda, Yurtboshimiz ilgari surgan Konsepsiya tobora takomillashib, murakkablashib borayotgan dunyoda bizning o‘rnimiz, yo‘limiz va istiqbolimizni yanada aniq ko‘rsatib berdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mazkur Konsepsiya O‘zbekistonni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida yigirma yil oldin boshlangan jarayonni davom ettirish bo‘yicha uzoq muddatli aniq harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi ma’ruzasi, xususan, «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi.

    Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» – deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.

    Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda, sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu «Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt», O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.

    Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi:

    – «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil, 15 yanvar);

    – «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil, 24 aprel);

    – «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil, 24 aprel);

    – «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil, 12 dekabr);

    – «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil, 30 avgust);

    – «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil, 20 iyul);

    – «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil, 25 dekabr);

    – «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil, 7 may);

    – «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil, 20 avgust).

    O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.

    Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.

    Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi umumiy soni 1366 tani (2013.01.07. holatiga) tashkil etadi. E’tiborlisi shundan iboratki, 1991-yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aiytganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar ham aynan elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV jami OAV’ning 60 foizini tashkil etadi.

    Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7ta tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi. Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda. 2010 yil, 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.

    Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.

    Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensiyalarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalarda o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011 yil noyabr oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

    O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hozirda ekspert guruhining muhokamalaridan o‘tkazilmoqda. Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012 yil to‘rtinchi choragida Hukumatga kiritiladi.

    Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samarali foydalanish, matbuot erkinligi va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.

    Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib, bu qonunlarni yana ko‘p yillarga xizmat qilishi uchun ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi.

    Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini mustahkamlash, ayniqsa, sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berildi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

    Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir.

    Mustaqillik yillarida ushbu tarmoqni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar qilindi. Eng avvalo sohaning huquqiy asosi yaratildi, qator qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 1996 yilda qabul qilingan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil, 11 iyundagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom», 2006 yil, 16 aprelda O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1561-raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006 yil, 15 martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 29-sonli buyrug‘i shular jumlasidandir. Shuningdek, noshirlar malakasini oshirish, sohaning texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratildi. Bu bevosita kitoblarning saviyasi, sifatining oshishiga va xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarilishiga olib keldi.

    Istiqlolga erishganimizdan so‘ng sohada katta o‘zgarishlar yuz berdi. Agar 1990-yilda Respublikada 9ta nashriyot faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning umumiy soni 107 taga (2013 yil, 01.07. holatiga) yetgan.

    Mustaqillik yillarida ushbu tarmoqni rivojlantirish yo‘lida sohaning huquqiy-me’yoriy bazasini shakllantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil, 2 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida»gi 52-sonli qarori, 2002 yil, 27 dekabrdagi «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 454-sonli qarori, 2006 yil, 16 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1561-raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006 yil, 15 martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi 29-sonli buirug‘i shular jumlasidandir.

    Davlatimiz tomonidan yaratilgan keng sharoit tufayli matbaa korxonalarining rivojlanishi, sohaga yangi texnologiyalarning kirib kelishi bilan ichki bozorimizdagi matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj qondirila boshlandi. O‘z navbatida, bu jarayon ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati oshib borishiga ham olib keldi. Yaratilayotgan keng imkoniyat sababli, so‘nggi yillarga kelib, matbaa korxonalarining soni ham ortib bordi. Agar 1990 yilda Respublikada 149 ta bosmaxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning soni 1630 taga (2013.01.07. holatiga) yetgan.

    Mamlakatimizdagi bosma mahsulotlar bozorining ehtiyojlarini qondirishda xususiy matbaa korxonalarning o‘rni ortib bormoqda. Chunki ularning ko‘pchiligi respublikamiz matbaa mahsulotlari bozorini zarur mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholining kitob, jurnal, daftar va boshqa matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish kabi muhim vazifani ado etishda o‘zlarining beg‘araz hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

    Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.


    Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklorasiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.

    Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.

    Mustaqillik yillarida yaratilgan keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot vositalarimizning soni bugungi kunda 1392 tani (01.01.2015 yil holatiga) tashkil etadi. Bular 689 ta gazeta, 283 ta jurnal va 100 ta TV va radiolardir.

    Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 2015 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 304 ta veb-sayt ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda veb-saytlarning 79 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir. Hozirda mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 58,7 foizini tashkil etadi. 

    Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilaetgan islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib bu qonunlarni yana ko‘p yillarga hizmat qilishi uchun ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi.

    Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini mustahkamlash, ayniqsa sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari ayniqsa diqqatga sazovordir. Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir.





    Download 0,52 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishining metodlari –

    Download 0,52 Mb.