• Nazorat uchun savollar
  • Adabiyotlar
  • Mavzu: Yorug’likning qutblanishi. Polyarimetriya. Issiqlik nurlanishi va ularni xarakteristikasi. Reja
  • Tayanch so’z va iboralar
  • Yorug’likning qutblanishi. Tabiiy va qutblangan yorug’lik.
  • Fizika” fani bo’yicha




    Download 12,13 Mb.
    bet61/74
    Sana30.12.2019
    Hajmi12,13 Mb.
    #6531
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74

    5. Yorug’likni sochilishi.

    Bir jinsli muhitda ikkilamchi to’lqinlar birlamchi to’lqinlarning tarqalishi yo’nalishidan boshqa hamma yo’nalishda bir-birini butunlay so’ndiradi. Shuning uchun yorug’likning yo’nalishlari bo’yicha qayta taqsimlanishi , ya’ni yorug’likning sochilishi yuzaga kelmaydi. Birlamchi nurning yo’nalishda ikkilamchi to’lqinlar bilan interferensiyalanib, fazoviy tezligidan farq qiladigan natijaviy to’lqinni yuzaga keltiradi. Yorug’likning sinishi va dispersiyasi yuqoridagi hol bilan tushintiriladi. Yorug’lik to’lqinlari muhitning bir jinslimasliklarida difraksiyalanib, intensivligining hamma yo’nalishi bo’yicha bir xil taqsimlanganligi bilan xarakterlanuvchi difraksion manzarani hosil qiladi.

    Optikaviy birjinslimasliklari aniq ifodalangan muhit nomlari loyqa muhit nomi bilan yuritiladi. Bularga: 1) tutun, ya’ni gazlardagi muallaq holda yurgan maydon zarralar; 2) tuman – gazlarda – muallaq holda yurgan suyuqlikning mayda tomchilar; 3) suyuqlikda muallaq suzib yuruvchi qattiq zarrachalardan hosil bo’lgan suspenziyalar; 4) bir suyuqlikning mayda zarralarining, boshqa birinchisini eritmaydigan suyuqlikda muallaq yurishlaridan hosil bo’lgan emul’siyalar; 5) sadaf, opal, sutdek oppoq shisha kabi qattiq jismlar kiradi.

    Yorug’likning yon tomonlariga sochilishi tufayli intensivlikning tarqalish yo’nalishi bo’yicha kamaya borishi faqat birgina yutilish bo’layotgan nisbatan tezroq yuz beradi. Shu sababli loyqa muhit uchun (17) ifoda haqiqiy x yutilishi koeffisenti ham tushirishi kerak, ya’ni J = J0 e-(x=x') e X kattalik ekstinksiya koeffisenti deyiladi. Agar bir jisnslimaslar o’lchovi yorug’lik to’lqin uzunligidan kichik ( -0,1λ atrofida) bo’lsa, sochilgan yorug’lik intensivligi J yorug’lik chastotasining to’rtinchi darajasiga to’g’ri proporsional yoki to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga teskari proporsional:

    J~ w4~1/ λ4

    Bu bog’lanish Reley qonuni nomi bilan yuritilgan. Yorug’lik to’lqini ta’siridagi elektronning harakati garonik r = rm coswt qonun bo’yicha sodir bo’ladi. bu holda tezlanish w2 ga proporsional. Demak nurlanish intensivligi w4 ga proporsional qonuniyatining namoyon bo’lishini loyqa suyuqlik solingan idishdan oq yorug’lik dastasini o’tkazib kuzatish onson. Yorug’likning sochilishi tufayli dastaning suyuqlikdagi izi idishning yon tomonidah yaxshi ko’rinadi, yorug’likning qisqa to’lqinlari uzunlariga qaraganda kuchlik sochilganligi sababli bu iz havo rang bo’lib ko’rinadi. Suyuqlikdan o’tgan dasta katta uzun to’lqinli nurlanish bilan boyib, E ekranda, oq rangning o’rniga qizg’ish sariq dog’ hosil qiladi. Dastaning idishda kirish oldiga polyarizator qo’yib, birlamchi dasta yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan turli yo’nalishlarda. Sochilgan yorug’lik intensivligining bir xil bo’lmaganini sezamiz. Dipol’ nurlanishning yo’nalishga ega bo’lishi birlamchi dastaning tebranish tekisligi bilan mos tushgan yo’nalishlarda sochilgan yorug’lik intensivligining amalda nolga teng bo’lishiga tebranish tekisligiga tik yo’nalishda maksimal bo’lishiga olib keladi. Optikaviy bir jinslimaslik namoyon bo’lish sababini zichlik fluktuasiyasidan deb topdilar. Bu fluktuasiyalar modda molekulalarining tartibli harakati tufayli yuzaga keladi: shuning uchun molekulalar sababchi bo’lgan yorug’likning bu tur sochilishi deb atalgan. Zichlik fluktuasiyasining ortishi uchun ayniqsa modda kritik holatining yaqinida qulay sharoit yuzaga keladi. Bu fluktuasiyalar yorug’likning shunday intensiv sochilishiga olib keladiki, yorug’lik yo’lidagi modda solingan ampula butunlay qora bo’lib ko’rinadi.


    Nazorat uchun savollar:

    1. Elektromagnit to’lqin qanday vujudga keladi?

    2. Yorug’lik to’lqin nimadan iborat?

    3. Yorug’lik interferensiyasi qanday sodir bo’ladi?

    4. Qanday to’lqinlar kogerent bo’ladi?

    5. Yung tajribasi qanday amalga oshirilgan?

    6. Inteferometrlarning tuzilishi qanday?

    7. Difraksiya hodisasi nima?

    8. Yorug’lik dispersiyasi nima?

    9. Yorug’likning yutilishi qachon sodir bo’ladi?

    10. Yorug’lik nuri qachon sochiladi?
    Adabiyotlar:

    1. David Halliday, Robert Resnick, Jear “Fundamentals of physics!”, USA, 2011.

    2. Douglas C. Giancoli “Physics Principles with applications”, USA, 2014.

    3. Физика в двух томах перевод с английского А.С. Доброславского и др. под редакцией Ю.Г.Рудого. Москва. «Мир» 1989.

    4. Remizov A.N. “Tibbiy va biologik fizika” T. Ibn Sino, 2005.

    5. Bozorova S. Fizika, optika, atom va yadro. Toshkent Aloqachi 2007.

    6. Sultonov E. “Fizika kursi” (darslik) Fan va ta’lim 2007.

    7. O.Qodirov.”Fizika kursi” (o‘quv qo‘llanma) Fan va ta’lim 2005.

    8. O. Ahmadjonov. Umumiy fizika kursi. 1 tom. Toshkеnt 1991.

    9. A. Qosimov va boshqalar. Fizika kursi 1 tom. Toshkеnt 1994.





    1. Mavzu: Yorug’likning qutblanishi. Polyarimetriya. Issiqlik nurlanishi va ularni xarakteristikasi.



    Reja:

    1. Yorug’likning qutblanishi. Tabiiy va qutblangan yorug’lik.

    2. Malyus qonuni.

    3. Qaytgan va singan nurlarning qutblanishi. Bryuster qonuni.

    4. Yorug’likning modda bilan ta’siri.

    5. Polyarimetriya.

    6. Absolyut qora jism.

    7. Kirxgof qonuni.

    8. Stefan – Bolsman qonuni.

    9. Vinning siljish qonuni.

    10. Plank gipotezasi. Plank formulasi.


    Tayanch so’z va iboralar: Yorug’likning qutblanishi, tabiiy va qutblangan yorug’lik, Malyus qonuni, Bryuster qonuni, polyarimetriya, prizma, shisha, nur sindirish ko’rsatkichi, tushish burchagi, optik aktiv modda, burilish burchagi, yorug’lik intensivligi Jismlarning issiqlik nurlanishi, absolyut qora jism, Kirxgof qonuni, Stefan – Bolsman qonuni, Vinning siljish qonuni, Plank gipotezasi, Plank doimiysi, temperature, to’lqin uzunligi, energiya.


    1. Yorug’likning qutblanishi. Tabiiy va qutblangan yorug’lik.

    Elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlardir. Shuning uchun shu bilan birga yorug’lik to’lqinlarida odatda tarqalish yo’nalishiga nisbatan asimmetriyalik bo’lmaydi. Bunga tabiiy yorug’lik tarkibida nurga perpendikulyar bo’lgan hamma yo’nalishlar bo’yicha bo’layotgan tebranishlar mavjudligi sabab bo’ladi. tabiiy yorug’likda yo’nalishdagi tebranishlar bir-birini juda tez va tartibsiz almashtirib turadi. Tebranishlarning yo’nalishlari biror tarzda tartiblangan yorug’lik qutblangan yorug’lik deb ataladi.

    Agar yorug’lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz berayotgan bo’lsa (1-rasm) , bunday yorug’likni yassi qutblangan deb yuritiladi.



    Yorug’lik vektori tebranayotgan tekislikni tebranish tekisligi deyiladi. Yassi qutblangan yorug’likni tabiiy yorug’likdan polyarizatorlar deb ataluvchi asboblar yordamida olish mumkin. Bu asboblar tekislikga parallel tebranishlarni bemalol o’tkazib, bu tekislikga perpendikulyar tebranishlarni ushlab turadi 2-rasm.



    1. Download 12,13 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




    Download 12,13 Mb.