“Tebranishlar va to‘lqinlar”




Download 4.78 Mb.
bet10/35
Sana24.03.2017
Hajmi4.78 Mb.
#1571
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
4. “Tebranishlar va to‘lqinlar” mavzusida o‘tiladigan kecha

Har bir guruhga:

a) fizik kechaning mavzusiga oid guruh nomini o‘ylab topish;

b) raqib komanda va jyuri a’zolari bilan tanishuv;

v) dasturni tayyorlash topshiriladi.

Tayyorlanish uchun 2 hafta vaqt beriladi.

Kechaning borishi:

Hay'at (jyuri) tarkibi tajribali o‘qituvchilarni jalb etish mumkin.

Har bir xay'at a'zosi kechaning dastur topshiriqlari va baholash mezonlari bilan tanishtirilishi lozim.

Kechani o‘tkazish bosqichlari va topshiriqlari quyidagilardan iborat:



T/R

Bosqichlar va topshiriqlar



Komandalar (guruhlardan) olingan ballar (5 ballikda)

1

Salomlashish, tanishtiruv




2

Hayot formulasi




3

Krossvord




4

Kim ko‘p?




5

Sardorlar bellashuvi




6

Sahna ko‘rinishi




7

Pantamino




8

Aytishuv







Jami:




1-bosqich:

Salomlashish (uyga vazifa). O‘quvchilar guruh nomini kechaning mavzusidan kelib chiqqan holda (masalan, “Mayatnik”) deb tanlashlari, salomlashishda ham “Tebranish” mavzusiga asoslanishlari mumkin. Bu ijodiy topshiriq bo‘lib, har bir guruh o‘z qiziqishi bilimi va quvnoqliklarini namoyon etishadi.

Kechaning mazmunida quyidagilar bo‘lishi mumkin, ya'ni bunda 1-guruh klassik tanishtirish, 2-guruh “Qishli qirovli kunlarning birida ...” deya nomlangan she'rni kechaning mavzusiga moslab fizikchasiga o‘zgartirishi, 3-guruh va 4-guruh sahna ko‘rinishini tayyorlashi, shuningdek, guruhlardan biri formulasini bosh mavzu qilib olib, yana biri esa metronom tovushlari (urishlari) ostida “... vals” o‘ynashi mumkin.

O‘quvchi tomonidan quyidagi she'r o‘qilishi ham mumkin:

Tebranishlar, tebranishlar,

Sizlar – g‘am va anduhlar.

Mexanik, elektrik – har xil tebranishlar.

Mana bir davr,

Mana endi ikkinchisi ham

Qanchalik u charchaydi,

Qanchalik u jonga tegdi.
2-bosqich:

Hayot formulasi. Bunda guruhlarga oq qog‘oz tarqatiladi va unga o‘quvchilar tebranishlarga doir formulalarni yozib borishlari kerak. Qanchalik ko‘p formula yozishsa, guruh shuncha ko‘p ball to‘playdi.



3-bosqich:

Krossvord. Guruhlarga “Tebranish” mavzusiga oid krossvordlar tarqatiladi va hay'at a'zolari o‘quvchilar ishni boshlashlaridan oldin vaqtni belgilab oladilar. Qaysi guruh birinchi bo‘lib topshiriqni bajarsa, o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi. Krossvordni o‘qituvchilar kollektivi yoki hay'at a'zolari tomonidan tuzish mumkin.



4-bosqich:

“Kim ko‘p?”. Guruhlarga “yelektromagnetizm” so‘zi yozilgan varaq tarqatiladi. Bunda “Tebranish” mavzusining har bir harfiga iloji boricha ko‘p so‘z tuzish kerak. Kim ko‘p yozsa, o‘sha g‘olib hisoblanadi.



5-bosqich:

Sardorlar bellashuvi. Har bir sardor rasmda tasvirlangan asbobni oladi. Topshiriq: olgan asbob yordamida turli xil tebranish jarayonlarini ko‘rsatish va tushuntirish kerak. Kim ko‘p hodisani ko‘rsatsa va tushuntirsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.



6-bosqich:

“Bir mayatnik diskatekadan qaytayotib ketvorgan tezlikni uchratib qoldi. U poyezd oldida ko‘zlari to‘rt bo‘lib Rezonansni kutardi. Biroq, Rezonans...” kelmadi.

Tezlik katta chastotada bezovtalana boshladi, biroq shu payt uning cho‘ntagidagi uyali telefoni jiringlab qoldi. Bu qo‘ng‘iroqni fazalar siljishi qildi. U Rezonans bilan Grafik to‘qnashib qolib, avtomobil halokatida halok bo‘lganini yetkazdi. Tezlik xonim Rezonanssiz yashay olmasligini bilardi. Nima qilish kerak? Uning hayotida eng qiyin ... davr boshlandi.

7-bosqich:

Pantomimo. Guruh sardori qura topshiriq oladi. Undagi topshiriqda guruh sahna ko‘rinishi o‘ynab ko‘rsatishi (masalan, rezonans, harakatlanayotgan mayatnik, tebranish konturini tasvirlashi) kerak, boshqa guruhlar nima tasvirlanganini o‘ylab topishlari kerak.



8-bosqich:

Aytishuv. Bu konkurs dasturning qo‘shimcha qismi hisoblanadi. Uning maqsadi shundan iboratki, taqdim etilgan har bir ibora yoki ma'nosi bo‘yicha teskarisini iloji boricha tez aytish kerak. Bunday ibora (yoki so‘zlarni) guruhlar oldindan tayyorlaydilar, ularning javoblarini esa raqib-guruhlar yozadilar. Masalan, “tebranuvchi harakat” iborasi beriladi, uning teskarisi “takrorlanmaydigan tinchlik” iborasi bo‘ladi.



Xulosa qilib aytganda, bunday kechalar o‘quvchilarga juda yoqadi va ular bunday tadbirga ishtiyoq bilan tayyorlanadilar. Bunda o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy izlanuvchanliklarini, mustaqil ishlash qobiliyatlarini namoyon qiladilar. Bu bilan ularning fizika faniga bo‘lgan qiziqishlari ham yanada oshadi.


Download 4.78 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Download 4.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Tebranishlar va to‘lqinlar”

Download 4.78 Mb.