|
Fizikadan tajriba ishlarini
|
bet | 21/37 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,78 Mb. | | #140601 |
Bog'liq механика тажриба-2023-20243-rasm. Ultratovush to’lqinining to’g’ri va teskari o’tishi (t-uzatkich, SR-ekran)
4-rasm. Qabul qilgich kuchlanishi U ning (d-x) ekrangacha masofaga bog’liqligi.
Ishni bajarish tartibi:
1-rasmda tasvirlangan qurilmani yig’ing.
Ultratovush uzatkich va qabul qilgichni shunday balandlikka o’rnatingki, bo’ylama o’qlar bir-biriga nisbatan vertikal va gorizontal yo’nalishda o’tsin. Qabul qilgichning ekranga parallel ravishda undan 5 sm masofada joylashtiring. Uzatkich va ekran orasidagi masofa d=(25-30) sm bo’lishi lozim.
Diodli TR1 kirish qismiga uzatkichni ulang, BNC qismiga qabul qilgichni ulang.
Harakatlanuvchi qism yordamida qabul qilgichni uzatkichga qarab 0,2mm qadam bilan siljitib boring. Bunda har bir holat uchun qabul qilgichning U kuchlanishini o’lchang.
Turg’un to’lqin uzunligi qo’shni tugun bosimlarining o’rtacha qiymatlari ∆(d-x) orqali hisoblanadi va ga teng ifoda mm ultratovush to’lqin uzunligiga ega bo’lamiz, ifoda yordamida ( va ) va 20 ºС bo’lganda to’lqin uzunligini hisoblaymiz, ya’ni
№
|
d
(m)
|
U
(V)
|
x
(m)
|
f
(c-1)
|
(m)
|
∆
(m)
|
ε
(%)
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
O’rt. q
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat savollari
Tovush to’lqini nima?
Ultratovush to’lqini nima?
Bo’ylama va ko’ndalang to’lqinlar qanday to’lqinlar hisoblanadi?
Turg’un va turg’unmas to’lqinlarchi?
Ultratovush to’lqinlar bosimi deganda nimani tushinasiz?
To’lqin uzunligini hisoblash formulasini tushintirib bering.
Tajriba ishi №12
Havoning issiqlik sig’imlari nisbatini adiabatik kengayish yordamida aniqlash
Ishning maqsadi:
Gazlarning solishtirma issiqlik sig’imlari nisbatini tajribada aniqlash uni molekulyar kinetik nazariyaga asoslanib hisoblangan qiymati bilan solishtirish.
Kerakli asboblar:
Katta shisha idish, suvli manometr, qo’l nasosi.
Nazariy qism
Jismning haroratini 1K ga ko’tarish uchun ketgan issiqlik miqdoriga teng bolgan kattalik shu jismning issiqlik miqdori deyiladi.
(1)
Modda birlik massasining issiqlik sig’imi solishtirma issiqlik sig’imi deb ataladi.
(2)
Bir mol moddaning issiqlik sig’imi molyar issiqlik sig’imi deyiladi.
(3)
Moddalarning ya’ni gazlarning issiqlik sig’imi ularning qizdirilish vaqtidagi sharoitiga bog’liq bo’ladi. Jismning hajmi o’zgarmaydigan sharoitda qizdirilsa, bajarilgan ish dA=0 bo’ladi, u holda
bu yerda bo’lgani uchun o’zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig’imi CV yoki solishtirma issiqlik sig’imi cv quyidagi ifoda bilan topiladi:
(4)
Gaz bosim o’zgarmas sharoitda qizdirilganda esa, gazga berilgan issiqlik miqdori termodinamikaning I qonuniga ko’ra aniqlanfdi, u holda . Bu ifodani dT ga bo’lib, quyidagini hosil qilamiz:
Bir mol gaz uchun holat tenglamasidan ekanligini aniqlab, ozgarmas bosimdagi molyar issiqlik sig’imi CP yoki solishtirma issiqlik sig’imi cp quyidagi ifoda bilan topiladi:
(5)
bu yerda i- molekulalarning erkinlik darajasi deyilib, molekulalar holatini aniqlash uchun kerak bo’lgan erkli koordinatalar sonini ko’rsatadi. Bir atomli gaz uchun i=3, ikki atomli gaz uchun i=5, uch va ko’p atomli gaz uchun i=6 deb olingan. Ixtiyoriy gazlar uchun ozgarmas bosimdagi solishtirma molyar issiqlik sig’imining o’zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig’imiga nisbati berilgan gaz uchun o’zgarmas kattalik bo’lib, Puasson koeffitsiyenti yoki adiabata ko’rsatkichi deb ataladi.
(6)
Adiabatik jarayon uchun o’rinli bo’lgan tenglama Puasson tenglamasi deyilib, u quyidagicha yoziladi:
|
| |