226
Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.
Multimediali taqdimot
- bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona
va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou,
diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli
grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan
boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi
va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-
15%) organlari orqali qabul qiladi.
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2.Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4.Slayd hajmi vao‘lchamlarinitanlash;
5.Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o‘zgarishlar kiritish;
6.Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish
.
Taqdimotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Pointda ko‘rsatilayotgan
ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va
xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega
bo‘lishi kerak:
a) slaydlar soni (7 – 10 ta);
b) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
c) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g‘risida to‘liq
ma’lumot berishi zarur;
d) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak.