231
Allomalar
Asarlari nomi
Muhammad al-Xorazmiy
Ahmad al-Farg’oniy
Ahmad Yugnakiy
Imom al—Buxoriy
Muhammad at-Termiziy
Abu Ali ibn Sino
Abu Rayhon Beruniy
Yusuf Xos Hojib
Mahmud Qoshg’ariy
Mahmud az-Zamaxshariy
4-topshiriq.
Sharqning buyuk allomalari
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda Evropadan bir
necha asr ilgari madaniy
yuksalish – Uyg’onish davri yuz bergan. Bu davrni Sharq Renessansi deb ataydilar
(Evropada bunday davr bundan bir necha asr kech, ya’ni XV-XVII asrlarda ro‘y
berdi).
Markaziy Osiyoning madaniy yuksalish –Uyg’onish davrida bu hududda
Muso al-Xorazmiy (783-850), Ahmad al-Farg’oniy (797-865), Ahmad Yugnakiy,
232
Imom al—Buxoriy (810-870), Muhammad at-Termiziy (873-950),
Abu Ali ibn
Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Abdulloh Rudakiy (860-
941), Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy, Mahmud az-Zamaxshariy (1075-
1144), Burhoniddin al-Marginoniy (1123-1197), Ahmad Yassaviy (1041-1167)
kabi jahonshumul olimlar dunyoga keldi, ijod qildi va insoniyat uchun juda katta
ilmiy meros qoldirib ketdi.
Qizig’i
shundaki, yuqorida tilga olingan daholarning har biri haqiqiy
ensiklopedik olim bo‘lib, insoniyat ilmining turli sohalariga oid bebaho asarlar
yozib qoldirganlar. Bu asarlar keyinchalik, XV-XVII asrlarda ro‘y
bergan
Evropa Renessansi – Uyg’onish davri olimlariga dasturi amal bo‘lgan. Ular hozirgi
davrgacha jahonning barcha yirik kutubxonalarida saqlanib qolgan bo‘lib, ko‘p
sohalar bo‘yicha hozirgi davrgacha darslik sifatida qo‘llanib kelinadi. Abu Ali ibn
Sinoning tibbiyot sohasidagi, Al – Farg‘oniyning astronomiya sohasidagi,
Beruniyning falsafa ilmi bo‘yicha qoldirgan asarlari shular jumlasidandir.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Reja asosida matn mazmunini so‘zlab bering.
3. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.