236
mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ish.
Ikkilamchi matnlar boshqa muallifga tegishli bo‘lgan birlamchi matnlar
asosida yaratiladi.
Ilmiy matnda (birlamchi va ikkilamchi) quyidagi qismlar ajratiladi:
sarlavha, kirish qismi (ishning maqsadi shakllantiriladi
va tadqiqot mavzusini
tanlash asoslab beriladi, tadqiqot usullari tavsiflanadi). Asosiy qism ish
vazifalariga muvofiq bo‘limlarga bo‘linadi. Har bir yangi fikr yangi abzatsdan
yoziladi. Xulosa qismi xotimalar yoki qisqacha yakun shakliga ega.
Matn ustida ishlash kirish bilan boshlanadi. Bu ishning bir qismi emas,
balki ishni tavsiflovchi hujjat hamdir. U tanlangan
mavzuning dolzarbligini
asoslash bilan boshlanadi.
Muallifning
mavjud
manbalar
bilan
tanish
ekanligini,
uning
o‘tmishdoshlari tomonidan berilgan baholarga nisbatan tanqidiy fikrlash
qobiliyatini ko‘rsatish kerak. Bundan belgilangan ishning maqsadi mantiqan
kelib chiqadi.
Ishning keyingi bosqichi muammoni o‘rganish usuli haqida hikoya
qiladi. Tadqiqot maqsadlari va vazifalarini
shakllantirish aniq va qisqa,
mantiqiy to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Agar maqsad bitta bo‘lishi mumkin bo‘lsa, u
holda bir nechta vazifalar bo‘lishi kerak, ular maqsadni amalga oshirishning
yo‘llarini ifodalaydi. Ko‘pincha vazifalarni ta’riflash asosiy qismning boblari
va paragraflarining nomlari bilan mos keladi. Vazifalar ro‘yxat shaklida
beriladi.
Asosiy qismning mazmuni mavzuga bog‘liq.
Paragraflarning nomlari
bobning nomi bilan belgilangan chegaradan tashqariga chiqmasdan
shakllantirilishi kerak. Asosiy qismning umumiy mazmuni tadqiqot mavzusiga
mos kelishi va uni ochib berishiga xizmat qilishi kerak.
Xulosa muhim vazifani bajaradi. Unda tadqiqotning barcha yo‘llarini aks
etadi. Undan mantiqiy xulosa chiqarish kerak. Xulosalar boshida belgilangan
vazifalar bilan mos bo‘lishi kerak.
Xulosa – bu aniq yutuqlar ko‘rsatilgan, kerak bo‘lganda amaliy foydasi
237
aks ettirilgan o‘ziga xos hisobot. Bibliografiya va ilovalar han muhim
elementlar hisoblanadi.
Universitet
amaliyotida
talabalar
ikkilamchi
matndan
keng
foydalanadilar. Bu siqilish natijasida hosil bo‘ladi. Siqish yordamida matn hajm
jihatidan kichikroq bo‘ladi, unda asosiy holatlarni
va eng muhim joylarni
ajratib ko‘rsatish osonroq. Siquvdagi harakatlar ketma-ketligi quyidagicha:
1. Matnni o‘qish va kalit so‘zlarni aniqlash.
2. Tegishli nutq klishelaridan foydalanib, ikkilamchi matn yozish.